Davlat qushi, ey shoh, qo’nmish boshingga,
Hurkutma ani, zulm birla rom deb.
101
Jahon Otin Uvaysining otinlar maktabi haqida
Markaziy Osiyoda otinlar maktabining asoschilaridan biri, ayollar ta’limida katta
xizmat qilgan, o’ziga xos maktab yaratib shuhrat qozongan mashhur otinlardan biri
Jahon Otin Uvaysiy (XVIII asrning 80-yillarida tug’ilib, 65 yoshlarida vafot etgan)
ma’rifatparvar shoira va murabbiy sifatida mashhurdir.
Umarxon Marg’ilon hokimi (1800-1809 yillar) bo’lib, Nodiraga o’ylangan paytda
Uvaysiy shoira sifatida tanilgan edi. Shuning uchun ham Nodiraning tashabbusi bilan
ular o’rtasida do’stona aloqa o’rnatilgan va ikki shoira opa-singil tutindilar. Umarbek
(1809-1822) Qo’qon xoni bo’lgach, Nodira poytaxtga ko’chib kelgandan keyin maxsus
yorliq bilan Uvaysiyni ham o’rdaga olib kelib murabbiylikka tayinlaydi. Uvaysiy
o’rdada yosh bolalar va kanizaklarni she’r san’ati va musiqasiga o’qita boshlaydi.
Uvaysiyning muallimlik faoliyatini o’rganar ekanmiz, uning o’qitish usullari
haqida, o’sha davrdagi qizlar maktabi, ularning mazmunida otinlarning o’rni haqida
muayyan ma’lumotga ham ega bo’lamiz.
Jahon otin Uvaysiy faoliyat ko’rsatgan qizlar maktabi ham ana shunday ibrat olsa
arziydigan bilim o’choqlaridan sanalgan. O’zining butun faoliyati davomida xalqimiz
orzu-umidlarini ro’yobga chiqarishga harakat qilgan Jahon otin xalqimizning oqila
qizlarini tarbiyalash, go’zal hayotga erishishning birdan-bir yo’li deb o’ylab, o’zining
butun umrini yosh qizlarga ta’lim va tarbiya berishga bag’ishladi. O’zbek ayollarining
ma’naviy ozodligi ularning nazm dunyosiga kirib, baralla kuylashida muhim o’rin
tutdi.
O’z maktabida qizlarga boshlang’ich ta’lim berar ekan, Jahon otin ularning
zehnini o’stirishga katta ahamiyat beradi. U o’z shogirdlariga savod o’rgatibgina
qolmay, ular orasidan iqtidorli qizlarni tanlab Sharq she’riyati bilan tanishtiradi. Qizlarni
nazm bo’stoniga etaklaydi.
G’ulom Zufariyning quyidagi lirik hikoyasi fikrimiz dalili bo’la oladi:
«Andijon hokimi Rahmonquliboy qizi Mohlaroyimni Umarxonga hadya qilib
yuboradi. Umarxon she’riyatga qattiq berilgan kishi bo’lganidan, mening hamxonam,
albatta shoira bo’lishi lozim, deb yurarkan. Mohlaroyim esa yuqori tabaqa oilaga mansub
sohibjamol qiz edi, ammo, she’riyatdan uzoqda edi, shu «nuqsoni» uchun Umarxon
Mohlaroyimni o’z nikohiga olmaydi: tahqirlanga« qiz kundan-kun so’lib boradi. Uvaysiy
voqeadan xabar topib, qizga achinadi, kelib u bilan suhbatlashadi. Qarasa, Mohlaroyim
juda fozila, aql-farosatli qiz ekanligi ma’lum bo’ladi. Shu kundan boshlab Uvaysiy
Mohlaroyimga adabiyotdan nazariy va amaliy dars bera boshlaydi. Mohlaroyim she’r
yozishni mashq qiladi. Shu tariqa oradan bir yil o’tadi, bu davrda, Mohlaroyim o’zbek va
fors tillarida etuk she’rlar yoza boshlaydi, bu ustozi Uvaysiyga manzur bo’ladi.
Mohlaroyim Uvaysiy imtihonidan o’tadi, lekin Umarxonga qay yo’sinda imtihon berish
ustoz va shogirdning bosh»ni qotiradi.
Yoz kunlarining birida, asr bilan shom orasida, Uvaysiy Mohlaroyimga harir
liboslar kiydirib, Umarxonning bog’iga olib chiqadi. Bog’dagi marmar hovuz atrofida
rango-rang gullar ochilib, bulbullar xonish qilardi. Marmar hovuzda esa oltin baliqlar
suzardi. Uvaysiy Mohlaroyimni hovuz bo’yidagi kursiga o’tqizib, haram xonimlaridan
biriga: «Mening shoh hazratlarida zarur ishim bor, shahanshohim iltifot qilib, bir sayri
bog’ qilmasmikinlar, kamina bu fursatdan istifoda bo’lib, ul hazratga arzi niyoz qilsam»,
deydi va o’zi darhol qaytib, hovuz atrofidagi bir gul ostiga yashirinadi.
Oradan andek fursat o’tmay, bog’da Umarxon paydo bo’ladi.
102
U viqor bilan, ohista marmar hovuz tomonga qarab yuradi. Yaqinroq kelib qarasa,
odatda Umarxon o’tiradigan hashamdor kursida sohibjamol bir qiz o’tiribdi. Umarxon bu
gulchehraga mahliyo bo’lib, unga fors tilida she’r bilan savol beradi va qiz unga munosib
javoblar qaytaradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |