100
El osoyishi–mulk oroyishi.
Munisning fikricha, qaysi mamlakatning hukmdori odil bo’lsa, o’sha
mamlakatda odamlar to’q va farovon yashaydilar. Chunki hamma ham tabiatan
adolat va farovonlikni istaydi:
Qayu mulkkim shohi odildurur,
Anga barcha el ko’ngli moyildurur.
Zotan, Munisning bu baytidagi siyosiy g’oya mazmuni Aristotelning
Iskandarga qilgan nasihatini eslatadi:
«Bilgilki, adolat buyuk va qudratli xudoning er
yuzidagi o’lchovidir. Uning yordamida zaif bo’lgan haq odam, kuchli bo’lgan
nohaqdan o’z haqini oladi».
Munis shohlarni ikkiga-odil va zolim shohlarga ajratadi. U «adolat mulkini
tuzatib» o’z qo’li ostidagi fuqaroning och va to’qligidan xabardor hukmdorni odil va
dono podshoh deb ta’riflaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: