Borg’usidir yoniga ahli savol.
So’z duridin kelturibsan anga dil,
Tirg’uzur oni gar esa murda dil.
Nishotiy so’zning “qabih” va “malih” bo’lishini ta’kidlab, qabih so’z kishilarning
dilini og’ritib, ozor berishini, malih esa, jon ozig’iekanini uqtiradi. Shuning uchun ham qabih
so’zlamasdan, doimo malih, ya’ni shirin va ma’noli so’zlash lozimdir, deb ta’kidlaydi:
Mantiq eli qilganida jonda farq,
Qildilar hayvon bilan insonda farq.
So’zdin erur ma’niyi rangin murod,
Bo’lmasa ul so’zni degil girdibod.
Kimki yomon so’zni der — inson emas,
So’zki yomondir, ani hayvon demas.
Nishotiy fikricha, “ganji soz” dunyoda shu qadar ko’pki, uni ishlatishda tilga
nihoyatda ehtiyotkor bo’lib, so’zga zebu-ziynat berish lozim. Uni dilu jon deb atalmish
“ayvonda” (qalbda) parvarish qilib chiqarish kerak. Shundagina so’z ta’sirchan
bo’lib, tinglovchiga “jon”bag’ishlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |