91
asarning rus lug’atshunosi V.I.Dal Orenburgdan keltirilgan qo’lyozmasining
asliyati, ikkinchi jildida shu matn asosida amalga oshirilgan baron Demezonning
frantsuz tiliga tarjimasi o’rin olgan. Baron Demezonning ushbu nashri “Shajarai
turk”ning eng mukammal qo’lyozma nusxasi va tarjimasi hisoblanadi. 1969 yilda
Demezon matnini ilmiy o’rgangan professor S.N.Ivanov “Shajarai turk” matnining
grammatikasi” ocherkini yaratdi.
Shu tariqa, XVII asr turkiy tildagi adabiyotning nodir namunalaridan biri
bo’lgan “Shajarai turk”ning har ikkala farangcha tarjimasi Ovrupoda ham shuhrat
qozonishiga sabab bo’ldi, desak xato qilmaymiz”.
Xorazmlik
mashhur
tarixchi
Muhammad
Yusuf
Bayoniy
“Shajarai
Xorazmshohiy” asarida yozishicha, Abulg’oziy o’z davrining bilimdon tarixchisi va
qobiliyatli shoiri bo’lishdan tashqari, u tabobat ilmi bilan ham shug’ullangan. Abulg’oziy
janglar va savashlarda orttirgan jarohatlarini Abu Ali ibn Sino, Abdurahmon va Yusuf
tabiblarning tabobatga doir asarlari, maslahatlariga ko’ra o’zi muolaja kilib, 124
kasallikka doir “Manof’e-ul-inson” (“Kishilarning sihat-salomatliklari yo’lida”)
risolasini yozgan. Abulg’oziy bu risolaning yaratilishi xususida shunday deydi:
“Kitoblarni nazarga keltirib erdik maqsadi goho topilur erdi va goho topilmas erdi,
ulkin topilur erdi, hozir mashaqqat birla o’rtaga kelur. Shul sababdin, illatga iloj
qilmoq uchun, mu’tabar kitoblardin hoxlab jam qilib, ondin so’ng illatlarni bayon
qildim”.
Haqiqatan ham, Abulg’oziy aytganidek, bu davrda tibbiyotga doir qator arabcha
va fors tilidagi asarlar mavjud bo’lsa-da, ammo ularni topish, sof turkiy tilda o’qib
bahramand bo’lish, ayniqsa, mehnatkash omma uchun amalga oshirib bo’lmaydigan bir
orzu edi, xolos. Shuning uchun ham Abulg’oziy bu sohada qalam tebratib, risolasini
xalqqa tushunarli sodda va jonli tilda yozganligi katta ahamiyatga molikdir.
“Ma’nofe’-ul-inson” risolasi to’rt qismdan iborat bo’lib, birinchi qismda oddiy
dorilar, ikkinchi qismda esa murakkab dorilar, ularni tayyorlash va ishlatish yo’llari,
uchinchi qismda dardlarning kelib chiqishiga sabab bo’luvchi omillar, kasalliklarni
davolash tartiblari haqida, to’rtinchi qismda esa o’zidan oldin o’tgan tabiblarning va
ayni vaqtda o’zining bemorlarni davolash sohasidagi fikr-mulohazalarini sodda tilda
bayon qiladi. Qo’llanmaning ahamiyati shundaki, muallif xalq tabobatida qo’llanilgan
700 dan ziyod dori-darmonlar tadqiqi 53 bobni tashkil etadi. Har bir bob alohida
xastaliklarga va ularni davolash usullariga bag’ishlangan. Chunonchi bosh, ko’z, quloq,
tish og’rig’i, sariq kasal va boshqa dardlar muolajasi haqida qimmatli maslahatlar
berilgan.
49
Xullas,
Abulg’oziy
Bahodirxon
butun
umrini
feodal
tarqoqlikni
tugatish,markaziy davlat hokimiyatini mustahkamlash, millatlararo nizo chiqishiga
sabab bo’ladigan barcha g’ovlarni bartaraf qilish, xalq farovonligini ta’minlash,
mo’g’ullar vayrongarchiligi oqibatida 400 yil mobaynida xarobaga aylanib qolgan
o’lkani tiklash uchun o’zini ezgulikka bag’ishlagan, ilm-fanni yangi taraqqiyot
pog’onasiga ko’tarib, XVII asrda Xorazmda madaniy hayotning taraqqiy etishiga
o’z hissasini qo’shgan buyuk davlat arbobi va iste’dodli olimdir. U qoldirgan bebaho
tarixiy asarlar o’zining ma’rifiy-tarbiyaviy ahamiyatini yo’qotmagan.
Do'stlaringiz bilan baham: