Sxemotexnika deb ataladi. Mikrosxemotexnika



Download 138,27 Kb.
Sana29.01.2022
Hajmi138,27 Kb.
#418257
Bog'liq
28-ma\'ruza


28-Mavzu: Analog elektronika (2-qism)

Elektronikaning elektron asboblar VAXlari xususiyatlarini e’tiborga olgan holda axborotga ishlov berish usullarini ishlab chiquvchi bo’limi sxemotexnika deb ataladi.


Mikrosxemotexnika deb elektronikaning IMSlarda va ular asosidagi REAlarda ishlatiladigan elektr va tuzilma sxemalarini ishlab chiqish, tadqiq etishlar bilan shug‘ullanadigan bo‘limiga aytiladi.
Zamonaviy IMSlar murakkab elektron qurilmadir, shuning uchun ularni sxemotexnik ifodalashning ikki usuli mavjud:
elektr sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u o ‘zaro ulangan alohida komponentalar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar va boshqalar) dan tashkil topadi;
tizim sxema ko‘rinishida ifodalanish bo‘lib, u AlSlarda analog kaskadlarni ulanishidan yoki RISlarda alohida mantiq elementlar va triggerlarning ulanishidan iborat. Ushbu kaskadlar va elementlar analog (kuchaytirish, filtrlash va boshqa) yoki elementar mantiqiy (HAMEMAS, YOKI-EMAS va boshqa) operatsiyalarni bajaradi. Bu operatsiyalar yordamida har qanday analog, analog-raqamli va raqamli funksiyalarni amalga oshirish mumkin.
Diskret sxemotexnikaga elektr sxemalarda uchun sxemotexnik yechimlar soddaligi va qimmat aktiv elementlarni minimal ishlatish, ajratuvchi kondensator, transformator va boshqala rdan keng foydalanish xosdir.
Integral sxemotexnikada barcha elementlar yagona kristalda shakllantirilgani sababli, ularning qiymati elementlar narxi bilan emas, balki kristall narxi bilan belgilanadi. Shuning uchun kristalda iloji boricha ko‘proq elementlarni joylashtirish maqsadga muvofiq. Kristalldagi aktiv elementlar — tranzistorlar, diodlar minimal yuzaga, passiv elementlar esa — maksimal yuzaga ega. Shuning uchun ISlarda rezistorlar soni minimal bo’lishiga intilinadi, katta yuzani egallovchi kondensatorlar qo’llanilmay, ularning o‘rniga kaskadlarni muvofiqlashtiruvchi kaskadlardan foydalaniladi.
Analog kuchaytirgich qurilmalarning asosiy xususiyatlari:
Umumiy m a’lumotlar. Signal manbayi quwati yetarli bo‘lmaganda yuklama RYU deb ataluvchi bajaruvchi qurilma normal ishlashi uchun kuchaytirgich qurilmalardan foydalanish zarurati tug‘iladi. Akustik tizimlar, elektron — nur trubkalar, keyingi kuchaytirgich kaskadning kirishi va boshqalar yuklama bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Kirish signali manbayi yoki datchik turli noelektr kattaliklarni elektr signalga birlamchi o'zgartiradi. Mikrofon, detektor, fotoqabulqilgich, avvalgi kuchaytirgich qurilma chiqishi va boshqalar kirish signallari manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Yuklamada hosil qilinishi zarur quvvat yordamchi kuchlanish manbaidan (to‘g‘rilagich, akkumulator, batareya) olinadi. Energiyani kuchlanish manbayidan yuklamaga uzatishda kuchaytirgich qurilma yoki kuchaytirgich “vositachilik” qiladi.
Iddeal kuchaytirgichning eng umumiy xususiyati kirish quvvati RKIR ni RCHIQ ga quyidagicha ko’rinishda o’zgartirishdan iborat:
RCHIQ=K*RKIR
Ya’ni, chiqish kuchlanishi qiymati kuchaytirgich ishlayotgan sharoitga, xususan, yuklama qarshiligi va kirish signali manbaining ichki qarshiligiga bog‘liq bo‘lmasligi kerak.
Kuchaytirgich deb manba energiyasini kirish signali qonuniyatiga mos ravishda chiqish signali energiyasiga o ‘zgartiruvchi qurilmaga aytiladi.

28.1-rasm. Kuchaytirgichtuzilish sxemasi: a) ikki qutbli; b) tok generatori


Kuchaytirgichlarning tasniflanishi. Kuchaytirgichlar turli belgilariga ko‘ra tasniflanadi: kuchaytirish koeffitsientlari, kirish va chiqish qarshiliklari, o‘tkazish polosasi (ishchi chastotalar diapazon i), kuchaytirilgan signal buzilish darajasi va boshqalar.
Har qanday kuchaytirgich piravordida quvvat kuchaytirgich bolishiga qaramasdan, kuchaytiriladigan kattaliklari turiga qarab, ularni kuchlanish, tok va quvvat kuchaytirgichlarga ajratiladi.
Kuchaytiriladigan kattaliklari turiga muvofiq kuchaytirish koeffitsientlari:


kuchlanish bo’yicha:


tok bo’yicha:


quvvat bo’yicha:

Har bir kuchaytirgich o’zining kirish va chiqish differensial qarshiligi





bilan ifodalanadi.

O’zgaruvchan tok kuchaytirgichlar quyidagi guruhlarga ajratiladi:



  • past chastota kuchaytirgichlar (PChK) — kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni birlarcha gersdan yuzlarcha kilogersgacha;

  • yuqori chastota kuchaytirgichlar ( YChK) – kuchaytiriladigan chastotalar diapazoni yuzlarcha kilogersdan megagersgacha;

  • keng polosali kuchaytirgichlar — kuchaytirish diapazoni o'nlarcha gersdan yuzlarcha megagersgacha;

  • tanlovchi (rezonans) kuchaytirgichlar juda tor chastotalar diapazonida kuchaytiradi.



Bipolyar tranzistorlar asosidagi kuchaytirgich kaskadlar:
Kuchaytirgich kaskadlarining ishlatiladigan sxema turlari har xil bo‘lishi mumkin. Bunda tranzistor UE, UK yoki UB sxemada ulangan bo‘lishi mumkin. UE sxemada ulangan kaskadlar keng tarqalgan. UK sxemada ulangan kaskadlar ko‘p kaskadli kuchaytirgichlarda asosan chiqish kaskadi sifatida ishlatiladi. UB ulangan kaskadlar ultraqisqa to‘lqinli (UQT) va o‘ta yuqori chastota ( O’YCh) to’lqin diapazonida ishlovchi generator va kuchaytirgichlarda keng qo‘llaniladi.
Download 138,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish