MAVZU: BOSHLANG‘ICH SINFLARDA BAJARILADIGAN
MASALA TURLARI VA TIPLARI. MANTIQIY VA IJODIY
YONDASHUVLI MASALALAR.
Reja:
1. Muammoli mazmundagi masalalar.
2. Masalalarni tuzish va o‘zgartirish.
3. Mavzuga doir masalalarni bajarish
Muammoli mazmundagi masalalar.
Muammoli o‘qitishning eng asosiy xususiyati –
muammolili vaziyat hosil qilishdir.
Didaktika tilida muammolili vaziyat hosil qilish shuni bildiradiki, bunda o‘qituvchi o‘quvchilar
oldiga shunday savol qo‘yadiki, ular bu savolga bilimlari yetarli bo‘lmagani uchun to‘la javob
bera olmaydilar.
Har qanday matematik masalaning savoli uning asosiy elementlaridan biri hisoblanadi. Shu
o‘rinda tug‘iladihar qanday matematik masala o‘quvchilar uchun muammoli xarakterga ega
bo‘ladimi
yoki boshqacha aytganda, masaladagi har qanday savol masalaning asosiy
elementlaridan biri bo‘laturib, muammolili vaziyat hosil qiladimi? Bunga mashhur polyak
didaktigi V. Okon quyidagicha yozadi: „...Masalaning mazmuni xotirada hisoblashga oid beihtiyor
mashqlar uchun keraksiz gardish bo‘lib qolgandagina va faqat shunday hollardagina matnli
masalalar o‘quvchilar uchun muammoli harakterga ega bo‘lmaydi.
Haqiqatda esa muammolili
matnli masalalar o‘quvchini shunday qiyinchiliklarga duchor qiladiki, bu qiyinchiliklarni hal qilish
yechimga olib keladigan fikrlash operatsiyalarini bajarishda anchagina aqliy mehnat qilishni talab
qiladi”
1
.
Agar masala matni o‘quvchini ma’lum yechimga olib keladigan fikrlash jarayonlarini
bajarishda aqliy zo‘riqishni talab qiladigan qiyinchiliklarga duch keltirsa, bunday masalani
muammoli deyiladi.
R.Ibragimovning tadqiqot ishida muammoli masalalarni quyidagi ko‘rinishlarini ko‘rib
chiqqan va ularni yechishmetodikasini ochib bergan. Muallif o‘zining
tadqiqot ishlarida
muammoli masalalarni quyidagi turlarini ko‘rib chiqqan:
1) muammoli savollarga oid
masalalar;
2) turli usullarda yechish mumkin bo‘lgan masalalar;
3) mazmuni bir xil, ammo yechilishi har xil bo‘lgan masalala;
4) sharti yetarli bo‘lmagan masalalar;
5) ortiqcha ma’lumotlarga ega bo‘lgan masalalar;
6) butunlay noto‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lgan masalalar;
7) turli xil faoliyatni umumlashtirishga ega bo‘lgan masalalar;
8) fanlararo aloqador mazmundagi masalalar.
Muammoli masalalarning ba’zilarida “nechta?”, “sig‘adimi?”, “etadimi?”, “joylashadimi?”,
“o‘rnashadimi?”, “uchrashadimi?” savollari uchraydi.
Muammolili mazmundagi masala yechilishining yozilishi
odatdagi masala yechilishi
yozilishidan birmuncha farq qiladi. Bunday masalalarda hisoblashlarnigina bajarish talab
qilinmay, balki masaladagi son ma’lumotlarni yoki miqdorlar orasidagi munosabatlarni
taqqoslash, umumlashtirish, isbotlash, haqiqatligini aniqlash, qonuniyatni o‘rnatish, imkoniyatni,
yetarlilikni aniqlashni talab qilinadi.
Muammoli masalalar yechish, mustaqil masala tuzishga oid topshiriqlarni bajarish,
keyinroq
masalalarni yechish ham bolalarning tafakkuri va bilimlarini rivojlantirish vositasi bo‘ladi va
bunday masalalarni yechilishi analiz va sintez kabi mushoxada usuli orqali amalga oshadi va
bolaning bilim doirasini chuqurlashtiradi.
Krutetskiyning ilmiy izlanishlarida o‘quvchilarning masalalar orqali tafakkurini oshirishda
quyidagi masalalar turini keltiradi:
‒
savoli ifodalanmagan masalalar;
1
V.Okon.Osnovi problemnogo obucheniya. М.Prosvesheniye, 1968, 77-bet.
‒
ortiqcha ma’lumotlari
bor masalalar;
‒
bir necha yechimi bor masalalar;
‒
mazmuni o‘zgaruvchan masalalar;
‒
isbotga mo‘ljallangan masalalar;
‒
mazmuni mantiqiy fikrlashga qaratilgan masalalar.
Ushbu masalalar tizimi amaliy ahamiyatga egadir. Ushbu masalalar mustaqil fikrlashni tashkil
qilish metodlarini tanlashga yordam beradi.