Kirish
Asosiy qism
1. Tarbiya bir umr davom etadigan jarayon sifatida, uning uzluksiz va bosqichma-bosqich olib borilishi zaruriyati.
2. Oilada farzand tarbiyasining turli xil davrlari va ularning ma’naviy kamolotga ta’siri.
Xulosa
Asosiy qism
Farzandning burchi va mas’uliyati masalasi milliy va diniy an’analarda, davlat tomonidan qabul qilingan qonunlrda ham o‘z ifodasini topgan. O‘zini xalq oldida burchli, mas’uliyatli deb bilib, ota-onasini unutgan shaxsni ma’naviyatli inson deb bo‘lmaydi.
Umuman inson zoti vatanga, jamiyatga, xalqiga, hurmat ota-onaga bo‘lgan hurmatdan boshlanadi. Ota-onaga hurmatsizlik iymonsizlikning belgisidir. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida shaxsning obro‘-e’tibori o‘z ota-onasiga munosabati bilan belgilanib kelingan. Ota-onani qarovsiz qoldirgan, ularga azob berib haqoratlaganlar “oqpadar” deyilgan. O‘zbeklarda “oqpadar” degan so‘z juda og’ir haqoratdir, jamiyatning nafratiga duch kelishning ifodasidir. Oqpadarlardan ota-onagina emas, balki barcha qarindosh-urug’lar, butun jamoatchilik yuz o‘giradi.
Imom al-Buxoriy Rasuli Akramning farzandlik burchi haqida quyidagi fikrlarini keltiradi: “Qaysi bir musulmon farzandi ertalab savob umidi bilan ota-onasini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning ikkita eshigini ochadi. Agar ularning birini ziyorat qilsa, Olloh Taolo unga jannatning bir eshigini ochadi. Bola ota-onasidan qaysi birini xafa qilsa, uni rozi qilmaguncha Olloh Taolo undan rozi bo‘lmaydi”.
Ota-ona dunyodan ko‘z yumayotganida bizdan rozi bo‘lganini aytishadi. Lekin biz hamma vaqt ham ota-ona oldidagi burchimizni to‘la bajara olmaganimizdan afsuslanamiz. Ota-onani xursand qilish uchun qo‘limizdan nima kelsa qilamizki, qandaydir armonlar yuragimizda qolib ketadi. Bu ham inson qalbida chuqur o‘rin olgan iymon va vijdonnig sadosidir. Ota-ona mehri shunchalik cheksizki, noqobil farzandlaridan ko‘p azob-uqubat ko‘rgan ota-onalar ham o‘lar chog’ida “Men sendan roziman, bolam”, deyishadi. Bunday cheksiz mehrning ma’naviy ildizlarini o‘zimiz ota-ona bo‘lganimizdan keyin chuqurroq tushunamiz.
Ota-onaga yaxshi munosabat farzandlarimiz uchun katta tarbiya maktabidir.
Rasuli Akramning quyidagi fikrlari ibratli: “uch toifa odamlarning duosi hech shubhasiz Olloh Taolo oldida maqbuldir: mazlum kishining duosi, musofirning duosi va ota-onaning (farzandga qilgan) duosi”.
Ba’zi yoshlar qarigan ota-onalarini keksalar uyiga olib borib qo‘yadilar. Bunday hol o‘zbeklar orasida avval bo‘lmagan bo‘lsa hm hozir uchrayapti. Odamlar bunday ishlardan oldin nafratlansa, hozir biroz ko‘nikib qolganga o‘xshaydi. Ba’zilar keksalar uyida yashash ancha tinch, u erda shifokorlar tez-tez xabar olib turishadi, deyishadi. Bu fikrlar milliy ma’naviyatimizga, diniy qadriyatlarimizga butunlay ziddir. Keksaygan odamga yaxshi kiyim, etarli oziq-ovqat emas, dardi uchun farzandlarning mehr-oqibati kerak. Keksalarning dardi uchun farzandlarning shirin so‘zi-yu, nabiralarning kulgusidan, sho‘xligidan ortiqroq shifo bo‘lmasa kerak. Odam keksaygan chog’ida o‘zini yakkalangan, jamoat e’tiboridan chetda qolgan kishi sifatida his qila boshlaydi. Ular ko‘proq e’tiborga, shirin so‘zga, mehr-oqibatga ehtiyojmand bo‘ladilar.
To‘g’ri hayotda hamma ota-ona bir xil emas. Shundaylar ham borki, ular hayotni besh kunlik maishat, rohat-farog’at deb tushunadilar. Bundaylar farzand ko‘rsalar ham ularni boqish va tarbiyalashni o‘zlari uchun og’ir yuk deb o‘ylaydilar. Ular ota-ona emas, balki qalbida shafqat tuyg’usi, mehr-oqibat bo‘lmagan odamsifat mahluqlardir.
Farzandlar-chi? Bolalar uyiga tashlab ketilgan go‘dak doim onasini, o‘z onasini kutadi. Bu mehr urug’i go‘dak qalbiga ilohiy qudrat kiritgan kuchdir. Onasiz qolgan go‘daklarga boshqa ayollar qancha mehribonlik ko‘rsatsalar ham bu hech vaqt tuqqan ona mehri o‘rnini bosaolmaydi. Etimlik drdini etim bo‘lib, ona-onaning mehriga tashna bo‘lganlar yaxshi biladi. Farzandlar ota-onadan yomonlik ko‘rishi mumkin. Lekin bu yomonlikka yomonlik bilan javob berish shart emas. Kechirimlilik tuyg’usi farzandlarga xos bo‘lishi darkor. Bu ham oddiy burch emas, balki inson qalbidagi tug’ma ma’naviyatdir.
Farzandlarning jamiyat va xalq oldidagi burchi to‘g’risida ko‘p kitoblar yozilgan. Lekin ularning ichida ota-ona oldidagi burch to‘g’risida yozilgan asarlar kam. Jamiyatni o‘ylab, ota-onani unutish ham o‘zbekona ma’naviyat mezonlariga to‘g’ri kelmaydi. Ota-onani rozi qilgan farzandlardangina el rozi bo‘ladi.
Ota-onaning farzand oldidagi burchlari «Qobusnoma»da zikr etilishicha, «...farzandga yaxshi ot qo‘yish, farzandni yaxshi doyaga topshirish, sunnat qilish, to‘ytomosha berish, ilm va kasb-hunar o‘rgatishdan iboratdir».
Yusuf Xos Hojibning «Qutadg’u bilig» asarida ham ota-ona burchi haqida shunday deyiladi: «O‘g’il, qiz tug’ilsa yaxshi bilki bas, Uyda tarbiya qil, boshqa erdamas. Ustozning yaxshisin tanla albatta, o‘g’il, qiz pok o‘sar, yomondan chetda.
O‘g’il, qizga o‘rgat, bilim ham odob, baxtga yor bo‘lur u, bo‘lmag’ay xarob, o‘g’ilga xotin, qizni erga ber, qayg’u g’amsiz yana, ayo qutli er. O‘g’il topsin san’at hunarda kamol. Bu hunar bilan u tera berar mol, o‘g’ilni tergab tur: bo‘sh qo‘yma zinhor. Benaf, bebosh bo‘lar, yugurar bekor»1.
Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, ota-ona farzand tarbiyasida jamiyat oldida ham javobgardirlar. Har tomonlama yetuk farzand tarbiyalash ota-onaning asosiy, majburiy burchidir.
Ota-onani hurmat va izzat qilish, keksayganda moddiy ta’minlash, ular nasihatiga quloq tutish va uni so‘zsiz ado etish farzandning ota-ona oldidagi burchi hisoblanadi. Farzand el-yurt oldida ota-ona obro‘si, qadr-qimmatini ko‘tarishi lozim.
Farzand, anniqsa, otani hurmat qilishga, topshiriqlarini bekamu-ko‘st bajarishga majbur. Uning ko‘nglini og’ritish aslo mumkin emas. Oqil farzand ota qadrini yuksak tutadi. Xalqimiz «Ota qarg’ishi o‘q», - deb bejiz aytmagan.
Ulamoyu fuzalolarimiz fikriga ko‘ra: ota farzand uyidagi istagan narsani olishi mumkin ekan. Farzand esa ota uyidan uning ruxsatisiz hech narsani olishga haqqi yo‘q ekan. Bordiyu, shunday qilsa va bundan ota ko‘ngli og’risa, bu farzandnn ota nomidan Olloh oq qilar ekan.
Shuningdek, farzand onaning tunda bir lahzalik uyqusidan turib, oq sut bergan qarzini umr bo‘yi onasini elkasida ko‘tarib yursa ham uzolmas ekan.
Mana, farzandning ota-ona oldidagi burchi nima bilan belgilanadi!
Oilada kelinning ham qaynona-qaynota oldidagi burchi farzand burchi demakdir.
Professor Oynisa Musurmonova qayd qilganidek: “... yosh kelinni shu oila tartib-qoidalariga moslashishi yaxshi xislatlarining namoyon bo‘lishi, o‘zini erkin his etishda qaynona asosiy murabbiy, ustoz hisoblanadi. Qaynona kelinni o‘z qizi sifatida qabul qilinishi bilan bir qatorda kelinning ham erga, oila a’zolariga nisbatan xushmuomalada bo‘lishini, taom tayyorlashi, bichish-tikish sirlarini bilishga o‘rgatishi lozim. Shuningdek, kelinni bola tarbiyasiga tayyorlab borishi, uni shu oilaning teng a’zosi sifatida hurmat qilishi, oilaning o‘z ichki sirlaridan voqif etishi qaynonaning burchidir”1. Chunki xalqimiz “Yaxshi qaynona – sirdosh onadir” deb bejiz aytmagan.
Xalqimizning ma’naviy merosi hisoblanadigan mehnatsevarlik, mehr-oqibatlilik, birodarlik, insonparvarlik, mardlik, halollik, iymon-e’tiqodlilik kabi fazilatlarni, Abu RayhonBeruniy, Najmiddin Kubro, Az-Zamaxshariy, Abu Ali ibn Sino, Alisher Navoiy, Ahmad al-Farg’oniy, imom al-Buxoriy, imom Termiziy, Bahouddin Naqshband va shu kabi mutafakkirlarimizning ma’naviy merosini avaylab-asrash, asrlar davomida qadriyat darajasiga ko‘tarilgai milliy ma’naviy merosni kelajak avlodga etkazish har birimizning jamiyat oldidagi, insoniyat oldidagi, kelajak avlod oldidagi burchimizdir.
Mustaqillikka erishib, ma’naviyat va ma’rifat masalalariga birinchi darajali ahamiyat berishimiz, mustaqillikni mustahkamlash vazifalari, tarbiya sohasida sog’lom avlod, ma’naviy barkamol inson, komil inson kabi tushunchalarga izoh berishni, ularning mohiyatini ochib berishni taqozo etmoqda. Yuqorida aytganimizdek ular mohiyati birday tushunchalar. Insonni to‘g’rilikka, halollikka, poklikka, vatanparvarlik va insonparvarlikka, ezgulikka va qo‘yingki, yuksak axloqlilikka yo‘llash bu tushunchalarning mohiyati va mazmunini tashkil etadi. Hozirgi kunda bu masalalarga birinchi darajali ahamiyat berishimizning boisi – iymoni, e’tiqodi va axloqiy fazilatlari - qo‘yingchi, ma’naviyati kuchli, milliy mas’uliyat to‘yg’usi qalbida chuqur ildiz otgan, ma’naviy barkamol fuqarolarga ega mamlakatgina mustaqil va barqaror rivojlana oladi. Buyuk kelajak ma’naviy barkamol insonlarga tayangandagina yaratiladi, qad ko‘taradi. Boshqacha aytganda ma’naviy barkamol insonlargina buyuk kelajakni yarata oladilar. Shuning uchun ma’naviy barkamol insonni, sog’lom avlodni tarbiyalash muhim va dolzarb masala. Bu masalada yurtboshimizning qo‘yidagi sabog’i ibratlidir: «Biz sog’lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishimiz kerak. Sog’lom kishi deganda faqat jismoniy sog’lomlikni emas, balki sharqona axloq-odob va umumbashariy g’oyalar ruhida kamol topgan insonni tushunamiz» Bu fikrlardan ko‘rinib turibdiki, sharqona odob-axloq va umumbashariy g’oyalarni ongiga singdirib olgan kishi yuksak ma’naviyatli, ya’ni ma’naviy barkamol, komil inson hisoblanadi. Ma’naviy barkamollik insonning dunyoqarashi, e’tiqodi, ruhiyati, xulq-atvor normalari, axloq-odobi bilan bevosita aloqadorligi bilan ajralib turadi. Ma’naviy barkamol kishilar xalq taqdiri va farovonligi, vatan taqdiri va uning ravnaqini o‘ylaydilar. Ular mutelikda, qaramlikda yashashni istamaydilar.
Sog’lom deganda, biz faqatgina jisman baquvvat farzandlarimizni emas, balki ma’naviy boy avlodni, aqliy rivojlangan, axloqiy pok, ma’rifatli farzandlarni, avlodni tushunmog’imiz kerak. Bunday kishilar o‘zlarida xalqimizning eng ardoqli fazilatlari - iymon va insof, mehr-oqibat, shafqat va rahmdillik, uyat va andisha, or-nomus, o‘zaro hurmat, yuksak vatanparvarlik, eliga va xalqiga sadoqat kabi qadriyatlarni va g’oyalarni mujassamlashtirgan bo‘lishlari lozim.
Muallif qariyb 150 yil davom etgan mustamlakachilik va mustabid tuzum davrida toptalgan ma’naviy-ma’rifiy merosimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklash hamda ularni zamon talablari asosida rivojlantirish o‘ta muhim hayotiy zaruratga aylangani, istiqlol yillarida bu masala amalga oshirilgan tub islohotlarning negizini tashkil qilganini alohida ta’kidlaydi. Kitobda o‘tgan davr mobaynida eski tuzumdan og’ir meros bo‘lib qolgan illatlarga, el-yurtimizga nisbatan kamsitish va milliy manfaatlarimizni mensimaslik holatlariga barham berish, ko‘hna qadriyatlarimiz, dinu diyonatimizni tiklash, hayotimizda tarixiy adolatni qaror toptirish, yangi jamiyat qurish yo‘lida xalqimizning ma’naviy yuksalishini o‘z oldimizga qo‘ygan olijanob maqsadlarga etishda hal qiluvchi mezon deb qarash va shu asosda ish olib borish doimo ustuvor vazifa bo‘lib kelgani ko‘plab misollar orqali ko‘rsatib berilgan.
Asar muallifi barcha davrlarda, har qanday bosqin va istilolarga qaramasdan, ham ota-bobolarimiz og’ir va murakkab sharoitlarda o‘zligini yo‘qotmasdan, ma’naviy hayot mezonlari, axloq-odob qoidalariga amal qilib, komillik sari intilib yashagani va muvaffaqiyatga erishganini alohida qayd etadi. Bu borada jahon xalqlari tarixidan, ayniqsa, Yaponiya va Janubiy Koreya mamlakatlari hayotidan ibratli misollar keltiradi. Shuningdek, zo‘ravon va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘ysundirmoqchi, uning boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinishi haqidagi tarixiy haqiqatdan xulosa chiqarishga da’vat qiladi.
Milliy tarbiyaning manbai - milliylik! «Millat», «milliylik», «milliy g’urur», «milliy odob», «millat-lararo muloqot madaniyati» tushunchalarining o‘zagini arabcha «mil» so‘zi tashkil qiladi. Bu so‘z arabchada «o‘zak», «tub mohiyat», «negiz» ma’nolarini anglatadi. «Millat» so‘zi esa bir necha ma’noni: 1) din: mazhab; 2) ummat: bir mazhabga mansub aholi; 3) xalq ma’nolarini anglatadi.
Millat kishilarning jips tarixiy birligi, umumiqtisodiy turmush, til, huquqd birligi, madaniyat, ong, ruhiyat uyg’unligi va mushtarakligi demakdir. O‘z davlatisiz, o‘z qiyofasiga ega bo‘lmagan millat yo‘q. Millatning metindek jipsligi davlatning qudratiga bog’liq va aksincha, millatning metindek jipsligi davlatning qudrati darajasini belgilaydi. Millat va davlat tushunchalarini bir-biridan ayirgan holda ta’riflab bo‘lmaydi. Millat faqat bir halq vakillaridangina iborat tarzda shakllanmaydi. Hozirgi o‘zbek millatining tarkib topishida barcha turkiy qabila va urug’lar, olis o‘tmish, tarixdan ilgari zamonlardan boshlab Turon zaminda yashab kelayotgan ajdodlarimiz shuningdek qadim Sug’d eli, Xorazm eli va boshqalar ham ishtirok etganlar. Bu hol tilimiz, dilimiz, qiyofamiz, urf-odatlarimiz, turmush tarzimiz, madaniyat, san’at, adabiyot, va me’morchiligimizda, borinki, mehnat qurollarida ham o‘z aksini topib turibti.
“Millat, bir so‘z bilan aytgan ma’naviyat birligidir. Ma’naviyat – davlat asosi, davlat esa ma’naviyat suyanchig’idir”1 – degan edi mamlakatimizning yirik olimlaridan biri Abduqahhor Ibrohimov.
«Millat», «milliylik» tushunchalarining talqini bilan tanishar ekanmiz, ularning g’arbona va sharqona tarzlari bor ekanligini ko‘ramiz. Aniqrog’i, g’arbiy talqin xristian, sharqiy talqin esa islomiy o‘zaklarga borib tutashadi. Ya’ni Ovrupa xalqlari tillariga «millat» tushunchasi lotincha «paio» - qabila, xalq sifatida xristian dini bilan birga kirib kslgan bo‘lsa, Osiyoga esa islom ta’limoti orqali yuqoridagi uch xil ma’noda kirib kelib singdi.
«Tarbiya» so‘zi «milliy tarbiya» tushunchasining tarkibiy qismi bo‘lganligi tufayli bu tushunchaga ham yangicha yondoshgan hodda, xolis ilmiy-pedagogik ta’rif ber-moq kerak. Arabcha «tarbiya», «tarbiyat» so‘zlari 1) parvarish qilmoq; ta’lim bermoq; o‘rgatish; odob o‘rgatish; 2) navozish, mehribonlik ko‘rsatish: ko‘z-quloq bo‘lish; himoya qilish kabi ko‘p qirrali mazmunga ega. «Tarbiyachi» esa shu ko‘p qirrali tarbiyaviy faoliyatni amalga oshiruvchi odam, demakdir. Demak, milliy tarbiyaning lug’aviy ma’nosini «yosh avlodlarni o‘z xalqiga xos milliy fazilatlar namunasida shakllantirish, ta’lim bermoq» sifatida aniqlash mumkin.
Iudaizm, xristianlik, budda va islom dinlari - o‘ziga xos tarbiya manbaidirlar. Shu nuqtai nazardan milliy tarbiyaning mohiyatini diniy unsursiz mukammal deb bo‘lmaydi. Chunki har bir din, payg’ambarning vazifasi - odamlarni tarbiyalash, ba’zida esa, qayta tarbiyalashdan iborat bo‘lib kelgan. Masalan, xristian pedagogik falsafasi «dindan ajratilgan ta’lim-tarbiya ma’naviyatdan ayrilishga, ta’lim-tarbiyadan ajratilgan din esa xurofotga aylanishga mahkumdir» deb hisoblaydi. Shu bilan birgalikda xristian ruhoniylari axloqiy qadriyatlarning e’tiborsizlana borishi tufayli «hamma narsani sotish va sotib olish mumkin» bo‘lib qolganligi, «mening vatanim boshqa erda» deguvchi vatan taqdiriga befarqlik namunalarini, pornografiya tashkilotchilarini tanqid qilib, o‘z hukumatla-riga ma’rifiy yordam bermoqdalar».
Budda diniy ta’limotida ham odamlar orasida o‘zaro hamkorlikka da’vat qilinib, milliyliklarga demokratik, tolerant yondashuvga amal qil, boshqalarning e’ti-qodlarini qoralama, deyiladi. Budda dini o‘ziga mansub kishidan o‘z qobiliyatlarini mutanosiblashtirishni, intizomlilikni, xotirjamlikni, chiroyli so‘zlab, chiroyli xulqqa ega bo‘lishni, uyg’unlikni, o‘zidagi salbiy kuchni chidam va hamdardlik orqali bartaraf qilishni, o‘z-o‘zini tarbiyalashni talab qiladi. Chunki «Inson yaxshilikning mohiyatini chuqur tushunib, his qilsagina, u yaxshilikka qodir bo‘la oladi», deb uqtiradi buddizm falsafasi.
Milliy tarbiyaning metodologik asoslarini aniqlashda, uni har tomonlama talqin qilishda sotsiobiologiya erishgan natijalar katta ahamiyatga ega. Biologiya fanining bu yo‘nalishi 1975 yili amerikalik entomolog E.Uilsonning «Sotsiobiologiya: yangi sintez» nomli kitobidan boshlanib, ilmiy davralarda katta qiziqish uyg’otdi. Sotsiobiologiyaning bosh maqsadi - inson hayotining turli jabhalarini tadqiqot qilishga qodir bo‘lgan yangi - omuxta fan yaratishdir. «Koinotda ongli jonzotlar ichida ikki intellektual irq - eydilonlar va ksinedrinlar bor, deb faraz qilaylik, - deb yozadilar Ch.Lamzden va E.Uilson. - Eydilonlar - organik mashinalar bo‘lib, ulardagi tafakkur va xulq-atvor dasturlashtirilgan. Ksinedrinlar ongi esa, toza yozuv taxtasiga monand. Ularning tafakkurida yarsiy determinatsiyaning izlari ham yo‘q, ya’ni ksinedrinlar tafakkuri, xulq-atvori tashqi muhit tomonidan dasturlashtiriladi. Eydilonlar yo‘li madaniyat ta’sirida kechadi. Er kurrasidagi odamlar alohida - uchinchi yo‘lga egadir. Bu yo‘lning mohiyati, sotsiobiologlarning fikricha, irsiy omillardan madaniy omillarga va aksincha ro‘lib o‘tadigan doimiy o‘zgarishlardadir». Sotsiobiologiya inson ustidan hukmronlik qiluvchi barcha kuchlarning eng qudratlisi va murakkabi - ishonch, e’tiqod, deb biladi. «E’tiqod ijtimoii xatti-harakatlarning universal tartibotlaridan bo‘lib, har bir jamiyatda uni (namoyon bo‘lish shakliga qarab) tezda qayd qilish mumkin... Lekin inson bu unsurdan din va marksizm orasidagi qarama-qarshilik tufayli voz kechishga majbur bo‘ldi. E’tiqodsizlik esa odamlarda milliy qadriyatlarning yo‘qolishiga, arzimas narsalarni qimmatli narsa deb, haqiqiy kimmatga ega bo‘lgan narsalarni esa erga urishga olib keldi», - deb hisoblaydi. «Inson haqidagi yangi fan» -sotsiobiologiya. Ko‘rinib turganidek, ushbu yangi fanning e’tiqod va uni shakllantirish haqidagi qarashlari o‘quvchilarimizda milliy g’oyaga asoslangan istiqloliy e’tiqodni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega1.
Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki, ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi.
O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz:
- Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash lozim;
- Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik kerak;
- Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan, kattalardan yuqishini unutmaslik kerak;
- O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslikdir;
- Zaminsiz giyoh o‘smaganidek, bolada ham sababsiz nosoz xulq paydo bo‘lmaydi;
- Boladagi iste’dod biz tarbiyachilardan alanga kutadi, agar biz uni alangalata olsin, u porlab nur bo‘ladi;
- Majlisni boshqara olish ham o‘ziga xos bir san’at bo‘lib, u kishining yoshligidagi jamoatchilik faoliyatining mevasidir;
- Bog’u-rog’larni rang-barang ko‘rkam daraxtlar, daraxtlarni esa zumrad yaproqlar bezaganidek, utsni bola, bolani esa ilmu hunar, odobi axloq bezaydi;
- Har qandan imkoniyating bo‘lsa ham, bola uchun boshqa bolalardan o‘zini ustun qo‘yishga sabab bo‘ladigan imtiyozlar berishdan saqlanish lozim;
- Bolaga ajoyib tarbiya bersang, u senga umr qo‘shadi, aks holda umringni qirqadi;
- Bolada yuqori nafosat bo‘lishi uchun, avvalo, uni o‘rab turgan muhit go‘zal bo‘lishi, bola esa tayyor go‘zallikning shunchaki tomashabini emas, balki go‘zallik bunyodkori bo‘lishi lozim;
- Bola kamolatidagi eng muhim narsa har bir ishni qilishdan oldin uning oqibatini o‘ylashga odatlantirishdir, chunki pushaymon kaltabinlik hosili;
- Davr bizni kechagi hayotga undayotgan va tezroq odim tashlashga qistayotganligini yosh avlod his etmog’i lozim;
- Bolaning iste’dodini namoyon qilish uchun ham iste’dod kerak;
- Tabiat ham o‘ziga xos tarbiyachi. U o‘z nihollarini bazan sovuq bo‘ronlarga, jazirama issiqqa ham o‘rgatadi. Vaqti-vaqti bilan billur tomchilari bilan ohista yuvadi, muloyim shabadasi bilan ohista silab-siypab erkalaydi.
- Hayotning murakkab, tugunli masalalari bo‘ladi. Fahmu-farosat bilan ularni topib, echa bilish uchun kishi bolalikdan bilim va malaka hosil qilishi kerak;
- Bolada hayotni, borliqni kuzatuvchanlik bo‘lmasa, u berahm va befarosat bo‘lib qoladi. Shuning uchun ham uning kuzatuvchanligini shakllantirish lozim;
- Bolaning mehmon huzurida o‘zini qanday tutishi oiladagi bola tarbiyasining bir ko‘zgusi;
- Oilaning iqboli-istiqboli, har jihatdan to‘g’ri rivojlangan xulqi zebo farzanddir;
- Modomiki, xonadonda o‘zaro ishonch yo‘qolib, qulf-kalit qilish zarurati tug’ilgan ekan, bu bolalarni to‘g’rilik, halollik ruhida tarbiyalash masalasi diqqatdan chetda qolganligidan nishona;
- Hayotni kuzatuvchi bola ko‘p hosil beradi. Oqilona javob berish uning zohnini barkamol qiladi;
- Oila va maktab quchog’ida ilmu odob, aqlu hunar va riyozat libosi bilan bezangan sog’lom bola qanotli qush kabi hayot bo‘stonida dadil parvoz qila oladi.;
- Bolangiz hayotda o‘z o‘rnini topa bilmagan ekan, bu sizning uni hayotga tayyorlashga va iqbol-istiqboliga beparvoligingizdan nishona;
- Bolaning tamizli yoki betamiz bo‘lishi ham ko‘p jihatdan biz, tarbiyalarning aqlu zakovatimizga, fahmu farosatimizga bog’liq;
- Agar bizdan ta’lim va tarbiya olgan shogirdlarimiz davr talabiga munosib bo‘lsa, ular bizning iftixorimiz;
- Keksalikda avlodga o‘rnak bo‘lishning zamiri ham yoshlikdan boshlanadi;
- Biz yoshlarni tarbiyalashda o‘zimiz yashab o‘sgan muhit bilan hozirgi sharoitning farqini ko‘zda tutib ish ko‘rishimiz lozim. Chunki ularning kamolatiga ta’sir ko‘rsatuvchi xabarlar beqiyos ko‘p va serqirradir.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturini ro‘yobga chiqarishning birinchi bosqichi (1997-2001)da ta’lim oluvchilarning madaniy va ma’naviy-axloqiy saviyasi sifatiga qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy qilish ko‘zda tutildi. Bu - bevosita yangi fazilatlar, yangi mezonlar, yangi talablar masalasi demakdir.
Tabiat va jamiyatda har bir predmet, hodisa muayyan ilmiy ta’rifga ega. Xuddi shuningdek, milliy istiqloliy fazilatlarning ham muayyan ta’rifini anglamay turib, ularni shakllantirishga kirishishning samarasi bo‘lmaydi. Shu bois milliy tarbiyaviy fazilatlarning lug’aviy, etimologik mazmunlaridan kelib chiquvchi pedagogik ta’rifi aniqlanishi lozim.
Tarbiya nazariyasida yangi tushunchalarning paydo bo‘lishi ijtimoiy, madaniy, siyosiy, mafkuraviy hayotda ro‘y bergan o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Milliy mustaqillik pedagogika - tarbiya haqidagi fanda ham keskin islohotlar zaruratini paydo qildi. Bu esa, o‘z navbatida, sovet tarbiya nazariyasida o‘rganilmagan «o‘quvchinqng milliy g’ururi», «O‘zbekiston o‘quvchisining vatanparvarligi», «o‘quvchining milliy odobi», «o‘quvchi milliy vijdoni», «o‘quvchining millatlararo muloqot madaniyati», «o‘quvchining milliy mafkuraviy ongliligi» kabi fazilat mezonlarini ilmiy asoslashni talab qiladi. Zero bu:
- zamonaviy pedagogika fanining modellashtirish
usulini samarali qo‘llash;
- tarbiya uslubiyati, texnologiyasi bo‘yicha pedagogika qo‘lga kiritgan ilmiy yutuqlardan foydalanish;
- jahon tarbiyaviy tajribalari namunalariga asoslanish;
- milliy tarbiyaviy fazilatlarning O‘zbekistonning
o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li talablaridan kelib chiqib belgilash;
- mezonlar mazmunida milliylik, ajdodlarga, zamondoshlarga hurmat, madaniy vorislik tamoyillarini saklash, rag’batlantirish;
- sistemalilik, komplekslilik, yaxlitlik, funktsionallik, shaxsiy xususiyatlarga asoslanuvchi yondashuvlar uyg’unligiga erishish uchun imkon yaratadi.
O‘quvchining o‘z faoliyatida, tuyg’uhissiyoti va boshqalarga qiladigan munosabatida namoyon bo‘ladigan sifatlari, xislatlari uning hayotda ko‘zlagan maqsadlari, niyatiga qarab yo ijobiy, yo salbiy mazmun kasb etadi. Shu sababli milliy tarbiyalanganlik mezonlarini belgilashda o‘quvchilar xulq-atvori, niyatining ijtimoiy ma’naviy yo‘naltirilganligiga e’tibor berildi1.
Milliy tarbiyalanganlik mezonlari o‘quvchi shaxsining milliy xususiyatga bsvosita aloqador bo‘lgan fazilatlari va uning o‘zaro aloqadorligi (milliymadaniy determinizm) tamoyilidan kelib chiqib asoslandi. Buni quyidagicha sharhlash mumkin. O‘quvchining «milliy g’ururi», «milliy odobi», «milliy mafkuraviy ongliligi», «millatlararo muloqot madaniyati» tushunchalari milliy o‘zakka ega. Ya’ni, qandaydir mavhum «g’urur», «mafkura», «odob», «muloqot madaniyati» emas, balki muayyan xususiyatga egaligi e’tirof etiladi. Ushbu fazilatlardagi milliylik o‘quvchining milliy o‘zligini anglash jarayoni bilan bevosita bog’lanadi. Natijada, yosh avlodning milliy tuyg’usi stixiyali emas, balki milliy istikdol maqsadlariga, yaratuvchilik maqsadlariga yo‘naltiriladi, xizmat qildiriladi. Bu - milliy g’ururni millatchilikdan, mahalliychilikdan, o‘z xalqiga befarqlikdan, manqurtliqdan himoya qiladi.
O‘zbekiston vatanparvarligi o‘zbek o‘g’il-qizlaridan alohida fidoyilikni, mas’uliyatni, Vatan taqdiriga ongli muiosabatni talab qiladi. Milliy vijdoniylik esa universal xususiyatga ega bo‘lib, yuqoridagi (milliy tuyg’uga bevosita bog’lanuvchi) fazilatlarni shakllantirishning ishonchli kafolatini, ya’ni, bilim - so‘z – xatti-harakat (amal qilish) birligini ta’minlaydi, nazorat qiladi
Aslini olganda, ma’naviyat va madaniyat bir-biriga yaqin tushunchalardir. Ammo ular bitta narsa emas, biri ikkinchisidan farq qiladi. Shuning bilan birga ular bir-birini to‘ldirib turadilar.
Madaniy va ma’naviy meros haqida ham shunday deyish mumkin. Shu sababdan darsni avvalo madaniyat va uning turlarini tahlil etishdan boshlamoq maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. Chunki, madaniyatni, xususan ma’naviy madaniyatni bilmasdan, o‘rganmasdan turib, ma’naviy meros to‘g’risida gapirish ancha mushkul, inchunun ma’naviy meros ma’naviy madaniyat doirasiga kiradi.
Shunday ekan madaniyat nima? Madaniyat tushunchasini izohlashga bag’ishlangan ko‘p ilmiy adabiyotlar mavjud. Madaniyat tushunchasiga berilgan ta’riflar soni 260 tadan oshib ketgan. Mualliflar bu tushunchaga har biri o‘z nuqtai-nazaridan yondashadilar. Bunga sabab, madaniyatning ko‘p qirrali, murakkab, ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligi, uning inson va jamiyat hayotining barcha qirralarni qamrab olganligidir. Madaniyatga berilgan ta’riflarda mualliflarning fikrlarini umumlashtiruvchi tomonlar mavjud. Shu jumladan, ularni umumlashtiradigan bo‘lsak, madaniyat - bu kishilar faoliyatining jamiyat iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy hayoti sohasida yaratgan, o‘zlarining ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqargan moddiy va ma’naviy boyliklar tizimini bildiradi1. Ko‘rinadiki, madaniyat insonning moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratish va o‘zlashtirishdagi faoliyatini ifodalaydi. U inson aql-idroki, iste’dodi va mehnati mahsulidir. Yuqorida aytilganidek, madaniyat juda murakkab ko‘p qirrali ma’naviy-ijtimoiy hodisa bo‘lib, ijtimoiy hayotning moddiy-texnik, iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va boshqa sohalarni, inson mehnat faoliyatining barcha samaralarini o‘zida qamrab oladi. Sirasini aytganda, xalq ommasi tomonidan yaratilgan hamma moddiy va madaniy-ma’naviy boyliklar madaniyatga kiradi. Madaniyat deyilganda, mehnat qurollarini yaratish va ulardan foydalanish, fan-texnika yutuqlari va ularni ishlab chiqarishga joriy qilish, kishilarning ishlab chiqarish va ijtimoiy ko‘nikmalari, mehnatni ijtimoiy tashkil etish, salomatlikni saqlash ishini yo‘lga qo‘yish, aholi o‘rtasida bilimlarning yoyilish darajasi va ma’lumot, umumiy, umumiy majburiy va oliy ta’limni amalga oshirish, adabiyot va san’at asarlari, ijtimoiy, falsafiy, diniy g’oyalar va shu kabilar nazarda tutiladi. Ko‘rinadiki, madaniyat odamzod aql-idrokining eng yuksak cho‘qqilarigacha bo‘lgan narsalarning hammasini qamrab oladi. U inson faoliyatining faqat moddiy natijalarinigina emas, shu bilan birga kishilarning mehnat jarayonida voqe’ bo‘ladigan bilim boyliklari, tajribalari, qobiliyatlari, ishlab chiqarish va kasb malakalari, o‘zaro munosabatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Jamiyat moddiy ishlab chiqarishining ikki amaliy turi - moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishga qarab madaniyat ham yirik ikki turga moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘linadi. Moddiy madaniyat deganda mehnat qurollarini, mehnat ko‘nikmalarini, shuningdek ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan va moddiy hayot uchun xizmat qiladigan inson tomonidan yaratilgan barcha moddiy boyliklarni anglaymiz. Moddiy madaniyatga moddiy boyliklarning butun majmui, ularni ishlab chiqarish vositalari: ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan texnika, texnologiya, texnik inshootlar, ijtimoiy mehnatni uyushtirish shakli, qurilish va dehqonchilikni yo‘lga qo‘yish va boshqalar kiradi. Shularga qarab, moddiy madaniyatni bir qator turlarga bo‘lamiz. Chunonchi, ishlab chiqarish va texnika madaniyati, dehqonchilik madaniyati, mehnatni tashkil etish madaniyati, injenerlik madaniyati, pazandachilik madaniyati va boshqalar.
Madaniyatning ikkinchi turi - bu ma’naviy madaniyatdir. Ma’naviy madaniyatga insonning aqli va ma’nan yaratuvchanlik faoliyatlari va ularning natijalari kiradi. Ma’naviy madaniyat fan, falsafa, san’at, adabiyot, axloq, din, huquq, siyosat, maorif, ma’rifat va hakozolar yig’indisidan tashkil topadigan insonning tashqi va ichki ma’naviyati, ruhiyati olamidir.
Ma’naviy boyliklar olimlar, musavvirlar, bastakorlar, shoir va yozuvchilar, nazariyotchilar, xullas, xalq tomonidan yaratiladi. Ma’naviy madaniyatni yaratish, o‘zlashtirish va rivojlantirish jarayonida jamiyat taraqqiy etadi, mehnat unumdorligi ortadi, ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanadi, kishilarning ma’naviy qiyofasi shakllanadi, axloq odobi, did va farosati, estetik zavqi, ijodiy kuchi va qobiliyatlari taraqqiy etadi.
Umuman kishilik jamiyatini madaniyatsiz, xususan ma’naviy madaniyatsiz tasavvur qilish qiyin. Jamiyat, inson bor ekan u ma’lum madaniyatga ega, busiz bo‘lishi mumkin emas.
Madaniyatning barcha turlari dialektik birlikda, o‘zaro aloqadorlikdadir. Moddiy madaniyatni ma’naviy madaniyatdan batamom ajratib qarash mumkin emas. Moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida moddiy va ma’naviy madaniyat organik ravishda birikadi. Birorta mehnat qurolini, moddiy boylikning biror turini inson aql-idrokisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo‘lmaydi. Boshqacha qilib aytsak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ham ma’naviyat yotadi. Har qanday moddiy va ma’naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma’naviy madaniyat voqe’likni badiiy aks ettirish va o‘zlashtirish vositasidir.
Madaniyatni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lish bilan cheklanib qolmaslik kerak. Madaniyatga kishilarning bir-biriga munosabatlari, oila, maktab, oliygoh, korxona, tashkilotlar, muassasalardagi o‘zaro munosabatlari ham kiradi.
O‘qituvchi moddiy va ma’naviy madaniyat haqida so‘zlar ekan, talabalar diqqatini umuman madaniyat, xususan ma’naviy madaniyatni rivojlanish qonuniyatlariga tortishi joizdir.
Madaniy taraqqiyotning umumiy qoidalaridan biri uning to‘xtovsiz ravishda boyib borishi va rivojlanishidan iborat. Jamiyat rivojlanib borishi bilan madaniyat ham sifat jihatidan o‘zgaradi. Bu degan so‘z, jamiyatning taraqqiy etishi madaniyatning o‘zgarishini talab qiladi, madaniyatning yangilanishi esa o‘z navbatida jamiyatning taraqqiy qilishiga sabab bo‘ladi.
Jamiyat taraqqiyotining har bir yangi bosqichi oldingi jamiyatning madaniy yutuqlarini zaruriy ravishda meros qilib oladi, uni qayta ishlaydi, undan ijodiy foydalanadi, uni yangi yuqori bosqichga ko‘taradi. Insoniyat tomonidan yaratilgan eng yaxshi va qimmatli narsalar, moddiy va ma’naviy boyliklar yangi tarixiy sharoitda o‘zlashtiriladi, qayta ishlanadi va rivojlantiriladi. Shu o‘rinda o‘qituvchi talabalarga, har bir avlod o‘zi uchun maxsus yangi moddiy baza tashkil etmasligini, ilm-fan va madaniyatni yangidan yaratmasligini, balki o‘zidan oldingi avlodlar tomonidan yaratilgan moddiy va ma’naviy madaniyatdan meros sifatida foydalanishini aytib o‘tishi lozim.
Madaniyat - umuminsoniy hodisa. U barchaga baravardir. Masalan, maqomlar, adabiyot, me’morchilik durdonalari, fan-texnika yutuqlari, transport va aloqa vositalari barchaga tegishlidir. Xuddi shuningdek ma’naviy madaniyat ham milliy va umuminsoniy bo‘ladi.
Milliy ma’naviyat, madaniyat tarixiy hodisa sifatida bir kunda, bir yilda, balki bir asrda ham mukammal shakllanmaydi. O‘rta Osiyo xalqlari ma’naviy va madaniyat tarixining ibtidosi asrlar qa’riga singib ketgan bo‘lib, ularning necha ming yillik ma’naviy kamolot pillapoyalarini bosib o‘tganligini aniqlash bugun uchun anchayin murakkab muammo.
Boshqacha qilib aytganda, bugungi ayrim saltanatlar ahli qabila-qabila bo‘lib yashagan zamonlarda bizning muborak zaminimizda ilmu fan barq urib yashnagani, tabiiy ilmlar, xususan, tibbiyot, matematika, astronomiya kabi fanlar madrasalarda o‘qitilgani, ilmiy akademiyalar tashkil etilib, mag’ribu mashriqqa nom taratganini eslasak va bundan har qancha g’ururlansak arziydi.
O‘tmishda xalqimiz ma’naviy madaniyatning uzviy qismi bo‘lgan dini islomni rivojlantirishga ham o‘zining munosib hissasini qo‘shgan. Dunyoda eng mashhur hadisshunoslar oltita bo‘lsa, shulardan to‘rttasi bizning diyorimizdan chiqqan. 1998 yilda esa Imom al Buxoriy tavalludining 1225 yilligi bizning yurtda va butun islom dunyosida keng nishonlangan bulsa, 2000 yilda imom al-Moturudiy tavalludining 1130 yilligi, Burxoniddin Marg’inoniy tavalludining 910 yilligi nishonlandi.
Oilaning ma’naviy-axloqiy rivojlanishi, uning yo‘nalishlari va ustuvorliklari mutaxassislar va jamoatchilikning doimiy diqqat-e’tiborini talab qiladigan dolzarb muammolardir. Ularni tizimli sotsiologik tahlil qilish yo‘li bilan aniqlash mamlakatning o‘sib kelayotgan avlodini kamol toptirishda oilaning ijtimoiy rolini aniqlash, O‘zbekiston jamiyatining iqtisodiy va madaniy rivojlanishning jadallashtirishda oilaning tarbiyaviy va ma’naviy salohiyatidan foydalanishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash imkonini beradi.
Hozir nafaqat bizda balki jahondagi barcha demokratik dunyoviy davlatlarda oilani mustahkamlash, tarbiyani yaxshilash, xotin - qizlar, bolalarning huquqlarini himoya qilish, jismoniy va ma’naviy sog’lom avlodni tarbiyalash masalalariga e’tibor qaratishmoqda. Mashhur jadidchilarimizdan Abdurauf Fitrat shunday degan: «Har bir oilaning saodati va izzati shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog’liq. Tinchlik va totuvlik esa millat oilalarining intizomiga tayanadi, mamlakat va millatlar ham shuncha kuchli bo‘ladi. Agarda bir mamlakatning aholisi axloqsiz va johillik bilan oilaviy munosabatlarni zaiflashtirib yuborsa va intizomsizlikka yo‘l qo‘ysa shunda bu millatning saodati va hayoti shubha ostida qoladi».
Sotsiologik tahlil ma’lumotlari oila manfaatlari uchun ish olib borishning kompleks ilmiy printsiplarini ishlab chiqish manbai bo‘lib xizmat qilishi mumkin. «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o‘rganish markazi O‘zbekistonda zamonaviy oila holatining sotsiologik monitoringini muntazam ravishda o‘tkazib keladi. Tadkiqot doirasida respondentlarga jamiyatda oilaning ijtimoiy roli, insonning ma’naviy kamolotiga uning ta’siri, televidenie, o‘quv yurtlari, teatrlar singari boshqa omillarning fuqarolarimizning ma’naviy qiyofasiga ta’siri to‘g’risida o‘zbekistonliklarning fikrini aniqlashga yo‘naltirilgan savollarning keng doirasi berildi.
Tadkiqot respondentlarning oilaning ijtimoiy funksiyalari haqidagi tasavvurida yuqorida sanab o‘tilganlarning asosiylari o‘z aksini topishini ko‘rsatdi. Televidenie va hokazo omillar oila salohiyatining ijtimoiy, biologik va madaniy mazmui-mohiyatini amalga oshiradi. «Sizning fikringizcha, oila jamiyatda qanday vazifani bajaradi?» degan savolga javob berar ekan, o‘zbekistonliklarning mutlaq ko‘pchiligi (70,6 foiz) ijtimoiy tarbiya va ma’naviyat sohasida oilaning ustunlik qiluvchi
rolini qayd etishdi. Ular orasida so‘rab chiqilganlarning
40,4 foizi oila - bu jamiyatning ma’naviy asosi deb hisoblaydi, 30,6 foizi esa uni inson shaxsini tarbiyalashniig negizi deb belgilaydi.
Go‘dak dunyoga kelganida, issiqdan, sovuqdan, tashqi mexanik ta’sirlardan o‘zini xavfsiz qilish,saqlash, himoya qilishni bilmaydi. O‘zini o‘zi himoya qilishning shartli reflekslari asta-sekin, ulg’ayish davomida paydo bo‘ladi. Natijada balog’atga etgach, o‘spirin o‘zini o‘zi himoya qilishning barcha ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.
Xulosa
Odamning ma’naviyatiga tahdid soladigan xavflar va ulardan o‘zini ongli himoya qilish ko‘nikmalari ta’lim-tarbiya, ota-onalar o‘gitlari, yaxshilik va yomonliklarni ko‘rishi va bilishi jarayonida shakllana boradi. Bolaga ilk yoshidan boshlab nima yaxshi, nima yomon, ularga qanday munosabat bildirish kerak, degan savollarga asoslangan bog’cha, maktab tarbiyasi, undan keyin ijtimoiy tarbiya yo‘lga qo‘yilsagina har bir millat sog’lom, ishonchli, mustahkam immunitetga ega bo‘ladi. Immunitet esa o‘z navbatida odamni to‘g’ri yo‘ldan «ozish»dan, turli yo‘llarga adashib, keyin pushaymon bo‘lishlardan, baxtsizlikdan, millatni esa - parokandaliklardan, parchalanishlardan, sinfiy, mahalliy yoki boshqa bo‘linishlardan asrab turadi. Demak, mafkuraviy immunitet - davlat va millatning ma’naviy birligi, ma’naviy sog’lomligini himoya qiluvchi g’oyaviy qalqon vazifasini bajaradi. Shuning uchun ham Prezident Islom Karimov «Farzandlarimiz yuragida ona Vatanga, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sog’lom munosabatni qaror toptirishimiz, ta’bir joiz bo‘lsa, ularning mafkuraviy immunitetini kuchaytirishimiz zarur»ligi haqidagi fikrni alohida ta’kidlaganlar.
«Immunitet» so‘zining ma’nosi O‘zbekiston milliy entsiklopediyasida quyidagicha berilgan: (lot. - biron narsadan xalos, ozod bo‘lish, qutulish) - tirik mavjudotlarning o‘z butunligi va biologik noyobligini buzuvchi yot omillardan himoyalanishi, qarshilik ko‘rsatishi, rezistentligi. Yot omillarga bakteriya va ularning toksinlari, viruslar, zamburug’lar, sodda jonivorlar, gelmintlar, ko‘chirib o‘tkazilgan a’zo va to‘qimalar, organizmning o‘zgargan o‘z hujayralari (mas., o‘smasimon hujayralar) va b. kiradi. Bu omillar organizm uchun irsiy begona bo‘lgan kimyoviy agentlar – antigenlarni tutib qoladi2.
Organizmni infektsion agentlar va boshqa yot moddalardan himoya qilish omillari tabiati bo‘yicha uchga bo‘linadi:
Birinchisi. Filogenetik immunitet - anatomik va fiziologik belgilar bilan ta’minlanib, nasldan-naslga o‘tadigan nomaxsus himoya omillari yoki organizmning nomaxsus rezistentligi. Bu omillar patogen agentlar bilan birinchi bo‘lib aloqa qiladi, shuning uchun ularning faoliyati hisobiga odam organizmining ko‘pgina yuqumli kasallik qo‘zg’atuvchilarga chidamliligi ta’minlanadi.
Ikkinchisi. Tug’ma immunitet (turga xos, tabiiy) – bir biologik turning ma’lum bir patogen agentga nisbatan chidamliligi bo‘lib, nasldan-naslga o‘tadi.
Uchinchisi. Orttirilgan immunitet – hayot davomida organizm immun sistemasining yot antigenlar bilan ta’sirlashuvi hisobiga yuzaga keladigan himoya bo‘lib, nasldan-naslga o‘tmaydi.
Mafkuraviy immunitet ma’naviy, ma’rifiy, siyosiy, iqtisodiy bilimlarni oddiygina qabul qilib olishini emas, balki ularni ongli ravishda tushunib etishni, bu bilimlardan zamonaviy ijtimoiy voqealarga mafkuraviy kurashlar voqeligidan kelib chiqib, munosabat bildirish ko‘nikmalarini shakllantirish, ayrim nosog’lom g’oyalarga javob berish, uni qabul qilmaslik holatidir.
«… Ana shunda johil aqidaparastlikning «da’vati» ham, axloqni rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g’oyalar ham o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi»3. Mafkuraviy immunitet o‘z-o‘zidan namoyon bo‘lmaydi. Uning namoyon bo‘lishi uchun ichki yoki tashqi g’oyaviy, fikriy ta’sir bo‘lishi kerak. Inson qarshisida yangi, notanish g’oya, taklif turganida, yoki ikki yo‘ldan birini tanlashga to‘g’ri kelganida ularni o‘z manfaatlari “ko‘rigi”dan o‘tkazadi. Uning o‘sha paytdagi manfaatlariga ko‘proq mos kelgan, boshqa g’oyalar, takliflarni enggan g’oya endi uning harakatlarini boshqara boshlaydi. Masalan, Davron kechqurun “Internet sinfi”ga borib, mutaxassisligi bo‘yicha yangiliklarni to‘plamoqchi edi. Shunda kursdosh o‘rtog’i Bahodir uning xonasiga kirib, unga diskotekaga borishni, spirtli ichimliklar bilan hordiq chiqarishni taklif qildi. Davron unamadi, Bahodir ham bo‘sh kelmay, uni astoydil ko‘ndirishga kirishdi, qiziqtira boshladi. Davronning bugun kechqurunga mo‘ljallangan niyati, kichik “g’oyasi”ning amalga oshishi xavf ostida qoldi. Mana shu tipik vaziyatda ham o‘ziga xos g’oyalar kurashining kichik namunasi mujassam. Davronning Internet sinfida ishlash, bilimini oshirish niyati, qarori, g’oyasi mustahkam bo‘lsa, u ushbu g’oyasini himoya qiladi. Natijada Bahodir da’vat qilayotgan diskotekaga borish g’oyasi engiladi. Davron o‘zining kasbiy, ilmiy karerasi yo‘lida yana bir qadam oldinga ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |