zahiralarini izlab topish va rentabellikning talab qilinuvchi darajasiga erishish
mexanizmini yaratish mumkin.
Rentabellik va foydaga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni turli xil belgilariga ko’ra
tasniflash mumkin. Masalan, bu omillar ichki va tashqi bo’lishi mumkin. Ichki
omillarga korxona faoliyatiga bog’liq bo’lgan hamda korxona faoliyatining turli
yo’nalishlarini tavsiflovchi omillar mansub bo’ladi. Tashqi omillarga korxona
faoliyatiga bog’liq bo’lmagan, biroq ishlab chiqarish rentabelligi va daromadning
o’sish sur’atiga sezilarli ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan omillar kiradi.
Tahlil
jarayonida ichki va tashqi omillarni aniqlash samaradorlik ko’rsatkichlarini tashqi
ta’sirlardan “tozalash” imkonini beradi hamda korxona yutuqlarini ob’ektiv
baholashda muhim ahamiyat kasb etadi.
O’z navbatida ichki omillar ham ishlab chiqarish va noishlab chiqarish
omillariga bo’linadi. Noishlab chiqarish omillari asosan mehnat va sotish sharoitlari,
korxonaning tijorat, tabiatni saqlash va shu kabi faoliyat turlari bilan bog’liq bo’ladi.
Ishlab chiqarish omillari esa foydaning shakllanishida ishtirok etuvchi ishlab
chiqarish jarayonining asosiy elementlari - mehnat predmetlari va vositalari hamda
mehnatning o’zi - mavjudligi va ulardan foydalanishni aks ettiradi.
Xo’jalik faoliyatini amalga oshirish jarayonida mahsulot ishlab chiqarish,
sotish va foyda olish bilan bog’liq bo’lgan korxonalarda bu omillar o’zaro aloqada va
bir-biri bilan chambarchas bog’liq bo’ladi.
Rentabellikning mohiyatini faqat foyda shakllanishini tahlil qilish asosida ochib
berish mumkin. Korxona mahsulotni sotish natijasida o’z xarajatlarini qoplashdan
tashqari foyda ham olgan taqdirda rentabelli hisoblanadi.
Rentabellik ko’rsatkichlari korxona faoliyati qanchalik foyda keltirishini
ko’rsatadi.
Bu
ko’rsatkichlar
moliyaviy
hisobotning
ichki
va
tashqi
foydalanuvchilarda
qiziqish
uyg’otib,
korxona
resurslaridan
foydalanish
samaradorligi hamda uning investitsiyalarni jalb qilish qobiliyatini aniqlaydi. Xususiy
yoki qarzga olinuvchi kapitalning rentabelligi korxonaga mablag’lar kiritishning
rentabelligini tavsiflovchi asosiy ko’rsatkichlardir. Bu ko’rsatkichlarning iqtisodiy
turlanishi (interpretatsiyasi) yaqqol ko’zga tashlanadi: sarflangan har bir so’m qarzga
olingan (xususiy) kapitalga necha so’m foyda to’g’ri keladi (hisob-kitoblarda
korxonaning balans yoki sof foydasidan foydalanish mumkin).
Rentabellikni zamon va makon qoidalariga ko’ra tahlil qilishda asosli
xulosalarga kelish uchun zarur bo’ladigan uchta xususiyatni inobatga olish zarur.
Birinchi xususiyat korxona faoliyatining vaqt jihati bilan bog’liq. Masalan,
mahsulotni sotish rentabelligi koeffitsienti hisobot davridagi faoliyat natijalari orqali
aniqlanadi; uzoq muddatli investitsiyalarning yuzaga kelishi mumkin bo’lgan va
rejalashtirilayotgan samarasi inkor qilinmaydi. Agar korxona katta miqdordagi
investitsiyalar talab qiluvchi yangi texnologiyalar va yangi mahsulot turlarini ishlab
chiqarishga o’tadigan bo’lsa, u holda rentabellik ko’rsatkichlari vaqtinchalik
pasayishi mumkin.
Ikkinchi
xususiyat
tavakkalchilik
muammosi
bilan
bog’liq
bo’lib,
tavakkalchilik darajasi yuqori bo’lgan loyihalar ba’zida katta foyda keltirishi ham
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: