Psixiatriya ruhiy kasalliklarning kelib chiqishi, patogenezi, klinik



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/141
Sana24.11.2022
Hajmi5,01 Kb.
#871602
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141
Bog'liq
psihiatriya-qollanma

Disforiya
– g‗amgin-darg‗azab kayfiyat, butun atrofga norozilik hissi bilan 
motivirlanmagan zulm va tez achchiqlanish holatlari. Bemorlarda disforik buzilish 
ba‘zida yaqinlarga va atrofdagi notanishlarga yо‗naltirilgan agressiv harakatlarga 
olib kelishi mumkin. Disforiya organik buzilishlar, epilepsiya va abstinent holatlar 
uchun xarakterlidir. 
Eyforiya
– adekvat bо‗lmagan kо‗tarinki kayfiyat holatidir, tinchlik, tо‗liq 
mamnunlik, passiv hursandlik hissi, kо‗pincha faol harakatlar bilan kechadi, ular 
engillashgan kechinmalarni harakterlaydi. Psixofaol vositalarni qabul qilishda 
xarakterli. Agarda eyforiyada maqsadli faolliyat bо‗lmasa va ahmoqlik komponenti 
mavjud bо‗lsa, u holda u moriya deb ataladi, u aqliy zaiflikda va bosh mi dagi 
peshona zarbasida xarakterlidir. 
Ekstaz
– tana chegarasidan chiqish va atrofdagilar bilan birlashish 
tasavvurida kо‗tarilgan, yuqori kayfiyat, masalan, tabiat bilan, kosmos bilan va b. 
Ekstaz bu orgazm ekvivalentidir. Shu tariqa u epileptik paroksizning о‗ziga hos 
tipi singari hamda ongning neyroid buzilishlaridagi simptom singari va opiatli 
narkomaniyada gall sinogenlar va boshqalar bilan о‗tkir narkotik mastlik holatiga 
abstinensiya holatidan о‗tishdagi his singari uchrashi mumkin (―kelish‖ xolati). 
Vahima
harakat faolligining oshishi, ba‘zida esa tremor, palpitasiya, 
qaltirash (kо‗pincha kindik oldidagi joyda), taxikardiya, arterial bosimning oshishi 
bilan о‗zini yо‗qotib qо‗yish holati. Kelajakka proeksiyali tanish va notanish 
yoqimsizliklarni yaqinlashib kelishini his etish xarakterlidir. Kо‗pincha depressiya 
bilan kechadi, ammo alohida vahimali buzilishlar chegarasida uchraydi, ular 
generalizlanib, sarosimaga aylanadi. 
Vahimani quyidagi kognitiv zanjir qо‗llab quvvatlaydi: ―yurak tez-tez 
urmoqda – tо‗xtab qolishi mumkin» - ―menda huruj xohlagan vaqtda yuzaga 
kelishi mumkin‖ – ―huruj natijasida о‗lib qolaman‖ – vahimaning kuchayishi va 
stereotip aylananing qaytarilishi. 
Qо„rquv
– ichki kuchlanish hissi, insonning hayoti о‗zi va yaqinlari uchun 
sog‗lig‗i yoki ijtimoiy tinchligiga bо‗layotgan havf ta‘sirini sezish. Normada 
qо‗rquv shunday vaziyatda yuzaga keladiki, bunda real taxdid havfsizlik 


25 
individumi yoki uning yaqinlariga bо‗ladi. Biroq, qо‗rquv somatogen singari 
psixik kelib chiqishga ega bо‗ladi. 
Og‗riq qо‗rquvining paydo bо‗lishi kо‗p hollarda vaziyatni baholash 
xususiyatiga ham bog‗liq. Adekvat bо‗lmagan baholash qо‗rquvni asossiz holatda 
yuzaga keltirishi mumkin (о‗zini baholashni pastligi, tajribaning yetarli emasligi, 
bola yoshidagiligi, psixik kasallanish). Kо‗pincha oshirib yuborilgan yoki yuqori 
qiymatli qо‗rquv uchraydi. Qо‗rquvning namoyon bо‗lishi kо‗p qirralidir, ammo 
asosiysi bu ikkita formadir: asabiylashgan holat va tormozlanganlik. 
Asabiylashgan 
holat 
yuqori 
qо‗rquvda vaximali qochish kо‗rinishida, 
tormozlanganlikda stupor darajasiga etishdir. Qо‗rquv formalaridan biri 
ipoxondriyadir – sog‗liq uchun qо‗rquv. Ipoxondriyaning quyidagi gradasiyalari 
chegaralangan bо‗lishi mumkin: о‗lim qо‗rquvi; jismoniy sog‗liq uchun qо‗rquv; 
psixik sog‗liq uchun qо‗rquv; tashqi kо‗rinish uchun qо‗rquv. Vahima va qо‗rquv 
sog‗lom sub‘ektlarda ham, psixik buzilishlarning hamma turlarida uchrashi 
mumkin. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish