103
Ul nadurkim, sabz to’nlik, yoz yog’ochning boshida,
Qish yalang’och aylagay barcha xaloyiq qoshida.
Barcha qushlarning so’ngoki ichida,
Ul na qushdurkim so’ngoki toshida (
Yong’oq).
Ikki mahbubni ko’rdim, bir-birisin ko’rmagan,
Ikkisining o’rtasiga do’stlar, qil sig’magan (
Kun va tun).
Ul nadurkim, poyi yo’q, yursa boshi birla yurar,
Yurganimda xok surmay, ancha ustolik qilar (
Suv).
Uvaysiy o’z davrining peshqadam ma’rifatparvar shoiralaridan bo’lgan. Shu bois
qizlarga she’r san’atidan dars berganda, o’sha davr shoirlari bilishi zarur bo’lgan
nazirago’ylik, radifgo’ylikni ham o’rgatgan. Har bir shoir mushohada kuchiga ega
bo’lishi zarurligini ko’rsatgan. Bu narsa uning «Devon»larida o’z aksini topgan. U
hayotga haqiqiy san’atkor darajasida qarash lozimligini uqtiradi:
Bu na gumbazdur eshigi, tuynugidin yo’q nishon,
Necha gulgun pok qizlar manzil aylabdur makon.
Sindirib gumbazni qizlar holidan olsam xabar,
Yuzlarida parda tortug’lik turarlar bag’ri qon. (
Anor).
Bunda anor eshik-tuynuksiz gumbazga, donalari bokira qizlarga, dona ustidagi
yupqa qatlam 'qizlar yuzidagi pardaga va anor donalaridagi qizil sharbat bag’ri qon
qizlarga o’xshatilgan.
Uvaysiy she’riyat san’atiga oid mashg’ulotlarida Sharq adabiyotiga xos radifgo’ylik
kabi she’riy musobaqalarga ham katta z’tibor berganki, bunda ham shogirdlarning zehni,
nafis ta’bi, shakllangan san’atkor sifatida tarkib topishiga yordam bergan.
Ammo uning shogirdlari o’rtasida nazirago’ylik yo’li bilan yozilgan radifgo’ylikka
oid musobaqalari haqida materiallar bizgacha etib kelmagan.
Uvaysiy muammo va muvashshax san’atini ham o’rgangan, masalan shoira
quyidagi baytda so’zlar, harflar va mazmun yordamida o’z ismini (Jahon) chiqargan.
Jimu, xoyu alifkim men kimu, darding yuki birla,
Dilda nuqtasi bag’rimda dog’im loyiqi xun men.
Bu muammoning birinchi misrasidagi oldingi uch so’z (
jim, alif, ho jaho bo’lsa,
ikkinchi misradagi
«dilida nuqtasi, bag’rimda dog’im» so’zlari (N–shakli tasviri bo’lib,
bag’ir dog’i ko’ngil russasini ifodalagan.
Demak, chiston, muammo, muashshax kabilar qizlarning she’riy qobiliyatini,
zehnini, falsafiy mushohadasini chuqurlashtirishda ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatga ega
bo’lgan.
Uvaysiy ijodida uning ma’rifiy-ta’limiy qarashlarini ifodalovchi g’azallar ko’p.
Uning she’rlarida ona qalbi, insonga mehr-muhabbat, yaxshilik kabi pokiza yuraklarning
aks sadosi eshitiladi. Jahon otinning ko’pchilik asarlari insoniy muhabbatni, go’zallikni
ifoda etadi Uning she’rlaridagi asosiy lirik qahramon hayotni butun go’zalligi bilan
sevuvchi, unga maftun bo’lib, uning ijobiy hodisalaridan shodlanuvchi, jabr-zulmga
qarshi ma’naviy kurashuvchi, do’stlik, vafodorlikka sodiq, chin oshiq, aqlli, bilimdon
ayol. Ana shu olijanob insoniy fazilatlar kishilardagi vafosizlik, bemehrlik, yolg’onchilik,
subutsizlik kabi salbiy illatlarga qarama-qarshi qo’yiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: