TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
90
Annotation.
In the article, the professional development of students is
interpreted as a psychological problem, which describes
the factors of professional
development of students, factors that impede the professional development of
students, and ways to overcome them
Key words:
personality, student, profession,
professional interests,
professional development
Jamiyatda shaxsning barkamolligini belgilovchi mezonlar xilma-xildir.
Jumladan, barkamol inson deganda ma‘naviy jihatdan yetuk, o‗z Vatanining tarixi,
buguni va kelajagi uchun qayg‗uradigan, shuningdek,
jamiyatning iktisodiy
taraqqiyotiga o‗z hissasini qo‗shish ishtiyoqiga ega bo‗lgan shaxsni tushunish
bugungi kun talabiga mos keladi. Ushbu tushunchaga tahliliy yondashilsa, uning
naqadar
serqirra, murakkab va har tomonlama umuminsoniy qadriyatlarga mos
kelishini tushunish mumkin. Shaxs barkamolligining yana bir muhim omili sifatida
shaxsning kasbiy shakllanishini keltirish mumkin. Komillik sari intilish shaxsning
kasbiy shakllanishi bilan birgalikda yaxlit holda kechadigan va
deyarli bir umr davom
etadigan murakkab jarayondir. Kasbiy shakllanish - insonning o‗z aqliy qobiliyatlari,
jismoniy imkoniyatlari u yoki bu sohaga bo‗lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari,
shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‗ra biror-bir kasb sohasida ta‘lim olishi,
keyinchalik shu sohaga kirishib moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va
malakali mutaxassis bo‗lib yetishishi tushuniladi.
Kasbiy shakllanish jarayoni insonning o‗z aqliy qobiliyatlari,
jismoniy
imkoniyatlari u yoki bu sohaga bo‗lgan layoqatlari, qiziqish va intilishlari,
shuningdek, qadriyat va dunyoqarashlariga ko‗ra biror-bir kasb sohasida ta‘lim olishi,
keyinchalik shu sohaga kirishib moslasha borishi va nihoyat yillar davomida yetuk va
malakali mutaxassis bo‗lib yetishishini nazarda tutadi.
Kasbiy shakllanish shaxs faoliyatining uzoq muddatli davrini qamrab oladi va
ijtimoiy mavqe, yashash tarzi va avlodlar o‗rtasidagi an‘analarning davom ettirilishi
bilan ham tavsiflanadi. Oliy ta‘lim muassasalarida tahsil
olayotgan talabalarning
mutaxassis sifatida kamol topishida ularning shaxsiy hamda kasbiy shakllanishini
ta‘minlashga to‗siq bo‗luvchi bir qator omillar mavjud. Bular qatoriga:
1. Mutaxassislarga qo‗yiladigan kasbiy va shaxsiy talablarning o‗sib borayotganligi;
2. Kasb tanlashga sabab bo‗luvchi omillarning davriy xususiyatga egaligi va kasblar
to‗g‗risidagi ijtimoiy ideallarda yagona me‘yorning mavjud emasligi; 3. O‗spirin
kasbiy tasavvurlarining ijtimoiy-iqtisodiy shart- sharoitlarga,
bozor munosabatlariga
hamohang o‗zgarayotganligi hamda kasb-hunar va tegishli mutaxassislik
yo‗nalishlari o‗rtasidagi tafovutning keskin ortayotganligi; 4. Yoshlarning
mutaxassislik yo‗nalishlarini
tanlashlarida aniq tasavvurga, maqsadga, faoliyat
yo‗nalishiga, istiqbol rejalarini belgilash qobiliyatiga ega emasligi kabilardir.