Quyidagi masalalarni metodikasi bilan bajaring.
Masalaga qisqa shart, ishlanish yo`llari va javob ko`rsatmasi mavjud bo`lsin.
3-sinf darslikdan.
1. Bahodirning yoshi otasidan 4 marta, bobosidan esa 7 marta kichik. Bahodir, otasi va bobosining
birgalikdagi yoshi 144 yoshga teng. Ularning har birini yoshini toping.
2. Oshxonaga 60 kg kartoshka keltirildi. Birinchi kuni uning ikkidan bir qismi,
ikkinchi kuni
qolganining uchdan bir qismi ishlatildi. Oshxonada necha kilogramm kartoshka qolgan?
3.O‘quvchilarga tarqatish uchun 100 ta daftar olib kelindi. Sinfdagi 32 nafar o‘quvchi 3 tadan
daftar oldi. Nechta daftar ortib qoldi?
4. 3 ta sinfda 98 nafar o‘quvchi o‘qiydi. Ular 3 ta avtobusga 24 nafardan o‘tirib teatrga borishdi.
Necha nafar o‘quvchi teatrga bormagan?
5. Keltirilgan sutning 42 litri 3 litrli bankalarga, 65 litri esa 5 litrli bankalarga quyildi. Keltirilgan
sut jami nechta bankaga quyilgan?
6. Bir qishloq bilan ikkinchi qishloq orasidagi masofa 28 km. Ikkinchi
qishloq bilan uchinchi
qishloq orasidagi masofa esa undan ikki marta ortiq. Birinchi qishloq bilan uchinchi qishloq
orasidagi masofa qancha?
Murakkab masalalar bajarish.
1.Chinni zavodida bitta usta 1920 ta kosaga gul chizdi, ikkinchisi 1935 ta kosaga gul chizdi. Agar
bir kunda bir usta 320 ta kosaga, ikkinchi usta 215
ta kosaga gul chizsa, qaysi usta ishni tez
bittirgan va necha kun oldin bittirgan?
2.Ikkita to’g’ri to’rtburchak shaklidagi yer maydoni bor. Birinchi maydoning bo’yi 20 m, eni 18
m. Ikkinchi yer maydonining yuzi birinchisinikidan 28 kv.m ko’p.
Ularning umumiy maydoni
yuzini toping.
3.3ta sigirga 1 kunda 6 bog’ pichan, 3kg yem beriladi. 5 ta shunday sigir uchun 2 kunda qancha
pichan va yem zarur?
4.Dengiz toshbaqasi timsohdan uch marta kam va kitdan ikki marta ko’p umr ko’radi. Agar kit
timsohdan 250 yil kam yashasa, dengiz toshbaqasi qancha yil yashaydi?
5.Shaxmat turnirida 66 partiya o’ynaldi, bunda xar bir ishtirokchi xamma bilan bitta partiyadan
o’ynadi. Turnirda nechta ishtirokchi qatnashgan?
6.Sayohat uchun ma’lum miqdorda pul to’plash kerak edi. Agar har bir sayohatchi 1302 so’mdan
bersa, to’lash uchun 3141 so’m yetmaydi. Agar har bir sayohatchi 1778 so’mdan to’lasa, 1619
so’m ortib qoladi. Sayohatga necha kishi borishi kerak edi?
7.Mashina ertalab soat 11 da yo’lga chiqib, shu kuni soat 3 da shaharga yetib keldi.Agar
xo’jalikdan shahargacha bo’lgan masofa 168 km bo’lsa mashina qanday tezlik bilan yurgan?
8.Velosipedchi yo’lning uchdan bir qismini 1 m/s tezlik bilan, keyingi uchdan bir qismini 2 m/s
tezlik bilan, oxirgi qismini 3 m/s tezlik bilan yurdi. Velosipedchining butun yo’ldagi o’rtacha
tezligini toping.
9.Uzunligi 500 m , tezligi 60 km/soat bo’lgan poyezd uzunligi 500 m bo’lgan tonneldan qancha
vaqtda o’tadi?
10.O’z tezligi 7 km/soat bo’lgan motorli qayiq sol bilan bir vaqtda A to’xtash joyidan daryo oqimi
bo’ylab xarakatlandi. B to’xtash joyiga yetib motorli qayiq orqaga burildi va motorini quvvatini
o’zgartirmay orqaga qaytdi. A dan 6 km masofada solni uchratdu. Agar daryo oqimi tezligi 3
km/soat bo’lsa, A dan B gacha masofani toping.
11.Buyumning narxi uch marta o’zgardi. Birinchi marta 50% ga pasaydi, ikkinchi marta 40% ga
oshdi, uch marta o’zgarishi natijasida narx 44% kamaydi. Uchinchi marta narx necha marta
kamaygan?
12.Uchta flagda 20172 litr benzin bor edi. Birinchi flagda 12846 litr, ikkinchisida birinchisidagiga
qaraganda 9767 litr kam benzin bor. Uchunchi va ikkinchi flagda birgalikda necha litr benzin bor?
13. Qovoqning chorak qismi 3 kg. ga teng. Butun qovoqning uchdan biriga to`rtdan
uch qismini
qo`shsa necha kilogramm qovoq bo`ladi?