Roqimning ma’rifiy-didaktik qarashlari
Roqim (1742—1814) o’z davrining ma’rifatparvar shoiri bo’lib, o’ziga
zamondosh Andalib, Ravnaq, Ziyrak, Nishotiy, Munis kabi zabardast shoirlar qatorida
turib, adolat va haqiqat tantanasi uchun kurashdi. U buyuk Alisher Navoiy va
Fuzuliylarning
insonparvarlik,
ma’rifatparvarlik,
falsafiy-didaktik
qarashlarini
rivojlantirdi.
Roqimningyozgan she’rlaridan ma’lum bo’lishicha, u maktabda muallimlik qilib
talabalarga dars ham bergan. Shoir maktabning ilmu ma’rifat tarqatishdagi
ahamiyatini ta’kidlab, bu yo’lda ustoz o’z shogirdlarining baxtli kelajagini o’ylashi
kerakligini va ularga ilmni egallashda mehr-muhabbatli bo’lishini uqtiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |