Parvarishlash.
Ertagi kartoshka yerning tabiiy namiga unib chiqadi, kechki
kartoshka ekilgan kuni sug„orilishi maqsadga muvofiqdir. Ertagi kartoshka
ekilgach 25-30 kundan so„ng unib chiqadi, bu muddatda u ekilgan maydonda
begona o„tlar ham unib chiqadi, ularni yo„qotish uchun 1-2 marta setkali borona
yoki tishli engil borona bilan boronalanadi. Kartoshaning unib chiqishini tezlatish
uchun u ekilgan, egat ustiga chirigan go„ng yoki qora rangli plyonka yopish
maqsadga muvofiqdir. Kartoshka poyasi egatni qoplagunga qadar 2-3 marotaba
kultivatsiya qilinadi. Ertagi kartoshka o„suv davrida 1 yoki 2, kechkisi esa 2 marta
chopiq qilinadi. O„simlik bo„yi 15-20 sm bo„lganda birinchi marta, gullash davrida
ikkinchi marta chopiq qilinadi. Bundan tashqari kartoshka tuganagidan o„sib
chiqqan o„simtasini ekish hamda ko„zchalarini 10-12 g eti bilan o„yib olib, ekib
yetishtirish mumkin.
Sug„orish soni, kartoshka yetishtirish muddati va yer osti sizot suvlarining
chuqur yoki yuza joylashishiga ko„ra aniqlanadi. Ertagi kartoshkani sug„orish
aprelning ikkinchi yarmidan boshlanadi. U hosil to„plash davri boshlanguncha 10
kunda bir marta, so„ng 4-6 kunda bir marta sug„oriladi.
282
Kartoshka o„sish davrida yer osti sizot suvi yaqin joylashgan maydonlarda 4-
7, chuqur joylashgan yerlarda esa 8-9 marta sug„oriladi. Kechki kartoshka ekilgan
kuni sug„oriladi. O„suv davrida har 8-10 kunda bir marta sug„oriladi va sug„orish
hosilni yig„ishga 2-3 hafta qolganda to„xtatiladi. Kechki kartoshka yer osti sizot
suvi yuza joylashgan maydonlarda 7-10 marta, chuqur joylashgan yerlarda esa 10-
12 marta sug„oriladi.
Kartoshkadan ikki marta hosil olish.
Markaziy Osiyoda kartoshka
yetishtirishda istiqbolli usullardan biri, erta bahorda ekilgan kartoshka hosili yoz
oyi boshlaridan yig„ishtirib olinib, shu kartoshkani yana qayta ekishdir.
Bu usulda yetishtirish uchun kartoshkani ayrim navlari yaroqlidir.
Jumladan, «Priekul ertagisi», «Belorussiya ertagisi» va «Zarafshon» navlaridir.
Ertagi kartoshka hosil yig„ishtirilayotgan vaqtida vazni 60 g dan 120 g gacha
bo„lgan usti silliq, shu navlarga xos ko„rinishga ega bo„lgan tuganaklar ajratib
olinadi. Yangi kavlab olingan tuganaklarni yozda ekishni ishlab chiqarishga joriy
qilish urug„lik kartoshkani qish, bahor oylarida o„zoq muddat saqlashga zarurat
qolmaydi va shu tufayli uni saqlash vaqtida nobud bo„lishi ham bartaraf qilinadi.
Bundan tashqari, yangi kavlab olingan tuganaklarni yozda ekish kartoshka
aynishiga qarshi kurashning eng yaxshi vositasi va tezpishar nav kartoshka
urug„chiligining samarali usuli hisoblanadi. Yangi kavlangan tuganaklar
surunkali ravishda ekilaversa, ularning o„sish qobiliyati kuchayadi va hosildorligi
ham ancha oshadi.
Markaziy Osiyodagi ilmiy-tekshirish muassasalarida olib borilgan
ko„zatishlardan yangi kavlangan kartoshka tuganaklari tarkibida eriydigan
uglevodlar bo„lishi, tuganaklar undirilayotgan muhitning sernamligi va ularga
havoning yaxshi kirib turishi tuganaklarning unishi uchun zaruriy sharoit ekanligi
aniqlangan. Lekin, qisqa (12-24 soat) muddatli anaerob muhit ham yangi
kavlangan tuganaklarning o„sishi uchun omil bo„ladi.
Toshkent davlat agrar universitetining “Mevachilik, sabzavotchilik va
uzumchilik” kafedrasi xodimlari o„zoq tanlash yo„li bilan «Korenevskiy» nav
kartoshkadan yiliga ikki marta hosil olishga muvaffaq bo„ldilar. Ikki marta hosil
283
olish uchun yetishtirilayotgan kartoshka hosili tuganaklari dumbul (to„lik
yetilishidan oldin) davrida kavlab olingani maqsadga muvofiqdir. Chunki, tuliq
yetilmagan tuganaklar tarkibida tuliq yetilgan tuganaklarga nisbatan shakarga
aylanadigan uglevodlar ko„p bo„ladi. Shuning uchun ular ekilgandan so„ng tez
kunda unib chiqadi. Yangi kavlangan tuganaklarning tinim davrini qisqartirib,
yerdan unib chiqishini tezlatuvchi turli xildagi fizikaviy va kimyoviy usul
qo„llaniladi. Jumladan, yangi kavlab olingan tuganaklar 10-15 kun so„litiladi,
keyin ikki uch bo„lakka ajratilib (kesilib), engil qumoq tuproqli yerda pushtalarda
undiriladi. Tuganaklar undirilayotgan davrida har kuni suv sepib turiladi.
Pushtalardagi tuganaklar unishiga qarab tanlab olinib dalaga ekiladi.
Yangi kavlab olingan tuganaklarga etilen xlorgidrin tiomochevina preparati
ta‟siri sinab ko„rilganda u ijobiy natija berdi. Tuganaklar ana shu preparatning 2%
li eritmasiga solib olinadi va 8-15 soat mobaynida uyilgan holda dimlanadi, keyin
dalaga ekiladi. Respublikamizning ayrim fermer xo„jaliklarida yangi kavlab
olingan tuganaklarni tinim davrini o„tkazish uchun tiomochevinadan ham
foydalanadilar.
Toshkent davlat agrar universitetida utkazilgan tajribalar tuganaklarni
tiomochevina bilan (2% li tiomochevinaning har bir litriga 1-2 mg giberellin
qushib) dorilash ham yaxshi natija berishini ko„rsatdi. Biroq yangi kavlab olingan
tuganaklarni tinim davridan chiqarish davrida qo„llaniladigan fizikaviy va
kimyoviy usullar ortida sarf-harajat talab etadi, bundan tashqari bu usullar kar-
toshkani barcha navlarida ijobiy natija beravermaydi. Shuning uchun tinim davri
juda qisqa bo„lgan va ikki marta hosil beradigan navlardan foydalanish maqsadga
muvofivdir. Yangi kavlab olingan tuganaklar oziq-ovqat maqsadida iyun oyi
o„rtalarida, urug„lik uchun yetishtiriladiganlari esa iyul oyi boshlarida ekilishi
kerak.
Yangi kavlab olib ekilgan tuganaklar 30-32 kundan so„ng unib chiqadi. Bu
davrda egatlar doim zaxlatib (har 4-5 kunda bir marta) sug„orilib turilishi kerak.
Bu yuqori namlik kartoshka ekilgan maydonlarda begona o„tlarning ko„p
miqdorda hosil bo„lishiga va ulardan tozalash uchun qo„l mehnati, gerbitsidlar
284
sarf qilishni talab etadi. Yangi kavlab ekilgan tuganaklardan hosil yetishtirishni
navbatdagi texnologiyasi oddiy usulnikiga o„xshashhdir. Respublikamiz buyicha
yangi tuganaklardan ekib olinadigan kartoshka hosili gektariga o„rtacha 100-120
sentnerni tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |