Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari


 Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
matn1-1

       1.5. Psixologik tadqiqotni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar 

1.  Tadqiqotlarni  tashkil  qilish  tekshiruvda  qo‘llaniladigan  metod  va  metodikalarni  tanlash 

hamda sinab ko‘rishni (pilotaj tekshiruv) o‘z ichiga oladi. Tadqiqotga tayyorgarlik jarayonida 

tekshiriluvchilar va ularning soni aniqlanadi. 

Tadqiqot metodi – bu tadqiqotchini qiziqtirgan ma’lumotni qo‘lga kiritish yo‘li, vositasi. 

Tadqiqot  metodikasi  –  bu  psixik  jarayonlar  va  ularning  xususiyatlari  to‘g‘risidagi  zarur 

ma’lumotlarni qo‘lga kiritish uchun ishlatiladigan qonkret usul va vositalar majmui. 

2.  Tadqiqot  o‘tkazish  joyi  turli  xil  tashqi  shovqinlardan  holi  bo‘lishi,  shu  bilan  birga 

sanitariya-  gigiena  qoidalariga  javob  berishi  lozim.  Majbur  qilmaydigan  ish  holati 

ta’minlanishi kerak. 

3.  Tadqiqotning  texnik  ta’minlanishi  hal  qilinishi  lozim  bo‘lgan  masalalarga  mos  tushishi 

kerak. 


4. Sinaluvchilarni sifat jihatidan bir xil qilib tanlash zarur. 

5.  Tadqiqotchi  tadqiqotning  borishiga,  uning  barcha  bosqichlarini    o‘tkazishga  ta’sir  etadi 

(rejalashtirishdan, to xulosa va tavsiyalar ishlab chiqishgacha). 

6.  Yo‘riqnoma  yoki  ko‘rsatma  tadqiqot  boshlanishidan  oldin,  tayyorgarlik  bosqichida 

tuziladi. U aniq, qisqa va bir ma’noli bo‘lishi lozim. 

7.  Tadqiqot  natijalari  bayonnomalarda  qayd  etilib,  u  bir  vaqtning  o‘zida  ham  to‘la,  ham 

maqsadga qaratilgan bo‘lishi kerak. 

8.  Tadqiqotdan  olingan  ma’lumotlar  sifat  va  miqdor  jihatdan  analiz,  sintez  qilinishi,  ya’ni 

qayta ishlanishi zarur. 

      Psixodiagnostik metodikalarga qo‘yiladigan talablar: 

 

Psixodiagnostik  metodikalar  qo‘llanilishidan  oldin  yuqori  sifat  va  samaradorligini 



ko‘rsatuvchi mezonlar asosida tekshiruvdan o‘tkazilishi zarur.Psixodiagnostik metodikalarni 

baholashning asosiy mezonlari  sifatida ishonchlilik va validlik olinishi mumkin. 

 

Psixodiagnostik metodikalar ishonchliligi – psixodiagnostik metodikaning sifati bo‘lib, u 



ushbu  metodika  yordamida  etarlicha  barqaror  natijalarga  erishish  imkoniyati  bilan 

belgilanadi. 

         Metodikaning  ishonchliligi  –  natijalar  barqarorligi  va  takrorlanishini  ko‘rsatuvchi 

mezon. A.Anastazi agar bola hafta boshida intellekt testi bo‘yicha 110 ga teng ko‘rsatkichga 

ega bo‘lsa, hafta oxirida bu ko‘rsatkich 80 ga teng bo‘lsa, bunday metodikaga ishonch bilan 

qarash  mumkin  emasligi  haqida  yozgan.  Ishonchli  metodikalarni  qayta  o‘tkazish  o‘xshash 

natijani  ko‘rsatishi  kerak. Ozgina o‘zgarish  bo‘lishi  mumkin,  lekin  ular  unchalik  ahamiyatli 

bo‘lmasligi kerak. 

 

Metodikalar  ishonchlilik  darajasi  bir  qancha  sabablarga  bog‘liq.  Tadqiqot  natijalari 



aniqligini pasaytiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 

- diagnoz qilinayotgan sifatning stabil, barqaror emasligi; 

- diagnostik metodikalarning takomillashmagani (ko‘rsatma  xato tuzilgan, topshiriqlar xarakteri 

jihatidan  har  turdaligi,  tekshiriluvchiga  metodikani  taqdim  etish  bo‘yicha  ko‘rsatmalarning 

noaniqligi); 

-  tadqiqot  vaziyatining  o‘zgarishi  (kunning  har  xil  vaqtida  tekshiruv  o‘tkazilishi,  xonaning 

turlicha yoritilishi, begona shovqinlarning bor yoki yo‘qligi); 



- eksperimentator xulq-atvori, gapirish ohangining o‘zgarishi (bir tajribada boshqacha ko‘rsatma, 

boshqasida uni o‘zgartirib berishi; topshiriqning bajarilishini turlicha stimullashtirishi); 

-  tekshiruvchi  funksional  holatidagi  o‘zgarishlar  (o‘zini  his  qilishi  yaxshi  bir  eksperimentda, 

boshqasida charchash holatida bo‘lishi); 

- natijalarni sharhlash va baholashda sub’ektivlik. 

       Psixodiagnostik  metodikalar  ishonchliligini  tekshirish    yo‘llaridan  biri  standartlashtirish,  

metodika  o‘tkazish  muolajasini  va  uning  natijalarini  baholashning  yagona  talablarini  ishlab 

chiqish. 

 

Metodikani  baholashning  yana  bir  muhim  mezoni  validlik  hisoblanadi.  Ishonchlilik 



aniqlangach,  metodikaning  validligi  masalasi  ko‘rib  chiqiladi.  Chunki  ishonchli  bo‘lmagan 

metodika validligi yuqori metodika bo‘la olmaydi. 

      Metodika  validligi  –  metodika  yordamida  olingan  ma’lumotlarning    nimani  aniqlashga 

qaratilganligi, ya’ni metodika mohiyati bilan mosligi. 

Validlik – metodikaning samaradorligi, amaliy foydasini ko‘rsatuvchi mezon. 

       Reprezentativlik – tanlanmaning sinaluvchilar bosh majmui xarakteristikalarini ko‘rsatuvchi 

xususiyati. 


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish