271
Tuganagi poya tuzilishi, yer osti poya (stolon)ning yo„g„onlashgan uchidir.
Stolonlar kartoshka poyasining yer ostki qismidagi barg qo„ltig„ida hosil bo„lib,
naviga qarab har xil o„zunlikda uchrashi mumkin. Ba‟zan barg qo„ltig„ida katta
bo„lmagan yashil tuganaklar hosil bo„ladi.
rasm-27. Kartoshka ekini
Bu poyaning pastki qismlarini zararkunanda (poya nematodasi) bilan
kasallik yoki boshqa sharoitlar ta‟sirida shikastlanishi natijasida sodir bo„ladi,
bunda barglaridan yer ostki qismlariga, tuganaklariga fotosintez maxsulotlarining
o„tishi qiyinlashadi. Stolonning
tuganakka birikkan qismiga
kindik
deyiladi.
Boshqa har qanday novda singari tuganaklar xam ustki tomonidan o„sadi. Shuning
uchun tuganakning birmuncha yosh, lekin stadiya jixatidan qari bo„lgan yuqori
yarmisi bilan qari, lekin stadiya jixatidan yosh bo„lgan pastki yarmini farq qilishi
mumkin.
Tuganakning ustki qismida spiral shaklda joylashgan ko„zchalar bor.
Ko„zchalar tuganakni yuqori qismida ko„p va pastki kindik birikkan yarmida esa
kam bo„ladi. Ko„zchada qoshcha-barg o„rni bo„ladi, ko„zchaning o„zida 3-4 ta
272
ko„rtak bo„lib, ular o„sib novda chiqaradi. Tuganakning yuqori qismidagi
ko„zchalar eng oldin ko„karadi, bunga sabab tuganakning uchki qismida ko„p
miqdorda
erigan holatdagi oziq moddalar, ferment hamda auksinlar to„plangan
bo„lishidandir.
Pastki ko„zchalar sekinroq ko„karadi yoki butunlay o„smaydi. Pastki
ko„zchalarni o„stirish zarur bo„lsa uchki ko„rtaklar kesib tashlanishi kerak yoki
tuganakni kundalangiga kesish kifoya.
Ko„zchalardagi kurtaklarning hammasi ham ko„karavermaydi. Odatda faqat
o„rtadagi eng baquvvat kurtak ko„karadi. Agar o„rtadagi kurtakning nishi
zararlangan bo„lsa, yonidagilardan biri ko„karadi.
Bordiyu ikkinchi nish
zararlansa, uchunchi ko„rtak o„sa boshlaydi. Tuganak sirtidagi hamma ko„zchalar
olib tashlanganda, uning ichki to„qimalaridan qo„shimcha (adventiv) kurtaklar
hosil bo„lishi mumkin.
Kartoshka qorong„u joyda saqlanganida ko„karib ketib oq mo„rt o„simtalar,
yorug„ joyda o„stirilganda esa yo„g„on, kalta yoki qo„ng„irqizil rangdagi
o„simtalar hosil qiladi.
Tuganaklar shakli yumalok, chuzinchoq va ovalsimon
bo„ladi. Bu kartoshka naviga va u etishtirilayotgan sharoitga ko„ra o„zgarib turishi
mumkin. Tuganaklarning eti oq, sariq, qizil va zangori bo„ladi. Po„sti sariq,
pushti, qizil och zangori yoki ko„k rangda. Tuganaklarning po„sti kartoshka
naviga bog„liq bo„lib, u silliq, g„adur-budur yoki to„rsimon bo„lishi mumkin.
Kartoshka tuganagi
usti epidermis bilan qoplangan, pishib yetilganda u
ko„chib to„kilib ketadi. Po„stloq o„z navbatida havo o„tkazmaydigan periderma
bilan qoplanadi. Uning ustida po„kak qatlami hosil bo„lib, tashqi muxit ta‟siridan
saqlaydiva shunday qilibkartoshka Po„sti hosil bo„ladi. Tuganak nafas olish uchun
uning ustida yasmiqchalar deb ataluvchi ko„plab teshiklari bo„ladi. Ichki qismi
yirik, g„ovak parenxima hujayralaridan iborat bo„lib,
ularni ichi oqsil moddalari
va kraxmal donalari bilan to„lgan. Po„stloq ostida hosil qiluvchi to„qima (kambiy
qatlami) bor. Tuganak ana shu kambiy xisobiga o„sadi. Tuganak shikastlanganda
shilingan joyiga yondosh xujayrada suberin deb ataluvchi modda ajraladi, so„ngra
kesilgan joy sirti bir necha qavat o„zunchoq ingichka hujayradan iborat yara hosil
273
qiladi. Kartoshka popuk ildizli bo„lib, ular poya bo„g„imlardan, ildiz (stolon) dan
va poyaning yana tuganakka birikkan qismidan 3-5 ta dan guruh bo„lib o„sib
chiqadi.
Ildizlar asosan tuproqning yuza 60-70 sm qatlamiga joylashadi, ayrim
ildizlar 150-200 sm chuqurlikkacha o„sib kiradi.
Kartoshka tuganagi muhim biologik xususiyatga-tinim davriga ega, shuning
uchun u kovlab olingandan so„ng tezda o„smaydi tinim davri turli navlarda turlicha
bo„lib, u ko„pchilik navlarda 60 kundan ko„p vaqt talab etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: