Amaliyotda ko’pincha investitsion qarorlarning turli xil variantlari ko’rib
chiqilib, ulardan eng maqbulini tanlab olishga harakat qilinadi. Bu maqsadda kapital
qo’yilmalarning solishtirma iqtisodiy samaradorlik ko’rsatkichlari qo’llanib, ular
quyidagi formula asosida aniqlanadi:
E
n
= TN + E
n
×K
min
Bu erda:
TN - mahsulot tannarxi;
K - kapital qo’yilmalar;
E
n
- kapital qo’yilmalarning samaradorlik normasi.
Agar investitsion qarorlarning bir nechta variantlari ko’rib chiqiladigan bo’lsa,
keltirilgan xarajatlar eng minimal bo’lgan variant tanlab olinadi.
Iqtisodiy samardorlikni baholash jarayonida kiritiluvchi investitsiyalarning
qoplanish muddatini aniqlashning o’ziga xos o’rni bo’lib, u quyidagi formula asosida
aniqlanadi:
T = K / (F
r1
– F
r0
)
Bu erda:
K - asosiy ishlab chiqarish fondlariga kiritiluvchi kapital qo’yilmalar hajmi;
F
r1
- rejalashtirilayotgan davrning so’nggi yilidagi foyda;
F
r0
- bazis yildagi foyda (rejadan oldingi davrning so’nggi yili).
Kapital qo’yilmalarning samaradorlik koeffitsienti qoplanish mudatiga teskari
bo’lgan kattalikdir. U quyidagi formula asosida hisoblanadi:
E = (F
r1
– F
r0
) / K
Vaqt omili, ayniqsa, investor (buyurtmachi) nuqtai nazaridan kiritilayotgan
resurslarning haqiqiy samaradorligini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi. Shu
sababli qurilish, qayta tiklash va kengaytirish, shuningdek, mavjud ishlab chiqarishni
zamonaviylashtirish ishlari qanchalik tez bajarilsa, investor va pudratchi uchun
shunchalik foydali bo’ladi. Qurilgan ob’ektni muddatidan avval foydalanishga
topshirishdan olinuvchi qo’shimcha foyda (E
kf
) orqali iqtisodiy samara quyidagi
formula asosida aniqlanadi:
E
kf
= E
n
F (T
sh
– T
a
)
Bu erda:
E
n
- samaradorlikning normativ koeffitsienti;
F - muddatidan avval foydalanishga topshiriluvchi asosiy fondlar qiymati;
T
sh
- ob’ektni foydalanishga topshirishning shartnomadagi muddati;
T
a
- ob’ektni foydalanishga topshirishning amaldagi muddati.
Ob’ektlarni foydalanishga topshirishning shartnomadagi va amaldagi
muddatlari o’rtasidagi farq mazkur formulada (T
sh
– T
a
) yil ulushida aks ettirilishi
lozim (vaqt ko’rsatkichi). Agar T
sh
< T
a
bo’lsa, ya’ni ob’ektni foydalanishga
topshirish muddati o’tib ketadigan bo’lsa, investor kutilayotgan foydani olishdan
131
mahrum bo’ladi va boshqa chiqimlarga duch kelib, bu narsa hisobiy samaraning
salbiy bo’lishiga olib keladi. Shu sababli qurilish yoki korxonani qayta tiklash va
kengaytirish ishlari, ob’ektlarning sifat ko’rsatkichlariga ta’sir ko’rsatmagan holda
qanchalik tez amalga oshirilsa, investitsiyalar samaradorligi mos ravishda shunchalik
yuqori bo’ladi.
Misol. Mini-zavod qurilishining smetaga ko’ra qiymati 14,5 mln so’mni tashkil
etadi. Qurilishning normativ muddati - 2,5 yil. Amalda zavodni 2 yilda qurib
bitkazish mo’ljallanmoqda. Zavodning asosiy fondlari qiymati oshishiga olib
kelmaydigan xarajatlar qiymati 450 ming so’mga teng. Samaradorlikning normativ
koeffitsienti - 0,2.
Zavodni muddatidan oldin qurib bitkazishning iqtisodiy samarasi quyidagicha:
E
dp
= 0,2 (14,5 - 0,45) * (2,5 - 2) = 1,4 mln. so’m.
Do'stlaringiz bilan baham: