non 5 so‘m, 1 stakan choy esa 3 so‘m turadi. Bir stakan choy va bo‘lochka necha pul turadi?»
«Bulochka 5 so‘m, 1 stakan choy oldim.»
Bolalarga u yoki bu ilyustratsiya bo‘yicha masala tuzishni taklif qilishdan avval bu
ilyustratsiyani
analiz qilish, ya’ni suhbat o‘tkazish va bolalar ilyustratsiyasida nima
tasvirlanganini, sonlar nimani ifodalanishini, nimani bilishi kerakligini,
bilish bilmasliklarini
aniqlash kerak.
7. Berilgan yechilishiga qarab masala tuzish.Masalalar yechish malakasini shakllanishiga
masala yechilishiga nisbatan teskari deb atash mumkin. faqat raqamlar bo‘lgan mashqlar yordam
beradi – bu masalani uning yechilishiga qarab tiklashdir.
Masalaning yechilishi ixtiyoriy formada berilishi mumkin: aolhida amallar, ifoda yoki tenglama
bilan, bo‘lgan tushuntirish yozuvlari bilan va ularsiz berilishi mumkin. Bunda masalaning
yechilishi bitta amalni o‘z ichiga olishi mumkin. Bir nechta amalni ham o‘z ichiga olishi mumkin.
Faqat raqamlar yordamida emas, balki harflar bilan ham yozilishi mumkin. masala tuzishni taklif
qilayotgan avval masalani berilgan yechilishini analiz qilish kerak.
Ayrim hollarda bolalarga masala syujetini yoki kattalikning nomini aytib berish maqsadga
muvofiqdir. Masalan o‘qituvchi 3-sinf o‘quvchilariga berilgan ushbu ifoda bo‘yicha, tezlik, vaqt,
masofa kattaliklari qatnashgan masala tuzishni taklif qiladi. (12:3)∙2. Bu yerda qaysi amal birinchi
berilgan (bo‘lish), so‘ngrachi? (x) Bu ifodaga ko‘ra tezlik, vaqt, masofa kattaliklari qatnashgan
masala tuzish kerak. Ko‘paytirish amali bajarilgandan so‘ng nimani bilamiz. (masofani) Demak 2
soni nimani bildiradi. (harakat vaqtini) 12:3 ifoda nimani bildiradi? (tezlikni)
Agar bu ifoda
tezlikni bildirsa, unda har bir son nimani ko‘rsatadi? (12 o‘tilgan masofani, 3 esa harakat vaqtini).
Masala tuzing. Bolalar masalan quyidagi masalani tuzishlari mumkin: «Yo‘lovchi bir xil tezlik
bilan yurib 3 soatda 12 km yo‘lni bosdi. Shunday tezlik bilan yursa, yo‘lovchi 2 soatda qancha
yo‘lni bosadi? Ko‘rsatilgan amallar bo‘yicha masalalar tuzish taklif qilish ham mumkin. Masalan,
o‘qituvchi yechilishida avval ko‘paytirish amali bajarilishi lozim bo‘lgan masala yoki yechilishi
avval qo‘shish amali, so‘ngra bo‘lish amali bajarish zarur bo‘lgan masala tuzishni taklif qilish
mumkin.
8. Berilgan masalalarni ularga yaqin bo‘lgan turdagi masalalarga almashtirish.Bir-biriga yaqin
turdagi masalalar jumlasiga miqdorlar bir xil bog‘liqlik bilan bog‘langan masalalar kiradi.
Masalan to‘rtinchi proportsional topishga doir, proportsional bo‘lishga va ikki ayirmaga ko‘ra
noma’lum sonlarni topishga doir masalalar bo‘ladi, chunki ularda miqdorlar proportsional
bog‘liqlik bilan bog‘langan.
Bir masalani unga yaqin bo‘lgan masalaga kattaliklarning sonli
qiymatlari ustida arifmetik
amallarni bajarish natijasida almashtirish mumkin.
Bir-biriga yaqin turdagi masalalarning yechish usullarini bunday almashtirish va taqqoslash
natijasida bolalarni bunday masalalarni yechish usullarini umumlashtirishga olib keladi.
Murakkab masalalar bajarish.
1) Sabzavot do’konida 5 kg li yashiklarda kartoshka va sabzi joylashgan. Kartoshka joylashgan
yashiklar sabzi joylashgan yashiklar qancha bo’lsa, shundan 3 marta ko’p. agar jami bo’lib 100
kg sabzi va kartoshka bor bo’lsa, do’konda necha kg sabzi mavjud? Ular necha yashikka
joylangan?
2) Nasim va Karim do’kondan daftar va qalam sotib olishdi. Nasim 7 ta daftar va 1 ta qalam,
Karim esa 5 ta qalam va 2 ta daftar xarid qildi. Karim Nasimga nisbatan 200 so’m ko’p pul
to’ladi. Agar qalamning narxi daftarnikidan 100 so’m qimmat bo’lsa, ular jami qancha mablag’
sarflashgan?
3) Fermada 270 bosh qo’y va 120 bosh buzoq bor. Har kuni bitta qo’yga qancha yem berilsa,
buzoqchaga shundan 2 kg ko’p yem beriladi. 30 kunda ularga 4530 kg yem berilsa, bitta qo`y va
bitta buzoqchaga jami necha kg dan yem berilgan?
4) Tikuvchilik firmasi bir qancha gazlama oldi.Undan 120 ta bir xil ko’ylak tikish mumkin. Agar
150
m gazlama ishlatilgach, qolgan matodan 70 ta bir xil ko’ylak tikish mumkin bo’lsa, firma
dastlab qancha mato olgan?
5) Xaridor 90 so’mdan bir qancha kg kartoshka va 180 so’mga lavlagi oldi. Xaridor bir xil
miqdorda lavlagi va kartoshka oldi. Agar xaridor sotuvchiga 1000 so’m berib, 10 so’m qaytim
olgan bo’lsa, lavlagi kartoshkadan qancha arzon?
6) G’isht teruvchi ustalar birinchi kuni tergan g’ishtlarining yarmicha va yana shuncha g’ishtni
ikkinchi kuni , 1-kuni va 2-kuni tergan g’ishtlaridan 13 ta ziyod g’ishtni 3-kuni va 1-kundan 2
marta ko’p g’ishtni 4-kuni terishdi. Agar ular jami bo’lib, 419 ta g’isht terishgan bo’lsa, 2-kuni
qancha g‘isht terishgan?
7) Ombordan har biri ma’lum og’irlikda bo’lgan 32 yashik pecheniy va har birida 9 kg bo’lgan
bir nechta yashik konfet jo’natildi. Agar jami konfetlar pechenilardan 1 kg og’ir bo’lsa va jami
449 kg shirinlik jo’natilgani ma’lum bo’lsa, necha yashik konfet jo’natilgan?
8) Opirator 1-kuni 5 soat ishladi. 2-kun
esa shu tezlikda ishlab, 42 bet matn terdi. Agar u jami 77
bet matn tergan bo’lsa, 2 kunda jami necha soat vaqtini matn terishga sarflagan?
9) Fermada bir necha tovuq va bir necha quyonlarning jami oyoqlari soni 300 ta bo’lsa va
tovuqlar soni quyonlar sondan 2 marta ko’p bo’lsa,fermada jami bo’lib nechta quyon va nechta
tovuq borligini toping.
Do'stlaringiz bilan baham: