26
III BOB. IDROK BUZILISHLARI
Ta‟rifi
. Idrok bu buyum va kо‗rinishlarni sub‘ektiv ruhiy aksi bо‗lib, his
etish orqali, obrazlarni ifodasi, ularning tasavvur bilan tо‗ldirilishi bilan namoyon
bо‗ladi. Idrokning quyidagi patologik о‗zgarish guruhlarini ajratadilar:
illyuziya,
gallyusinasiya (haqiqiy va psevdogallyusinasiya), psixosensor buzilishlar,
agnoziya. Ekstrasensor persepsiya va psixosensor buzilish fenomenlari idrok,
tasavvur va ongni о‗zida qamrab olgan о‗ziga xos buzilish guruhlarini tashkil
etadilar. Psixosensor buzilishlar depresonalizasiya va derealizasiyani qо‗shadilar.
Tasavvur patologiyasiga patologik fantaziya kiritiladi.
Tarix, norma va evolyusiya.
Idrok etish jarayoni elementar his etishdan
boshlanib, ob‘ekt obrazida yoki kо‗rinishida sintezlanadi,
buyumligi bilan, ya‘ni
aniqligi, butunligi, konstantligi, qat'iyligi bilan ajralib turadi, qabul qilingan
ob‘ektning aniq sinf predmetiga talluqligi hususi tini bildiradi. Idrok etish asosiy
xususiyati geshtalt-psixologiya sining asoschisi M.Wertheimer tomonidan tо‗liq
ifoda etilgan. Uning tomonidan figura va fanni idrok etish nisbatining ma‘nosi
tasvirlab berilgan. Idrok izlanishlarida eng kо‗p xissa qо‗shgan
psixofizika
(Weber-Fechner-Stivens qonunlari) bо‗lib, u his etish ostonasi bilan stimul kuchi
orasidagi bog‗liqlikni, shu jumladan idrok etish adaptasiyasi jarayonlarini о‗rgandi.
Idrok etish fiziologiyasi izlanishlarining asoschisi H.Helmholts hisoblanadi.
Setchatka bilan assosirlangan vizual idrok etish, miya resepsiyasi ajratiladi; audial,
kortil a‘zolar bilan bog‗lanadi; olfaktorli – olfaktorli epiteliy bilan; ta‘mni sezish –
ta‘mni sezish tо‗qimalari; taktil – teri reseptorlari bilan; kinestik – mushak, pay,
bо‗g‗im xaltalari reseptorlari bilan; vestibulyar – yarim aylana kanallari bilan; shu
jumladan og‗riq ham, ularga haddan tashqari ta‘sir natijasida u hoxlagan
reseptorlar bilan bog‗langan bо‗lishi mumkin.
Qiyofaning tashkil topishi darajasida qayta kodirlash – bir sensor tizmdan
boshqasiga belgilarni о‗tkazish kelib chiqadi. Bu о‗tkazishlarni sub‘ektiv
semantika psixologiyasi о‗rganadi, uning asoschisi E.Yu.Artemyeva. О‗tkazishlar
shu bilan sezilarliki, biz, masalan,
formani rangi, hidi, taktil sezgi – ta‘m yoki
ovozni assosirlaymiz, va shu tariqa о‗tkazish verbal bо‗lmagan-verballi deb
ataladi.
Sensor omillarni cheklashda – deprivasiyada – hattoki psixik sog‗lom
shaxslarda ham 24 soatdan sо‗ng quyidagilar kuzatiladi. Boshida qо‗rquv, vahima,
kayfiyatning pasayishi yuzaga keladi; keyin atrofni qabul qilish о‗zgaradi, u katta
yoki kichik bо‗lib tu ladi, harakat koordinasiyasi buziladi va vaqtni his etish
о‗zgaradi (kunlar yillardek uzayadi), uyqu ritmi bedorlik transformirlanadi; undan
sо‗ng fikrlash va tana sxemasi buzilganligi kuzatiladi, keyin – illyuziya va
gallyusinasiyalar. Keyingi deprevasiyada vasvasa va somatik buzilishlar hosil
27
bо‗lishi mumkin, odam о‗zidan-о‗zi ―aqldan oza boshlaydi‖. Sun'iy
sensor
deprivasiyasida, masalan, mahsus digrevasion vannalarda, parapsixologikni
eslatuvchi idrok etish fenomeni yuzaga keladi. Masalan, odam qо‗shni kо‗chada
joylashgan avtomashina eshigining ochilganligini eshitishi mumkin. Evolyusiya
natijasida odam ba‘zi bir reseptiv tizimlarni yо‗qotdi, lekin, yopiq holatda ular
ongsiz darajada mavjud,
ularga magnitoresepsiya kiradi, ular baliq va qushlarda
kо‗proq ifodalangan. Magnitoresepsiya sababli Yerning magnit maydonida
orientasiya olish va migrasiyadan keyin uyga qaytib kelish amalga oshiriladi. Idrok
etishning asosiy qonunlari quyidagilar:
Idrokning xususiyatlaridan biri biz tomondan chiroyli va e‘tiborni tortuvchi
(attractive) va chiroyli bо‗lmagan (aversiv)ga ajratiladi. Har bitta sensor
jarayonlarda attrfaol va oversin stimullar mavjud bо‗lib, ular quyidagilarga
bо‗linadi: umumbiologik – masalan, shirin maza hammaga yoqimli bо‗lib tu ladi,
achchiq esa – yoqimsiz; etnogenetik – masalan, ba‘zi xalqlar rang va ta‘mni idrok
etishda etnik xususiyatlarga ega, masalan, pigmeylar tish pastasining xidiga kо‗ngil
aynishi bilan e‘tibor beradilar; va individual. Umumbiologik e‘tiborni jalb etish –
e‘tiborni jalb etmaydigan kо‗rinishni omon qolishi uchun
qancha stimullar bilan
bog‗liq.
Olamni buzilgan idrok etish (illyuzor) shu tariqa biologik qonunlar bilan
asoslangan, masalan, suvga qо‗yilgan jismga qarab turib, suv sathidan singan
ekanligini kо‗rishimiz, jismni suvdan olayotganda u oldinga qarab butunligicha
fiksirlanadi, bu baliq to‘tishda e‘tiborli (Poggendorf illyuziyasi). Burchakda
joylashgan ob‘ekt, burchakdan uzoqda joylashganga nisbatan katta bо‗lib kо‗rinadi
(Dansio illyuziyasi). Bu illyuziya sababli qо‗rquv vaqtida ―burchakka
berkinish
xulqi‖, mahluqni qо‗rqietishga xos bо‗lib, bunda vizual idrok etish jismning
hajmini oshiradi. Biz harakatdagi bulut va oyni kо‗rganimizda, bizga oy harakat
qilayotgandek tu ladi, fon esa xarakatsizdek. Bu adaptasiya shu tariqa evolyusion
asoslangan, chunki primat sifatida biz adaptirlanganmiz, fon figuraga nisbatan
emas, tabiat fonida figura harakatlanadi. Myuller-Lyuer
illyuziyalari insonni
insonga nisbatan tо‗g‗ridan tо‗g‗ri idrok etishi: agarda kuzatib turilgan insoning
qо‗llari kо‗tarilgan bо‗lsa, elkalari tushirilgan insonga nisbatan, ularning bо‗yi bir
xil bо‗lsa ham, u balandroq kо‗rinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: