Yerni ekishga tayyorlash
Kartoshka ekiladigan yer kuzda chuqur (27-29 s m) qilib haydaladi. Bu
yerlarga erta bahorda borona solinadi va ertagi kartoshka ekiladi.
O„tloqi-botqoq yerlarda ertagi kartoshkani erta muddatda ekish uchun
egatlar kuz faslida olib qo„yilgani. Bo„z tuproqlarda ham bu usulda ekish ijobiy
natija beradi. Kartoshka takroriy ekin sifatida ekilsa, u ekiladigan yer haydalishdan
oldin sug„oriladi, so„ng haydab va bir yo„la boronalanib so„ng ekiladi.
279
O„g„itlash
.
Kartoshka organik va mineral o„g„itlarga talabchan o„simlikdir.
Azot uning palaginini yaxshi o„sishiga va hosildorligining ko„payishiga ta‟sir
etadi. Azot me‟yoridan ortiqcha berilsa, uning etilishini kechiktiradi, tuganakdagi
kraxmalni kamaytiradi, hosilni saqlanishini susaytiradi, hamda aynigan va yorilgan
tuganaklar miqdorini ko„paytiradi.
Fosfor poyasini o„sishdan to„xtatadi, ildizini yaxshi rivojlantaradi, kartoshka
etilishini tezlashtirib, tuganaklardagi kraxmal miqdorini ko„paytiradi. Kaliy
o„simlik tomonidan azot va fosforni o„zlashtirishni yaxshilaydi, ildiz qismini
rivojlantirishga ijobiy ta‟sir ko„rsatib turli xildagi zamburug„ kasalliklariga hamda
qurg„oqchilikka va past haroratga chidamliligigi oshiradi.
O„zbekistonning sug„oriladigan tuprog„i tarkibida azot va fosfor juda
kamdir, shuning uchun bu mineral o„g„itlarni yetarli miqdorda to„laligicha
tuproqqa solish kartoshkagi ijobiy ta‟sir ko„rsatadi.
Ozuqa elementlari kam bo„lgan tuproqlarga go„ng va kompost solib so„ng
kartoshka ekilsa, uning hosildorligi keskin ko„payadi. Organik va mineral
o„g„itlarni birgalikda qo„llash kartoshkagi ijobiy ta‟sir etadi.
Ko„p yillar mobaynida foydalanib kelinayotgan bo„z tuproqlarda kartoshka
etishtirilsa quyidagi miqdorda mineral o„g„itlar berish tavsiya yetiladi (ta‟sir
qiluvchi modda kg/ga): ertagi kartoshkaga azot-120-150, fosfor-80-100, kaliy-60,
kechki kartoshkaga-200-225, 150-160 va 90-100; o„tloqi tuproqlarda ertagi
kartoshkaga azot va fosfor-100-120, kaliy-50-60, kechki kartoshkaga esa azot va
fosfor-150-180, kaliy-70-80 kg/ga dan berilishi kerak.
Organik o„g„itdan gektariga 20-40 tonna berilsa, azot hamda fosfor o„g„itlari
miqdori-20-30%, kaliy o„g„itniki esa-50-70% kamaytiriladi.
Organik hamda kaliyli o„g„itlarni to„laligicha, fosforni esa 70-80% yerni
shudgorlashdan oldin solish kerak. Fosforning qolgan qismi (25-30%) kartoshka
ekilish davrida beriladi. Ertagi kartoshka ekilishi davrida egat tubiga azot
o„g„itining 20% ni solib, so„ng ekilsa, u yaxshi natija beradi. Bu o„g„itni qolgan
qismi kartoshka g„unchalash davrida beriladi.
280
Mikroelementlar (bor, molibden, marganets va boshqalar) ham kartoshka
hosildorligini oshiradi. Buning uchun mikroo„g„itlarni 0,01-0,05% eritmasi bilan
tuganaklar namlanadi yoki o„simliklar bargidan oziqlantiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |