Proportsionallik nafaqat ishlab chiqarishni rejalashtirishda, balki ishlab
chiqarishni boshqarishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Zarur proportsiyalarga
amal qilish ishlab chiqarish vositalari va ishchi kuchining tsexlar va ish joylari
bo’yicha hamda ishlab chiqarish bosqichlarida to’g’ri taqsimlanishiga va ulardan
to’g’ri foydalanishga ko’maklashadi. Proportsiyalarga amal qilmaslik esa, aksincha,
ishlab chiqarishning ba’zi uchastkalarda kuchayib, boshqalarida pasayishiga, ya’ni
disproportsiyalarning vujudga kelishiga hamda korxonalarning noritmik tarzda
faoliyat yuritishiga sabab bo’ladi. Zaruriy proportsionallikni ta’minlashda ishlab
chiqarishni tashkil etishni texnik-iqtisodiy normalashtirish katta rol o’ynaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |