97
Umru davlatga bo’lmayin mag’rur,
Qil takabburni xotiringdin dur.
Ko’rsang har kimni ehtirom ayla,
Yaxshi so’z birla shod kom ayla.
Roqimning fikricha, ta’limning eng muhim vositasi — olgan bilimlarni qayta
takrorlashdir:
Masaldur, saboq bir agar bo’lsa harf,
O’qumoq kerak oni har kunda alf.
Keling barho sa’y birla jadal,
G’animat mahaldur, g’animat mahal,
Xayol aylamanglar, o’qung muttasil.
U yoshlar uchun kitob mutolaasining ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatiga ham yuksak
baho ber a d i :
Kitobat dil ochar hamsuhbat emish,
Ulug’lar bu so’zni va yaxshi demish.
Uning ma’rifiy-didaktik qarashlari aqliy va axloqiy g’oyalar bilan
chambarchas bog’liqdir. U yoshlarning aql-idrokini rivojlantirish masalasiga
to’xtalib, aqlli va dono kishi hecham mag’rurlik va xudbinlikni o’ziga ep
ko’rmaydi, deydi:
Do'stlaringiz bilan baham: