110
hisoblanadi.
“Tariximizning so’nggi yuz yildan ortiqroq davrida xalqimizning eng katta
armoni bo’lib qolgan bugungi istiqlol kurtagi dastlab mana shu jadidlar ko’ksida nish
urib etilgan edi.
XX asr o’zbek maorifi va madaniyati, qolaversa, bugungi mustaqillik tafakkurimiz,
ehtimolki, shu jadidlar oldida burchlidir.
"Usuli jadid",
"usuli savtiya"nomlari bilan
shuxrat topgan yangi maktabni Turkistonda shular tashkil qilganlar. Shular birinchi
bo’lib zamonaviy oliy maktab g’oyasini ilgari surdilar, o’nlab jamiyatlar, shirkatlar
uyushtirib, ular yordamida qanchadan-kancha yoshlarni taraqqiy qilgan Evropa
mamlakatlariga o’qishga yuborishga muvaffaq bo’ldilar. O’zbek teatrining birinchi
g’ishtini ko’ygan, nashru matbuotini boshlab bergan ham shulardir.
Jadidlar o’z hisoblaridan maktablar ochib, yosh avlodni istiqlolga tayyorladilar,
she’r va maqolalar, sahna asarlari orqali milliy ongni shakllantirishga, milliy g’urur va
iftixor tuyg’ularini singdirishga urindilar.
XIX asr oxirlari va XX asr boshlarida Turkistonda vujudga kelgan jadidlik
harakatlarining tepasida Maxmudxo’ja Behbudiy, Abdurauf Fitrat, Abdulhamid
Cho’lpon, Munavvar qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Abdulla Qodiriy,
Co’fizoda, Xamza, Sadriddin Ayniy, Tavallo singari xalqimizning o’nlab fidoiy
farzandlari, shoiru adiblari, davlat va siyosat arboblari turgan edilar.
Turkiston jadidlarining otasi
MAHMUDXUJA BEHBUDIY (1878-1919)
Turkiston yoshlarini ilm ma’rifatli qilish to’g’risidagi g’oyalarni targ’ib qilganda, u ikki
toifadagi ma’lumotli kishilarni tayyorlashni nazarda tutadi: bir toifadagilar — diniy
ma’lumotli kishilar bo’lib, ular millatning diniy murabbiylari sifatida islomning sofligini
muhofaza qilishlari zarurligini, ikkinchi toifadagilar esa dunyovny bilim egalari bo’lib,
ular ijtimoiy hayotda musulmonlar manfaatlarini himoya qilishlari kerakligi to’g’risida
shunday deb yozadi: «Bularning
(ya’ni o’sha joylarda o’qib kelganlarning — mualliflar
ta’kidi), –
Misrdan kelgani olimi dunyovi zamona bo’lib, din va millatimizni dunyo va
oxiratda obod bo’lishimizga sabab bo’ladilar. Peterburgdagi tibbiyot, huquqiya,
xikmiya, olimiya va adliya maktablarida o’qiganlarimiz tabib, muallim, ahli huquq va
hokim bo’lib, davlat ishlariga va hukumat mansablariga aralashib, sizga naf etkurar. Bu
ilmlardan o’qib, yuqorida bayon bo’lgan podsholik mansablariga kirib, din va millat,
vatan va davlatga xizmat qilmoqni shariat aslo man qilmaydi».
59
Behbudiyning bu
qarashlari, ayniqsa «Padarqush» “Otasini o’ldiruvchi” pesasidagi ziyolining savodsiz
boyga o’g’lini diniy va dunyoviy ilmlardan xabardor qilish borasidagi quyidagi
nasihatlarida ochiq-oydin ko’rinadi:
Do'stlaringiz bilan baham: