The economy of enterprise


 Korxona xavfsizligini ta’minlashni tashkil qilish va boshqarish



Download 1,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet185/240
Sana29.12.2021
Hajmi1,56 Mb.
#86037
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   240
Bog'liq
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi t

12.2. Korxona xavfsizligini ta’minlashni tashkil qilish va boshqarish 
 
Xavfsizlik  hodisalarning  oldini  olish  va  ogohlantirish  chorasi  sifatida,  har  bir 
alohida holatdagi aniq harakat bo’lib, korxona xarakteri, uning joylashuvi, ahamiyati  
va  hokazolarga  bog’liq  bo’ladi.  Mazkur  jarayonda  xavfsizlik  tizimining  o’zini 
belgilash  muhim  ahamiyat  kasb  etadi.  Uning  rahbari  xavfsizlik  kontseptsiyasini 
ishlab chiqarishning muayyan sharoitlariga nisbatan ishlab chiqishda shaxsan ishtirok 
etishi zarur. 
Xavfsizlik kontseptsiyasi birinchidan, korxonaning maqsad va vazifalariga zid 
kelmasligi, ikkinchidan, korxona xavfsizligiga bevosita va bilvosita ta’sir ko’rsatishi 
mumkin  bo’lgan  tashqi  muhit  ta’sirini  inobatga  olishi  zarur.  Bu  ta’sirni  chizma 
ko’rinishida aks ettirish mumkin (12.1-chizma).  
Shu  bilan  bir  vaqtda  korxona  o’z  faoliyatining  muhim  yo’nalishlari 
xavfsizligini  ta’minlash  uchun  muayyan  chora-tadbirlarni  amalga  oshirishi  kerak  va 
buning uchun avvalo, mos keluvchi qo’riqlash tartibini yaratish lozim.  
Mamlakatimiz  va  xorij  amaliyoti  tajribasi  bunda  quyidagi  faoliyat  turlarini 
ajratib ko’rsatadi: 
1. Bino va inshootlar, aloqa tarmog’i qurilma va uskunalarini qo’riqlash 
tartibini ta’minlash. 
2. Tezkor xavfsizlik – maxfiy axborotlarga bo’lgan vakolatni boshqarish, kelib-
ketuvchilar, transport va yuk tashishni nazorat qilish, qoidabuzarlik holatlarini 
tekshirish, axborot xavfsizligini ta’minlash.  
 
136 


3.  Xavfsizlikni  ta’minlash  bo’yicha  ma’muriy  faoliyat  -  personalni  tayyorlash 
va  o’qitish,  inspektsiya,  taftish  va  nazorat,  muammoli  vaziyatlarning  oldini  olish, 
istiqbolli chora-tadbirlarni ishlab chiqish. 
4. Moddiy boyliklarni himoya qilish va tabiiy ofatlar bilan kurash - 
yong’inlarning oldini olish, yong’in xavfsizligi va ogohlantirish qurilmalari holatini 
kuzatib borish va hokazolar. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.1-chizma. Korxona xavfsizligiga tashqi muhitning ta’siri. 
 
Korxonalar  rahbarlari  mehnat  jamoalarini  doimiy  ravishda  xavfsizlikni 
ta’minlash  natijalari  to’g’risida  xabardor  etishlari  lozim.  Faqat  zarur  hollardagina 
xavfsizlik  chora-tadbirlari  maxfiy  bo’lishi  mumkin.  Xavfsizlik  chora-tadbirlarining 
maxfiyligi  korxona  bo’limlarini  zaruriy  qoidalarni  qo’llash  va  ularga  amal  qilishini 
nazorat qilishni maxsus tashkil etishni ko’zda tutadi. 
  Hozirgi  jamiyatning  axborotlashtirish  va  elektronlashtirish  sharoitlarida 
korxonalarning xavfsizligini ta’minlash uchun doimiy ravishda faoliyat ko’rsatuvchi, 
tijorat  faoliyatining  xavfsizligini  ta’minlashning  barcha  shakl  va  usullarini  qamrab 
oluvchi  tizim  amal  qilishi  lozim.  Shu  sababli  xavfsizlik  xizmati  marketing  va 
menedjment xizmati, valyuta, kredit va huquqiy bo’limlar kabi iqtisodiy bo’linmalar 
bilan  chambarchas  bog’liqlikda  ishlab,  iqtisodiy  xavfsizlikka  ko’proq  yondashgan 
holda ularning foliyatini to’ldirishi zarur. 

Download 1,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   240




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish