boshina va barcha yurt xalqining boshina ko’rguliklar keltirur», deb hayotiy
dalil sifatida keltirishi bejiz emas. Chunki akalari Habash va Elbars sultonlar o’z
otasi ArabMuhammadning ko’zini o’yib olish bilan qanoatlanmay, uning o’g’li va
nabiralarini Asfandiyorxonning ikki o’g’li bilan qatl qiladilar.
Xullas, Abulg’oziyxon Xiva xonlari orasida o’ta tadbirkorligi, tashkilotchiligi
va bilimdonligi bilan ajralib turadi. Birinchidan, uning hayoti Xiva xonligini
markazlashtirish, mamlakat iqtisodi va madaniyatini rivojlantirish, chegarala rni
kengaytirish va mustahkamlash, turkmanlarni Xiva xonligiga bo’ysundirish uchun
olib borilgan shiddatli kurashlar bilan o’tdi. Uning siyosiy hayot yo’li sermazmun
sarguzashtlar bilan to’la. Xonlikning barcha yuqori lavozimlari yana o’zbek
hukmdorlari qo’liga o’tkazildi. U ma’muriy islohotlar o’tkazib, xonlikning markaziy
boshqaruv tizimini butunlay boshqatdan tashkil etib, o’zbek zodagonlaridan 360
kishini xonlik tizimini turli lavozimlariga tayinladi.
Shu bilan Abulg’oziyxon o’zbeklarni va erli aholining nufuzli kishilarini davlat
boshqaruv ishlariga jalb etib, mamlakatda ma’lum darajada barqarorlikni vujudga
keltirdi. Abulg’oziyxonning ichki siyosat sohasida o’tkazgan eng muhim
tadbirlaridan yana biri doim ko’chib yuruvchi o’zbek qabilalarini 4 guruhga
birlashtirib butun Xorazm vohasi bo’ylab, ya’ni Darg’on otadan to Orol
dengizigacha keng maydonda sug’orish tarmoqlari sohillariga o’troqlashtirish
siyosati bo’ldi.
Ikkinchidan, Abulg’oziyxon turkiy qavmlar va fors-tojik, mo’g’ul tillarini
mukammal egallagan, o’zining «Shajarai turk» va «Shajarai tarokima» nomli
asarlari bilan jahonga mashhur bo’lgan olimdir. Uning bu asarlarida ilgari surilgan
kuchli markazlashgan davlat tuzish, mustahkamlash, xonliklar va bekliklar
o’rtasidagi o’zaro urushlarga barham berish, davlat va fuqarolar manfaatlarini
himoya qilish, davlatni adolatli qonunlar asosida tadbirkorlik bilan boshqarish, el -
yurt tinchligi, xalqlar do’stligi, ilm-ma’rifat egallash, fan va madaniyatni
86
rivojlantirish singari ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari o’zbek xalqining
siyosiy-huquqiy fikrlar tarixiga qo’shilgan katta hissadir.
48
Abulg’oziy “Shajarai tarokima” (“Turkmanlar tarixi”) asarida turkiy
qabilalarning, xususan, turkman xalqining kelib chiqishi haqida qimmatli ma’lumotlar
beradi. Asarda barcha turkiy xalqlarning afsonaviy podshosi O’g’uzxon va uning
avlodi, tarixi, shuningdek, turkman urug’lari (solur, boyandur, taka, yovmut, tevachi,
hizr eli, sariq, Ali eli, yozir, ersori va boshqalarning) kelib chiqishi qisqa tarzda bayon
etilgan. Bu asarda turkman xalqi yaratgan ko’pgina rivoyat va hikoyatlar, xususan,
afsonaviy o’g’uz-turkman, Dada Ko’rqut haqidagi ertak va afsonalar, she’rlar o’rin
olgan.
“Shajarai tarokima” 1893 yilda A. G. Tumanskiy tomonidan ruschaga tarjima
kilinadi. Keyinroq esa bu asarning to’liq tarjimasi A.N.Kononov tomonidan amalga
oshiriladi. Asar tili, uslubi fonetiq morfologik, sintaktik jihatdan chuqur tahlil etilib,
izohlar ham beriladi. Akademik A.N.Kononov shunday deydi: “Shajarai tarokima”
asari faqatgina tarixiy manba bo’lib qolmasdan, balki adabiy yodgorlik sifatida ham
ahamiyatli bo’lgan, chunki unda xalq afsonalari, xalq etimologiyasi, etnomi, maqol va
matallari, masallari mohirona tasvirlangan”.
Abulg’oziy haqiqatan ham o’zining bu asarini omma tushunib etadigan sodda va
ommabop uslubda yozishga alohida e’tibor bergan. Muallifning o’zi bu haqda
shunday yozadi: “Barcha bilingkim, bizdan burun turkiy tarix ayqonlar arabiy lug’atlarni
qo’shib tururlar va forsiyni ham qo’shib tururlar va turkiyni ham sajh qilib tururlar.
O’zlarining hunarlari va ustozliklarini xalqqa ma’lum qilmoq uchun. Viz munlarning hech
qaysisini qilmadiq, aning uchunkim bu kitobni o’quvchi va tinglaguvchi albatta turk
bo’lg’usi turur: bas, turklarga turkona aytmoq kerakki, to ularning barchasi fahm
qilg’aylar”.
Abulg’oziyning fikrlari, uning “turkona aytmoqqa” harakat qilishi tarixiy —
memuar asari “Shajarai turk”da ham o’z ifodasini topgan. “Shajarai turk”ni... “Turkiy
bilan aytdum. Turkiyni hamandok aytubmankim, besh yoshli o’g’lon tushunur”, deydi.
Qizig’ishundaki, Abulg’oziy “Shajarai turk” asarida o’z ota-bobolarining
shajarasini, hukmdorlarning silsilasini tarixiy voqealar va ko’pincha, afsona va rivoyatlar
orqali qiziqarli va ixcham yoritadi. Tabiat manzaralarini, jang lavhalarini, qilich tovushi,
otning dukurlashi va kishilarning hayqirishini jonli lavhalarda tasvirlab, u ora-orada o’z
sartuzashtlarini ham qistirtirib o’tadi. Bu xususiyatlar “Shajarai turk”ni esdaliklar
yo’sinidagi
tarixiy-badiiy
me’muar
asarlarga,
jumladan,
“Boburnoma”ga
yaqinlashtiradi.
Shu bilan birga, Abulg’oziy kishilarning hulq-atvorini
tasvirlaganda “To’raning davlatli bo’lurining nishonasi ul tururkim, navkarga
mehribon bo’lur va badavlatning nishonasi qarindoshiga mehribon bo’lur”, “ul
vaqtda ajalkelib, yaqosindin tutub otasining qatig’a olib ketdi” (jonlantirish),“yulduzda
bo’lub qaravullar” (o’xshatish), “ul xalqni ko’rub dimog’idin dudlar chiqib buyurdi”
(mubolag’a), “xonning toshday qattiq ko’ngli mumday yumshoq bo’ldi”, “Otangning
ichi qozonning tubidin ham qoraroq turur”, “Qorulug’ tushdi, bora-bora otlari arriq bo’ldi”,
“Turkman miltiq otmasiday, erga kelib tushdi”, “o’zbekning ola yilqili, oltin o’choqli va el
bo’lur ermish degani bu turur” (sifatdoshlar), “har oyog’im o’n botmon bo’ldi”, “ul erda
ko’p dyaraxtlar paydo bo’ldiki, o’q ursa o’tmas edi”, “ariqning kengligi otqon
48
Ф.Расулова, Т.Дўстжонов, С.Ҳасанов. Хоразм Маъмун Академиясининг олис-яқин юлдузлари. «Иқтисод-
молия» нашриёти, Т.: 2005, 136-144-бетлар
87
o’qo’tmasday bo’ldi” kabi hikmatli so’zlar va iboralarni ishlatadiki, bularning
barchasi asarning badiiy va ma’rifiy-ilmiy qimmatini oshiradi.
“Shajarai turk”dagi etnografik ma’lumotlar, ya’ni turk-mo’g’ul qabilalari,
qabila nomlarining ma’nosi haqidagi, o’zbeklar, turkman urug’lari va boshqalar
haqidagi ma’lumotlar bugungi talaba uchun boy bilim xazinasidir.
Olim kitobda Dashti Qipchoqda O’zbekxonning xonlik davridan so’ng
“barcha Jo’ji elini o’zbek eli tedilar” degan fikrga kelgan. O’zbeklar kimlar va
ular qachon paydo bo’lgan degan savol atrofida tarixchilar o rasida ancha
vaqtlargacha munozaralar mavjud edi. Bu savollarga aniq va haqiqatga yaqin
javobni “Shajarai turk” asariga asoslanib taniqli olim B. Ahmedov “Ko’chmanchi
o’zbeklar davlati” kitobida bergan.
“Shajarai turk” asarining fazilatlari g’oyat ko’p. Uning hatto jug’rofiy
ma’lumotlarga ham boyligi fikrimizning bir isbotidir. “Shajarai turk”da etnografik va
jug’rofiy ma’lumotlargina emas, balki ismlarning ma’nolarigacha berilgan bo’lib,
unda O’g’uzxonning yigirma to’rt nevaralari ismlarining ma’nolari zikr etilgan.
Biz Abulg’oziy Baxodirxoniing “Shajarai turk” tarixiy-badiiy memuar
asarining ilmiy qimmati to’g’risida mulohaza yuritar ekanmiz, yana bir xususiyati,
ya’ni ilmiy-pedagogik ahamiyati to’g’risida ham to’xtalib o’tishni lozim topdik. Olim
bu asarida odob-axloqqa oid ma’rifiy-didaktik g’oyalarni ham ilgari suradi.
Abulg’oziy jamiyatdagi kishilarni ikki guruhga ajratadi. Bir tomonda yaxshi,
odobli, kamtar, ilmni sevuvchi, xalq uchun xizmat qiluvchi kishilar, ikkinchi yoqda
esa xudbin, axloqiy buzuq, boylikka hirs qo’ygan, “o’z boshina va barcha yurt
Do'stlaringiz bilan baham: |