167
oshirilganligi sababli yakunlangan va topshirish-qabul qilish dalolatnomalari
rasmiylashtirilgan.
Bundan
tashqari, 3,1 mlrd. soʻmlik 3 ta loyiha tashabbuskorlari tomonidan
shartnomaviy majburiyatlar toʻliq bajarilmaganligi sababli vazirlikning
tegishli buyruqlariga muvofiq moliyalashtirish toʻxtatilgan.
2021 yil 1 avgust holatiga jami 16,8 mlrd. soʻmlik 24 ta startap loyihalari
moliyalashtirilgan.
46
Oʻzbekiston iqtisodiyotida firma (korxona)lar hayotiyligini ta’minlash,
ular rivojlanishi va daromadliligini oshirish uchun fan va texnika taraqqiyoti
yutuqlaridan
foydalangan holda, jahon talablari darajasidagi tovar va
xizmatlarni ishlab chiqarish talab etiladi. Yangi, zamonaviy va ilgʻor
texnika-texnologiyalarni qoʻllagan holda sifatli, arzon tovar va xizmatlarni
tashqi bozorlarga yetkazish uchun qaratilgan
investitsiyalar innovatsion
investitsiyalardir. Erkin raqobat muhitida firma (korxona) innovatsiya
strategiyasini yaxlitlikda ta’minlashga qaratilgan investitsiyalar:
ishlab chiqarish hayotiyligini saqlab qolish;
jamoa rivojlanish dasturini ta’minlash;
zamonaviy boshqarish usullarini qoʻllash;
foydani maksimallashtirish;
jamoa faoliyatini
takomillashtirish;
yangi sohalarga kirib borish;
manfaatlarga mos keladigan maqsadlarga erishish;
moliyaviy holatga risk vaziyat ta’sirini kamaytirish qobiliyatiga ega
boʻlish kabi vazifalarni qamrab oladi va ularni ta’minlashga qaratiladi.
2018 yil noyabr oyida Oʻzbekiston Raspublikasi Prezidentning
«Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasidagi loyihalarni
moliyalashtirish
mexanizmlarini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi PF-
5583 sonli Farmoni
47
kuchga kirdi. Hujjat Innovatsion rivojlanish vazirligi
tomonidan ishlab chiqilgan. Ushbu farmon tadbirkorlik va innovatsiyalar
sohasidagi
istiqbolli
loyihalarni
moliyalashtirish
mexanizmlarini
rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, unda investorlarning
investitsiyaviy
hissalarini tezkor va samarali jalb etish uchun boshqaruv va investitsiya
kompaniyalarini tashkil etish amaliyotini kengaytirish taklif etilgan.
46
https://mininnovation.uz/oz/news/3416
47
https://www.lex.uz/pdfs/4076948
168
Boshqaruv kompaniyalari
investitsiya kompaniyalari oʻrtasida tuzilgan
shartnomaga muvofiq ularning investitsiya kapitalini boshqarish uchun
tashkil etiladi.
Investitsiya
kompaniyalari
boshqaruv
kompaniyasi
malakali
investorlardan jalb etgan pul mablagʻlarini keyinchalik innovatsion, venchur
va istiqbolli loyihalarga qoʻyish uchun ularni shakllantirish va jamlash bilan
bogʻliq faoliyatni amalga oshiradilar.
Investitsiya kompaniyalariga pul mablagʻlari koʻrinishida investitsiya
hissalarini qoʻshadigan, shu jumladan chet
ellik yuridik va jismoniy
shaxslar
malakali investorlar
deb tan olinadi. Har qanday tashkiliy-huquqiy
shakldagi yuridik shaxslar boshqaruv va investitsiya kompaniyasi boʻlishi
mumkin, aksiyadorlik jamiyatlari bundan mustasno.
Quyidagilar boshqaruv kompaniyasining muassislari boʻla olmaydilar:
davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
mahalliy
davlat hokimiyati organlari, ustav fondida (ustav kapitalida)
davlat ulushi boʻlgan yuridik shaxslar;
ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulush davlat ulushiga ega yuridik
shaxsga tegishli boʻlgan yuridik shaxslar, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan
hollar bundan mustasno;
siyosiy partiyalar,
kasaba uyushmalari, jamoat fondlari va diniy
tashkilotlar.
Do'stlaringiz bilan baham: