2 O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Download 7,19 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/299
Sana16.11.2022
Hajmi7,19 Mb.
#867172
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   299
Bog'liq
1.O\'simlikshunoslik darslik

 
Noqulay sharoitning ta‟siri. 
Donni shakllanishi va pishishiga ancha ta‟sir 
qiladi. Garmsel ta‟sirida don ancha erta yetiladi, biroq puch, burishgan bo„ladi va 
donning biologik hamda texnologik sifati pasayadi.
Don ekinlari qattiq shamol yoki yog„ingarchilik ta‟sirida yotib qoladi. Bu 
holda ham don puch bo„ladi, hosil kamayadi.
Don ekinlari hosildorligiga noqulay sharoitning ta‟sirini kamaytirish uchun 
hamma texnologik tadbirlar o„z vaqtida va yuqori sifatda olib borilishi lozim.
 
2.2. KUZGI DON EKINLARI 
Don ekinlari ikkita biologik: kuzgi va bahorgi guruhlarga bo„linadi. 
O„zbekiston sharoitida bulardan tashqari, ikki xil ham kuzgi, ham bahorgi 
ekiladigan shakllari bor, bularga yarim kuzgi (duvarak) navlar dyeyiladi.
Kuzgi don ekinlari (kuzgi bug„doy, kuzgi arpa, kuzgi javdar, kuzgi tritikale) 
kuzda ekiladi va keyingi yilning yozida hosil yyetiladi. Bahorgi don ekinlari 
(bug„doy, arpa, suli, javdar, makkajo„xori, jo„xori, sholi, tariq) bahorda ekiladi va 
shu yilning yozida, kuzida hosil yyetiladi. Bu guruh biologik xususiyati bo„yicha 
farq qiladi. Kuzgi don ekinlari yarovizatsiya davrini 1-10
o
C da 20-50 kun 
mobaynida o„tkazadi. Bu ekinlar bahorda ekilsa, hosil bermaydi. Bahorgi don 
ekinlari yarovizatsiya davrini 5-20
o
C da 7-20 kunda o„tkazadi, shuning uchun bu 
o„simliklar bahorda ekiladi.


80 
Ikki xil-ham kuzda, ham bahorda ekiladigan duvarak o„simliklar 
yarovizatsiya davrini 3-15 
o
C da o„tkazadi, bu o„simliklar bahorda va kuzda ekiladi.
Ishlab chiqarishda don ekinlarining bu biologik guruhlaridan foydalanish 
ancha afzal, kuzgi don ekinlari kuzgi va erta bahorgi yog„ingarchilik suvlaridan va 
tuproqning unumdorligidan to„la foydalanadi, hosil ancha yuqori bo„ladi (10-15%). 
Kuzgi don ekinlarining hosili bahorgiga nisbatan oldin yetiladi (7-15 kun) va hosil 
yig„ish ishlarini tashkil qilishga ancha qulaylik yaratadi.
Kuzgi don ekinlarining rivojlanishi ikki davrga bo„linadi. Kuzgi davrda bu 
o„simliklarda barg yuzasi va ildizi yaxshi rivojlanadi. Kuzda maysalanish davrini 
o„tab, tuplanish davriga kiradi, biroq bu davrga to„la o„tmaydi. Bahorda tuplanish 
davom etib, o„simlikni rivojlanishi tezlashadi.
Kuzgi navlar qishga chidamli bo„ladi. Kuzgi ekinlarni qishga va sovuqda 
chidamliligini oshirishda agrotexnika tadbirlarining ahamiyati katta. Ekish 
muddatini to„g„ri aniqlash, ekish me‟yori va chuqurligi sharoitga, tuproq turiga mos 
bo„lishi kerak, ozuqa elementlari to„g„ri tanlangan bo„lishi lozim.
Kuzgi donli ekinlarni sovuqda va qish sharoitiga chidamliligi har xil. Kuzgi 
yorug„lik yetarli bo„lib, harorat 8-10
o
C atrofida bo„lsa, donli ekinlarda sovuqda 
chiniqish xususiyati vujudga keladi. Tuplanish bo„g„imida plastik moddalar 
to„planadi, bularning orasida eng muhimi - qand. Sovuq tushish oldidan tuplanish 
bo„g„imida 20-25% qand to„planadi. Bu kuzgi ekinlarning yaxshi qishlab chiqishiga 
yordam beradi.

Download 7,19 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   299




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish