TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 8 - SON
88
zich yashagan joylarda shuningdek, shamol va boshqalar orqali tarqaladi, deb aytib
o‗tilgan.
Ekologik ta‘lim respublikamizda oliy ta‘lim muassasalarining o‗quv dasturiga
kiritilgan o‗quv jarayonida ekologik tabiatni muhofaza qilish, tabiatdan foydalanish
iqtisodiyoti, atrof-muhitni himoya qilish va tabiiy zahiralardan oqilona foydalanish va
boshqa ekologik ixtisosliklar bo‗yicha talaba yoshlarga bilim berilmoqda. Bu borada
bir qator ilmiy ishlar bajarilib kelinmoqda.
Yu.Shodimetovning ―Ijtimoiy ekologiyaga kirish‖ darsligi oliy o‗quv yurtlari
talabalari uchun mo‗ljallangan bo‗lib, unda jamiyat va tabiat haqidagi falsafiy hamda
tabiiy qarashlarning mohiyati, ijtimoiy ekologiyaning shakllanishi va rivojlanishi,
inson-ekologiyasi ijtimoiy ekologiyaning mintaqaviy muommolari, ekologik siyosat
kabilar nazariy jihatdan ishlab chiqilgan[4. 5-b].
O‗zbekistonlik mutaxassis Sh. Avazovning fikriga ko‗ra, odamlar ekologik
toza texnologiyalardan foydalanishga tayyor bo‗lmasa, ekologik cheklovlar
talablariga rioya qilishga intilmasa va faol ishtirok etsa, hech qanday texnik vositalar
atrof-muhit holatini yaxshilay olmaydi va ijtimoiy va ekologik muammolarni amaliy
hal etishga ko‗maklasholmaydi. Bunday o‗zgarishlar faqat jamoat ongini o‗zgartirish,
ekologik g‗oyalar, bilimlar va majburiyatlarni jamiyat va har bir inson hayotiga kirib
borish bilan amalga oshiriladi, bu bir qator davlat hujjatlarida ham qayd etilgan
[5. 160-b ]. A.Nig‗matovning ―Ekologiya huquqi‖ darsligida ekologiya huquqining
tushunchasi, rivojlanish bosqichlari,predmeti, ekologik-huquqiy munosabat va
ekologik-huquqiy mexanizm,ekologiya huquqi manbalari, boshqaruv ekologik
kadastr, nazorat va ekspertiza, javobgarlik, yerlarni ekologik-huquqiy muhofaza
qilish, suv va suvdan foydalanishni ekologik-huquqiy tartibga solish, yer osti
boyliklarini, o‗simlik dunyosini, o‗rmonlarni ekologik-huquqiy muhofaza qilish kabi
masalalar nazariy jihatdan asoslangan[7].
Xulosa qilib, talabalarga ekologik ta‘lim berishda biz tabiat bilan jamiyat
orasidagi munosabatlarni ilmiy asoslab tushuntirib birgalikda olib borishimiz,
ekologik muammolarni tahlil etish haqida kelajak avlodga bilim berishimizda
bo‗lajak o‗qituvchilarni tayyorlash tizimni takomillashtirishimizni talab etadi.
Adabiyotlar
3.
―O‗zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi‖ Toshkent- ―O‗zbekiston‖-
2018. 17-19-b.
4.
Mirziyoyev Sh.M. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom
ettirib, yangi bosqichga ko‗taramiz. 1- jild. – Toshkent: O‗zbekiston, 2017. 570-b
3. Mirziyoyev Sh.M. Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga
aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi bo‗lishi kerak. Prezident
Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‗zbekiston
Do'stlaringiz bilan baham: |