O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
SIRTQI FAKULTETI
“BUXGALTERIYA XISOBI, IQTISODIY TAHLIL VA AUDIT ” KAFEDRASI
“BUXGALTERIYA XISOBI VA AUDIT (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”
BAKALAVRIAT TA’LIM YO’NALISHI BO’YICHA TANISHUV
AMALIYOTI
H I S O B O T I
Bajardi: 3-kurs, 50-2 guruh talabasi A.A.Yorbekov
Rahbar: ___________________________
Toshkent-2022
KIRISH
O'zbekiston Respublikasida iqtisodiyotni rivojlantirish, aholining yuqori turmush darajasini ta'minlash va kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirishga asoslangan demokratik jamiyat qurish kabi maqsadli vazifa qo'yilar ekan, bunda pensiya tizimining hozirgi va istiqboldagi rivojlanishining xususiyatlarini hisobga olishimiz kerak bo'ladi.
Bugun milliy iqtisodiyotni yanada rivojlantirish bo'yicha Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev tomonidan aniq va stretegik vazifalar belgilab berilmoqdaki, ularning bajarilishi makroiqtisodiy barqarorlikni mustaxkamlash, iqtisodiyotni yuqori o'sish sur'atlariga erishish, faol investitsiya siyosatini yuritish, davlat ahamiyatiga molik yirik loyixalarni ro'yobga chiqarish, hududlarni kompleks va jadal rivojlantirishda muxim o'rin tutmoqda.
Ushbu vazifalar ijrosini ta'minlashda Pensiya jamg'armasi tizimini yanada takomillashtirish, sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish, ularni dasturiy va tahliliy quvvatidan foydalanish asosida pensiya tayinlash va to'lash jarayonlarida optimal qarorlar qabul qilinishiga, samaradorligiga va natijadorligiga erishish dolzarb axamiyatga ega.
O'zbekistonda bozor iqtisodiyotini erkinlashtirish bosqichida va islohotlarining chuqurlashuvi sharoitida kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish yangicha amaliy va samarali shakllarni qo'llashni talab etadi.
O'zbekistonda mustaqillikning dastlabki kunlaridan boshlab jamiyatning ijtimoiy tabaqalashuv darajasini kamaytirishga alohida e'tibor berilgani, sodda qilib aytganda, o'ta boylar ham, o'ta kambag'allar ham bo'lmasin, degan tamoyilga amal qilib kelinayotgani bugun erishilgan natijalarning debochasi hisoblanadi.
Toshkent viloyati – Respublikamizning shimoliy-sharqida joylashgan. 1938 yil 15-yanvarda tashkil qilingan. Shimol va shimoli-g'arbdan Qozog'iston Respublikasi, shimoli-sharqdan Qirg'iziston Respublikasi, sharqdan Namangan viloyati, janubdan Tojikiston Respublikasi va janubi-g'arbdan Sirdaryo viloyati bilan chegaradosh. Umumiy maydoni 15.3 ming km2. Aholisi 2 million 898 ming 500 kishi(2019 yil 1 yanvar holatiga)dan ortiqni tashkil qiladi. Toshkent viloyatida 15 ta tuman, 7 ta shaharlar mavjud. Pensiya va nafaqa oluvchilar soni 2020 yilning 1 yanvar holatiga 346529 nafarni tashkil qiladi. Shundan 318 056 nafarini pensionerlar, 28 473 nafarini ijtimoiy nafaqa oluvchi fuqarolar tashkil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |