172
XI BOB. INNOVATSION XATARLARNI BOSHQARISH TIZIMI
11.1. Innovatsion jarayonning xatarlari
Korxonada innovatsion jarayonni amalga oshirish yuqori xavf-xatar
bilan bogʻliq. Xavf-xatar deganda, tashkilot yangi
tovarlar va xizmatlarni
ishlab chiqarishga, bozorda kutilgan talabni topa olmaydigan yangi
uskunalar va texnologiyalarni ishlab chiqarishga
investitsiya qilganda,
shuningdek, boshqaruv innovatsiyalarini rivojlantirishga sarmoya kiritishda
yuzaga keladigan yoʻqotishlar ehtimoli tushuniladi. Jumladan,
1. innovatsion loyihani notoʻgʻri
tanlash xavfi;
2. innovatsion loyihani yetarli mablagʻ bilan ta’minlamaslik xavfi;
3. marketing xatarlari;
4. xoʻjalik shartnomalarini (kontraktlarni) bajarmay qolish xavfi;
5. raqobatning kuchayishi xavfi;
6. kadrlar etishmasligi xavfi;
7. innovatsion loyihaga mulk huquqini ta’minlash bilan bogʻliq xavflar.
Innovatsiya natijalarini amalda tatbiq etish
bozor bosqichida amalga
oshiriladi, u quyidagi bosqichlarni oʻz ichiga oladi: bozorga kirish, ishlab
chiqarishning oʻsishi, oʻsish sur’atlari va sotishning pasayishi.
Bozorga kirish
bosqichida ishlab chiqaruvchi
mahsulotning sinov
partiyasini ishlab chiqaradi. Kompaniya, shuningdek, yangi mahsulotlarning
kichik partiyalarida bozorni aniqlash uchun bozor tadqiqotlarini oʻtkazadi.
Agar bozorning javobi muvaffaqiyatli boʻlsa, tovarlarni bozorda keng
miqyosda reklama qilishga tayyorgarlik boshlanadi.
Tayyorgarlik ikki asosiy yoʻnalishda olib boriladi:
1. Ishlab chiqarish hajmini keskin oshirish uchun mos imkoniyatlarni
yaratish. Ushbu maqsadlar uchun ishlab chiqarishni texnik tayyorlash amalga
oshiriladi va kerak boʻlganda yangi ishlab chiqarish ob’yektlari
quriladi;
2. Marketing boʻlimlari orqali kuchli innovatsion kompaniya olib boriladi va
savdo tarmogʻi tashkil etiladi.
Mahsulot ishlab chiqarishni boshlash, eski ishlab chiqarishni qayta
yangilash yoki yangi ishlab
chiqarishlarni tashkil etish, xodimlarni oʻqitish
va reklama kompaniyasini oʻtkazish katta sarmoyalarni talab qiladi.
Innovatsion
jarayonning
ushbu
bosqichida
innovatsiyalarga
bozor
173
munosabati xali noma’lum, taklif qilinayotgan tovarlarni rad etish xavfi
mavjud. Shuning uchun investitsiyalar xavfli hisoblanadi. Mutaxassislarning
fikriga koʻra, yangi mahsulotlarni keng miqyosda ishlab chiqarish va
keyinchalik
texnologiyani
takomillashtirish
bilan
bogʻliq
ishlarni
moliyalashtirish ushbu bosqichda tadqiqotlar va ishlanmalar xarajatlaridan 6-
8 baravar koʻproq. Investitsiyalarning asosiy manbai korxonalarning maxsus
fondlarda toʻplangan oʻz mablagʻlari, shuningdek, jalb qilingan mablagʻlar,
asosan bank kreditlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: