Nuri dili ahli bashorat edi,
Har fan aro ancha mahoratedi.
Ahli fasohat aro sohib husun,
Olami dahr ichra edi zufunun.
Nishotiy o’z dostonida xalqni ma’rifatga emas, balki jaholatga sudrayotgan noqobil
shaxslarning kirdikorlarini fosh qilish maqsadida, podshohning olimlar, shoirlar, sozandalar
bilan hamkor suhbatidan g’azabga kelgan jaholatparast — vazir timsolini yaratadi. Vazir
podshohga ma’rifat ahlini: “Ayri tariq”, “Mardud shariat” deb yomonlaydi.
Podsho bunday yaramas o’gitlarni mulohaza qilish va shayx-vazirga odillik bilan
javob aytish o’rniga, uning aytganlarini bajonidil qabul etib, o’sha ilm-ma’rifat ahllarini
ranju uqubatga giriftor qiladi. Nishotiy bu holdan qattiq iztirobga tushdi va u el holiga
achindi. Shuning uchun ham u xalqni adolatsiz podshohlardan yiroq turishga chaqirib, bunday
deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |