“Insert” metodi.
Metodning maqsadi:
Mazkur metod o‗quvchilarda yangi axborotlar tizimini
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
98
qabul qilish va bilmlarni o‗zlashtirilishini yengillashtirish maqsadida
qo‗llaniladi,
shuningdek, bu metod o‗quvchilar uchun xotira mashqi vazifasini ham
o‗taydi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
o‗qituvchi mashg‗ulotga qadar mavzuning asosiy tushunchalari
mazmuni yoritilgan input-matnni tarqatma yoki taqdimot ko‗rinishida
tayyorlaydi;
yangi mavzu mohiyatini yorituvchi matn ta‘lim oluvchilarga
tarqatiladi yoki taqdimot ko‗rinishida namoyish etiladi;
ta‘lim oluvchilar individual tarzda matn bilan tanishib chiqib, o‗z
shaxsiy qarashlarini maxsus belgilar orqali ifodalaydilar.
4.
“Tushunchalar tahlili” metodi
Metodning maqsadi:
mazkur metod o‗quvchilar yoki qatnashchilarni mavzu
bo‗yicha tayanch tushunchalarni o‗zlashtirish darajasini aniqlash, o‗z bilimlarini
mustaqil ravishda tekshirish, baholash, shuningdek, yangi mavzu bo‗yicha dastlabki
bilimlar darajasini tashxis qilish maqsadida qo‗llaniladi.
Metodni amalga oshirish tartibi:
ishtirokchilar mashg‗ulot qoidalari bilan tanishtiriladi;
o‗quvchilarga mavzuga yoki bobga tegishli bo‗lgan so‗zlar,
tushunchalar nomi tushirilgan tarqatmalar beriladi ( individual yoki guruhli
tartibda);
o‗quvchilar mazkur tushunchalar qanday ma‘no anglatishi,
qachon, qanday holatlarda qo‗llanilishi haqida yozma ma‘lumot beradilar;
belgilangan
vaqt
yakuniga
yetgach
o‗qituvchi
berilgan
tushunchalarning to‗g‗ri va to‗liq izohini o‗qib eshittiradi yoki slayd orqali
namoyish etadi;
har bir ishtirokchi berilgan to‗g‗ri javoblar bilan o‗zining shaxsiy
munosabatini taqqoslaydi, farqlarini aniqlaydi va o‗z bilim darajasini
tekshirib, baholaydi. Interfaol metoddan foydalanish o‗qituvchilar hamda
o‗quvchilarga juda foydali bilim olish va bilim berishni kafolatlaydi.
Interfaol metoddan foydalanish jarayonida ta‘lim beruvchi: 1) o‗qituvchi,
boshqa o‗quvchilar, ma‘muriyat bilan shaxsiy uchrashuv yo‗li bilan emas, balki
ta‘lim jarayonining barcha subyektlari bilan faol o‗zaro harakat qilishi mumkin;
2) multimediali obyektlarni tahlil qilish jarayonida ularning mazmuni, shakli,
o‗lchovi va rangini o‗zgaruvchan boshqarish, ularni har tomonlama ko‗rib chiqish,
shunga o‗xshash boshqa harakatlarni bajarish, eng ko‗p ko‗rgazmalilikka erishishda
to‗xtatish va xohlagan joyida yana ishga tushirish mumkin.
3) ta‘lim oluvchiga muammoni faraz, vazifalarni ifodalashda yordam beradi
va tezkor boshqaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |