89
Ba’zilarga o’rin berdi sog’u so’li.
Birga bo’ldi, qomu birlan o’zi yo’li,
Alplar, beklar ko’rgan bormi Qozon, kabi?
Abulg’oziy shoshma-shoshar, hovliqma, yolg’onchiligi tufayli o’limga duchor
bo’lgan bir shaxsni qismati to’g’risida fikr yuritib, bunday ikkiyuzlamachi, yolg’onchi
kishi tegishli jazoga loyiqdir, deydi:
“...Ul kishi Qoonga kelib ayttikim: “Bu kecha tush ko’rdim, Chingizxon menga
aytdikim borib Ugadayga aytgil — musulmonlarni o’ltursun”. — Qoonayttikim: “Bu
so’zni senga Chingizxonni o’zi aytdimi yo tilmoch ayttimi?—”Qoon o’zi aytti”. Andin
so’ng Qoon“Sen mo’g’ul tilin bilurmisan? tedi. Ul kishi bilmayman tedi. Qoon aytti:
“Bu kishini o’ldurung” tedi, aning uchunkim, bu so’zni yolg’on aytaturur. Chingizxon
mo’g’ul tilidan o’zga tilni bilmas – tedi”.
Demak, Abulg’oziy fikricha, odamlar orasidagi yaxshi-yomonlarni ajrata bilmoq
kerak, buning uchun ularni har jihatdan o’rganib olmoq lozim. Chunki odamlar fe’l-
atvorini o’rganish, ularning eng yaxshi xulq-atvorini qabul qilish orqali kishi o’z xulqini
mukammallashtiradi. Shy bilan birga, kishilarning—deydi olim,— ahvolidan
foydalan, ammo odamlar sening yomon axloqlaringni ko’rib ibratlanadigan bo’lmasin.
Abulg’oziy bu bilan “munosib odamlarni” yomonlikdan, yomon xulqlardan, fisqu-
fujurlardan va ortiqcha maishatlardan saqlanishga da’vat etadi va ulardan uzoqyurish
kerakligini ko’rsatadi. Noqobil kishilarning tashqi tomonlariga, amaliga va yaramas
xatti-harakatlariga qarab emas, balki xushaxloq kishilarning ma’naviy fazilatlariga
qarab ibrat olish lozimligini uqtirib: “O’rduxon podsho bo’lib bir necha yillar aroq va
qimiz ichib, Xitoy kimxobini nichib, suluvlarni quchib, otasi keynidan ketdi”,— deydi u.
Hayotiy kuzatishlar, turli kishilar bilan bo’lgan to’qnashuv, munosabat va
muomalalar Abulg’oziyda ana shunday ta’limiy-axloqiy qarashlarning shakllanishiga
zamin bo’lganligi shubhasizdir. Bu o’rinda shuni ham aytish kerakki, Abulg’oziy
ilg’or fikrli donishmand va murabbiy sifatida axloq-odob masalalariga taalluqli
ibratomuz fikr-mulohazalarini ifodalashda o’zbek xalq pedagogikasini oltin xazinasi
hisoblangan xalq og’zaki ijodidan ham unumli bahramand bo’ldi. U ma’rifiy-didaktik
g’oyalarni tashuvchi xalq maqollari, matallari, rivoyat va afsonalar orqali mo’g’ul va
turkiy qavmlarning, el-elatlarning turmush tarzini, ta’lim-tarbiya an’analarini, ayrim
tarixiy shaxslarning yaxshi va yomon xulqlarini hayotiy faktlar va ishonchli dalillar
bilan tasvirlaydi. Masalan,
“Yaxshilar aytib turur, o’n darvish bir palos ichig’a
sig’ar, ikki podshoh er yuziga sig’mas” maqolida nodonlik va kaltabinlik qoralanadi.
Kishi saltanatni boshqarishda hushyorlikka va tadbirkorlikka da’vat etiladi.
Xalqimiz orasida mashhur bo’lgan “Birlashgan o’zar, birlashmagan to’zar”
maqolini Abulg’oziy Chingizxon tilidan o’z o’g’illariga qilgan ibratomuz nasihatlariga
quyidagicha ixcham tarzda singdirib yuborgan: “... to’rt o’g’liga ellarni bo’lub, bir
erda o’lturtub ayttikim: “Bir-biringiz birlan ittifoq bo’ling va muxolifat qilmang,—tedi.
Taqi sadoqidin bir o’q chiqarib sindirdi. Taqi bir necha o’qni birga qo’yub ayttikim: “muni
sindira bilur kishi bormu? Hech kishi sindira bilmadi. Chingizxon o’g’lonlariga boqib
ayttikim: “bu o’qlar sizlarga o’xshash. Agar barchangiz birikib, biringizni podshoh kilib,
aning tilidin chiqmasangiz, hech kishi sizlarni sindira bilmas. Agar ittifoq qilmay muxo-
Do'stlaringiz bilan baham: