Annotation.
In this article, the teacher uses a variety of interactive methods to
teach students to develop students' knowledge and skills, and to make learning fun.
Lessons using SWOT-Analysis, Summary, Insert, and Concept Analysis methods
demonstrate pedagogical collaboration between student and teacher.
Key words:
―SWOT-analysis‖, ―Summary‖, ―Insert‖ and ―Concept analysis‖
methods.
Bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar samarasi -
yangicha g‗oyalar, zamonaviy bilimlar va metodikalarga asoslangan holda darslarni
olib boruvchi yuksak malakali kadrlarga bog‗liq. Kadrlarni tayyorlash esa avvalo
o‗qituvchi-murabbiylar zimmasiga yuklatilgan. Shu sababli, chuqur bilimga ega
bo‗lgan, zamonaviy o‗qituvchi-kadrlar taraqqiyotimizning muhim omili sifatida
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
95
qaralib kelinmoqda. O‗qituvchilarimiz bugungi zamon talablariga mos bilimlar
sohibi, yangilangan ta‘lim mazmunini va zamonaviy o‗qitish metodikalarini
mukammal egallagan bo‗lishlari zarur.
O‗qituvchi xodimlar o‗zlarining kasb-ko‗nikmalari va muallimlik
mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari shart. O‗zbekiston Respublikasi
Prezidentining
2017-yil
7-fevraldagi
O‗zbekiston Respublikasini yanada
rivojlantirish bo‗yicha harakatlar strategiyasi to‗g‗risidagi PF-4947-sonli farmonida
2017-2021-yillarda oliy ta‘lim tizimini kompleks rivojlantirish bo‗yicha ustuvor
vazifalardan biri pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluksiz
yuksaltirish ham eng muhim vazifalardan biri sifatida e‗tirof etilgan. Ushbu farmonda
mazkur tizimda ta‘lim sifati va samaradorligini kafolatlashga xizmat qiluvchi asosiy
omillardan biri – malakali pedagog kadrlarni tayyorlash uchun, avvalo, pedagogika
oliy o‗quv yurtlarida bo‗lajak o‗qituvchilarning pedagogik mahoratlarini
rivojlantirish masalasi o‗z yechimini kutayotgan eng dolzarb muammolar sirasiga
kiritilgan.
Uzluksiz ta‘lim tizimining asosiy bo‗g‗inlaridan biri bo‗lgan umumiy o‗rta
ta‘lim maktab o‗quvchilarini kasbga yo‗naltirish nafaqat ta‘lim mazmuniga, balki
kasblar haqida ma‘lumot berish, mazkur kasb taqozo etadigan bilim, malaka va
ko‗nikmalar, shuningdek, shaxsiy sifat va fazilatlarni shakllantirish nazarda tutiladi.
―Ta‘lim to‗g‗risida‖gi Qonun va ―Kadrlar tayyorlash milliy dasturi‖ Respublika
ta‘lim xodimlari zimmasiga o‗ta mas‘uliyatli vazifalar yuklaydi. Bu vazifani amalga
oshirish jarayoni o‗quvchilarni o‗qitishga yangicha yondashish, o‗qituvchilarni o‗z
kasbiga va o‗zgalarga, yani ta‘lim oluvchilarga o‗ta talabchanlik bilan munosabatda
bo‗lishni taqozo etadi.
Umumiy o‗rta ta‘lim maktablarida o‗quvchilarning mustaqil bilim olishi,
mantiqiy tafakkurini rivojlantirish, o‗z bilimiga bo‗lgan ishonchini orttirish,
zamonaviy texnik va texnologik vositalardan oqilona va ilm yo‗lida foydalanish,
ularni kasbga yo‗naltirish masalasi o‗qituvchilarning asosiy diqqat markazida bo‗lishi
kerak.
O‗quv mashg‗uloti jarayonida zamonaviy metodlar va axborot
texnologiyalaridan foydalanib mavzu yuzasidan muammoli vaziyatlarni vujudga
keltirish, baxs-munozara, suhbat, muammoli ta‘lim darslarini tashkil etish, ularning
muvaffaqiyatli hal etilishini ta‘minlash alohida ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda pedagogik texnologiyalar tatbiqiy asosini shaxsiy faoliyatli
yondashuv, tanqidiy-ijodiy fikrlash, muammolarni hal etish, qaror qabul qilish va
jamoada hamkorlikni qaror toptirishga oid pedagogik texnologiyalarni ishlab
chiqarish ehtiyojini yuzaga keltirmoqda. Pedagogik jarayonning mohiyati - o‗qituvchi
hamda o‗quvchining birgalikdagi faoliyati mazmunida aks etadi, mazkur jarayonda
pedagog o‗quvchiga yuzaga kelgan qiyinchiliklarni yengishga yordam beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |