The economy of enterprise


  XII BOB. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGI



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet183/240
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#86037
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   240
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

 
 
134 


XII BOB. KORXONANING TIJORAT SIRI VA IQTISODIY XAVFSIZLIGI 
 
12.1. Korxona xavfsizligini ta’minlashning maqsadi, vazifalari va tamoyillari 
 
Xavfsizlik  bu  murakkab  va  serqirra  kategoriyadir.  U  asosan  va  ko’pincha 
ishlab  chiqarishda  foydalanilayotgan  vositalarning  xavfsizligi  nuqtai  nazaridan 
baholanadi va ko’rib chiqiladi. Shu sababli hozirgacha biz texnika xavfsizligi, piyoda 
xavfsizligi,  oziq-ovqat  xavfsizligi  yoki  zararsizligi  kabi  tushunchalarni  uchratsakda, 
korxona xavfsizligiga hali duch kelganimiz yo’q. 
Mahsulotlarning  zamonaviy  namunalari,  ishlab  chiqarish  texnologiyasi, 
investitsiya  rejalari  va  boshqalar  sanoat  ayg’oqchiligining  diqqat  markazida  turib, 
korxona  va  mamlakat  uchun  ma’lum  bir  xavf  tug’diradi.  Shu  sababli  xavfsizlik  va 
tijorat  sirlari  muammolari  hozirgi  bozor  va  raqobatchilik  sharoitlarida  iqtisodiyot 
fanining, jumladan, zamonaviy korxonalar iqtisodiyotining muhim bo’limlaridan biri 
hisoblanadi. 
Korxona xavfsizligini ta’minlashning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat: 
•  korxona  va  uning  barcha  bo’linmalari,  mehnat  jamoasining  davlat  tuzilmasi, 
xorijiy  hamkorlar  va  raqiblar  bilan  o’zaro  munosabatlarda  qonuniy  huquqlarini 
himoya qilish; 

korxona mulkini saqlash, undan oqilona va unumli foydalanish; 

ishlab 
chiqarilayotgan 
mahsulotning 
ichki 
va 
tashqi 
bozordagi 
raqobatbardoshligini oshirish; 

tashkiliy  va  ishlab  chiqarish  barqarorligiga  erishish, butlovchi  qismlar  etkazib 
beruvchilarga  yordamchi  va  hamkorlarga  bir  tomonlama  qaram  bo’lishga  yo’l 
qo’ymaslik; 

barcha  tuzilmaviy  bo’g’inlardagi  xodimlar  orasida  mehnat  intizomini 
mustahkamlash; 

mehnat  unumdorligini  oshirish  uchun  moddiy  va  ma’naviy  manfaatdorligini 
ta’minlash; 

ishlab  chiqarishda  fan-texnika  yutuqlaridan  foydalanish,  samarali  axborot 
bazasini rivojlantirish; 

korxona obro’sini oshirish. 
Ko’rsatilgan  maqsadlardan  kelib  chiqqan  holda  korxona  xavfsizligini 
ta’minlash  vazifalari  belgilanib,  ular  korxonaning  ichki  tartib-qoidalari  va  ish 
tartibida hamda maxsus ishlab chiqilgan chora-tadbirlarda o’z aksini topishi mumkin. 
Bular qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: 
 
1.  Korxona  ichida  hamda  tashqi  tashkilotlar  -  hukumat  idoralari,  boshqaruv 
strukturasidagi  qoidabuzarlik  omillari,  vakolatni  oshirish  hollari  va  hokazolarni 
aniqlash; 
2.  Korxonaning  barqaror  ishlashiga  ta’sir  qilishi  mumkin  bo’lgan  xavf-xatar 
hamda bozor kon’yunkturasidagi noqulay o’zgarishlarni aniqlash va zarur choralarni 
qo’llash; 
3. Bo’lajak hamkorlarni o’rganish, ularning moliyaviy ahvolini tahlil qilish va 
baholash; 
4. Iqtisodiy ayg’oqchilikka qarshi chora-tadbirlarni tayyorlash; 
 
135 


5.  Korxona  sirlaridan  xabardor  bo’lgan  malakali  xodimlarni  boshqa 
korxonalarga jalb qilishning oldini olish; 
6. Nosog’lom raqobatchilikni engish; 
7. Korxona hududi va moddiy resurslarini himoya qilish; 
8. Tijorat sirlarini muhofaza qilishni tashkil qilish; 
9. Mehnat jamoasi a’zolari orasidagi salbiy fikrlarni aniqlash; 
10. Favqulodda hodisalarning oldini olish va xavfsizlikning boshqa choralari. 
Ma’lumki, ko’rsatilgan maqsad va vazifalar o’z-o’zidan avtomatik ravishda hal 
qilinmaydi.  Buning  uchun,  avvalo,  o’z  ishini  yaxshi  bilishdan  tashqari  mohir  va 
yuqori  malakaga  ega  bo’lgan  hamda  o’zlari  ishlayotgan  korxona  uchun  “jon 
kuydiruvchi”kadrlar zarur. Ularsiz muvaffaqiyatga deyarli erishib bo’lmaydi. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   179   180   181   182   183   184   185   186   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish