118
Jamiyatning yangi a’zolari... pul topmoqqa ham yangi yo’llar izladi, boshlab
«Gramofon obshestvo» sila so’ylashib, har bir plastinkadan o’n tiyin olmoq shartila bir
necha hofizlarni o’z tarbiyasidagi maktab shogirdlarining tovushini sotdi, bundan faqat
shu yil ichidagina loaqal ikki ming so’m kirsa kerakdir»
71
.
Xullas, Munavvar qori va safdoshlari bu jamiyat orqali qashshoq va kasalmand
kishilar, o’quvchilarga yordam ko’rsatish bilan cheklanmaydi, Rusiya va Turkiyadagi
oliy o’quv yurtlariga talabalar yuborish bilan ham shug’ullanganlar. U millat bolalarini
savodxon qilishdek bunday savob ishga faqat «Turon» jamiyati a’zolarini jalb etibgina
qolmasdan, balki mahalliy boylarning ham boshini qovushtirib, ularning e’tiborini bu
xayrli ishga tortadi. Bu haqda jamiyatning faol a’zosi, keksa san’atkor Abdurahmon
Akbarov shunday deb yozadi: «Jamiyatimizdagi jadidlarning bosh rahbari bo’lgan
Munavvar qori bir kuni jamiyatimizning majlisiga kelib:
«Ziyoli yoshlardan bir
nechtasini Germaniyaga yuborib o’qitish kerak», deb uzoq nutq so’zladi. Shundan keyin
jamiyatning rahbarlaridan 7-8 kishi Orifxo’jaboyning yangi shahardagi hovlisida shu
haqda birinchi marta majlis o’tkazadilar. Ammo
«Toshkent bayonlarining ko’pchiligi
bo’lishi maslahatliroq bo’ldi» deb ikkinchi kattaroq yig’in majlisini shayx Xovand
Tahurlik Kattaxo’ja Xo’jaevning uyida o’tkazishga qaror qildilar.
...1916 yil oxirlari edi. Oradan chamasi 15 kunlar keyin Kattaxo’ja Xo’jaevning
uyida ikkinchi marta katta yig’in bo’ldi. Bu majlisga Toshkentning eng mashxur
boyonlari yig’ildilar. Jumladan, Orifxo’jaboy, Saidkarimboy, Komiljonboy choyfurush,
Asil oqsoqol, Boqijonboy va boshqalar.
Bu erga to’planganlarning soni 50-60 ga etardi.Buni tashkil qilishda ko’proq
tashabbus ko’rsatgan Munavvar qori bilan Ilhom samovarchi va Murodxo’ja Solixo’ja
o’g’illari edi. Hamma yig’ilib bo’lgandan keyin majlis ochilib, birinchi bo’lib Munavvar
qori so’zga chiqdi.
Munavvar qori:
«O’zbek ziyoli bolalarini Germaniyaga yuborib o’qitishga juda
muhtojmiz, bolalar o’quv, ilm-tahsil olib kelsalar, millatiga katta xizmat qila oladilar»,
degan so’zlar bilan uzoq nutq so’zladi. Uning ketidan Munavvar qorining so’zini
quvvatlab Samig’ qori chiqib so’zladi, oxirida savollar tushdi: kim, necha kishini
yuboramiz, deb Samig’ qori «boradigan kishilarning ro’yxati bor, deb domla Murodxo’ja
Solixo’ja o’g’lidan ro’yxatni o’qib berishni so’radi: Germaniyaga o’qib kelish uchun
boruvchilar shular ekan: 1. Shayx Xovand, Tahur dahasidan Abdulvahob Murodiy yana
bir kishi, Beshyog’och dahasidan ham ikki kishi; birinchisi — Chaqar mahallalik
Muhammadjon, ikkinchisi Yalanqori mahallalik A’zam soatsoz o’g’li, jami 4 kishi ekan.
Munavvar qori yana o’rnidan turib: jamoat, mana bu-yosh o’smir bolalarimizning
Olmoniyaga borib o’qib kelishlari faqat siz boyonlarimizning yordami ostida vujudga
chiqadi»,— deyish bilan o’tirgan boylardan biri Munavvar qorining qo’liga anchagina
pul berdi... Pul to’planib, sanalib bo’lgandan keyin Munavvar qori o’rnidan turib:
Do'stlaringiz bilan baham: