Mavzu : yosh va pedagogik psixologiya fanining tadqiqot sohasi va muammolari



Download 0,91 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,91 Mb.
#86799
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30
Bog'liq
matn1-1

      Proektiv  metodlar.  Proektiv  metodlar  test  usullarining  bir  ko‘rinishi  bo‘lib,  ularda 

tekshiriluvchi  uchun  aniq  ko‘rinishga  ega  bo‘lmagan  noaniq  narsalar  tavsiya  etiladi  va  ularni 

sharhlash  topshirig‘i  beriladi.  Masalan,  tekshiriluvchiga  turlicha  talqin  qilish  mumkin  bo‘lgan 

rasmlar, tugallanmagan hikoyalar, biror aniq ko‘rinishi mavjud bo‘lmagan buyumlar berilishi va 

ularni  tekshiriluvchi  o‘zining  hissiy  kechinmalari,  qiziqishlari,  dunyoqarashi  nuqtai  nazaridan 

baholashi kutiladi. 

    Proektiv metodlar qatoriga Rorshaxning “Siyoh dog‘lari” testini kiritish mumkin (1921). Bu – 

2 tomonlama simmetrik shaklda berilgan 10 xil siyoh dog‘laridan iborat bo‘lib, har 1 dog‘ har xil 

bo‘yoqli fonda ko‘rsatiladi. Tekshiriluvchidan har 1 “dog‘” nimaning shaklini eslatishi so‘raladi. 

Bunda:     2 ta dog‘ qizil rangli shtrixlar,  5 ta dog‘ kul rang – qora, 3 ta dog‘ – yorqin bo‘lmagan 

ranglarda beriladi. 

     Sinaluvchi  tasvirlagan  obrazlar  va  assotsiatsiyalarga  qarab  uning  shaxsi  xususiyatlari 

to‘g‘risida xulosa chiqariladi.  

      Rorshax  testining  Yosh  psixologiyasida    qo‘llaniladigan  varanti  E.T.  Sokolova  tomonidan 

modifikatsiya  qilingan  test.  Bu  test  oilaviy  muloqatni  diagnostika  qilishda  foydalaniladi.  Bu 

maqsadda  eksperimentga  qo‘shimcha  metodik  usul  kiritilgan.  Bir  necha  kartochkalar  bo‘yicha 

eksperiment qatnashchilari kelishishlari kerak. Birgalikdagi (kelishuv asosida) javoblarning sifati 

va  miqdoriga  qarab  tadqiqotchi  kichik  guruh  (yoki  oila)ning  jipsligi  va  mosligi  haqida 

ma’lumotni qo‘lga kiritadilar. 

   Shuningdek,  psixologik  tadqiqotlarda  ko‘pincha  rasmli  assotsiatsiyalar  metodi  qo‘llaniladi. 

Ushbu  metod  birinchi    bo‘lib  1945  yilda  S.Rozensveyg  tomonidan  taklif  qilingan.  Bunda 

tekshiriluvchiga  turmushda  tez-tez  uchrab  turadigan  ziddiyatli  vaziyatlar  aks  ettirilgan  rasmlar 

tavsiya  qilinadi.  Bu  rasmlarda  bir  tomonda  turgan  personajlar  nimalarnidir  gapirayotgan  holda 

gavdalantiriladi,  unga  qarama-qarshi  tomondagi  shaxslar  esa  hali  javob  qaytarib  ulgurmagan. 

Tekshiriluvchidan    tez,  qisqa  muddat  ichida  bo‘sh  kataklarga  qaytarilishi  kutilayotgan  javobni 

yozish  so‘raladi.  Berilgan  javoblarga  qarab  shaxs  yo‘nalishi,  uning  ziddiyatlarga  munosabati, 

agressiya  hissining  xususiyatlari, bu  hisning kimlarga qaratilganligi va  shunga o‘xshash muhim 

faktlar to‘planadi. 

    Rozensveyg testi subekt agressiyasi yo‘nalishining 3 ta turini aniqlash imkonini beradi : 

1.  Agressiya insonning o‘ziga qaratilgan. 

2.  Agressiya atrofga qaratilgan. 

3.  Subekt  vaziyatni hal qilishdan qochadi yoki uni bezaydi. 

          Pedagogik  amaliyotda  ko‘pincha  I.  Щvansara  tomonidan  ishlab  chiqilgan,  o‘smirlik  va 

o‘spirinlik davri uchun mo‘ljallangan test variantidan foydalaniladi.  

          Proektiv  metodikalardan  yana  biri  tugallanmagan  jumlalar  metodi.  Ushbu  metod 

yordamida  guruhiy  va  shaxsiy  ustanovkalar  tekshiriluvchining  atrofidagilarga  (o‘rtoqlari, 

o‘quvchi,  ota-onasi)  munosabati  xususiyatlari,  Shuningdek,  o‘ziga  va  kelajakka  bo‘lgan 

munosabatlari  ham  o‘rganiladi.  SHu  maqsadda  tekshiriluvchiga  bir  qancha  tugallanmagan 

jumlalar  taklif  qilinadi,  ko‘p  o‘ylamasdan  gapni  mantiqan  oxiriga  etkazish  talab  qilinadi. 

Masalan,  

-  mening  har safar kayfiyatim buziladi, agar... 

-  men uchun eng muhim muammo, bu - ...  

-  do‘st – bu ... 

-  mening otam ba’zida ... 

-  men shunga intilamanki ... 

         Proektiv  metodikalar  turli-tuman.  Ular  bir-biridan  tubdan  farq  qiladi.  Biroq  shuni 

nazarda  tutish  lozimki,  proektiv  metodikani  tavsiflash  muayyan  psixologik  bilimlarni  maxsus 

nazariy  tayyorgarlikni  va  metodikani  qo‘llash  bo‘yicha  amaliy  tajribaga  ega  bo‘lishni  talab 

qiladi.  


Download 0,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish