382
tutashtirgichdagi uzgich vazifalarini bajaradi. T.t.n.da ishchi va ta’mirlash
tutashtirgichlar mavjud bo‘lib, ishchi tutashtirgich
ajratgich va seksion
uzgich orqali ulangan (7.22- rasm).
7.22-rasm. Tranzit tortuvchi nimstansiya prinsipial sxemasi:
1 – muzlamani
eritish zanjiridagi ajratgich; 2 va 3 – ta’mirlash tutashtirgichdagi ajratgichlar; 4, 5 va 9 -
yuqori kuchlanishli kirishlardagi ajratgichlar; 6 va 7 – ishchi tutashtirgichdagi
ajratgichlar; 8 - ishchi
tutashtirgichdagi uzgich; 10 – ajratgich-alohidalagich; 11 – bir
qutbli qisqa tutashtirgichlar; 12 – tortuvchi nimstansiya transformatorlari; TQ –
taqsimlash qurilmasi.
Ushbu kommutatsion apparatlar ulangan holatda elektr energiyasi ishchi
tutashtirgich orqali EUL bo‘ylab transit uzatiladi. Ishchi tutashtirgich uzilgan
holatda ta’mirlash tutashtirgich elektr energiyasini transit uzatish uchun
xizmat qiladi. Bu tutashtirgichda o‘rnatilgan va o‘zaro ketma-ket ulangan
elektr yuritmali ajratgichlar normal holatda uzilgan bo‘ladi.
Ta’mirlash tutashtirgich ajratgich orqali 110 yoki 220 kV li EULlaridagi
muzlamani eritish zanjiriga ulanadi (muzlamani eritish qurilmalari faqat
T.t.n. va “otpayka”li tortuvchi nimstansiyada o‘rnatiladi). Ikkala tutashtirgich
oralig‘idagi yuqori kuchlanishli kirishlar zanjirlarida ta’mirlash-taftish
ishlarini olib borishda qulaylik yaratish va zarurat tug‘ilganda
zanjirlar
ulanish sxemalarini tezkor o‘zgartirish maqsadida elektr yuritmali
ajratgichlar o‘rnatiladi. T.t.n.dagi har bir transformator o‘zining yuqori
kuchlanishli kirishiga (
a
va
𝑎
′
tugunlar) ajratgich va alohidalagich orqali
383
ulanadi. Transformator va alohidalagich oralig‘ida fazalardan birini yerga
ulovchi bir qutbli qisqa tutashtirgich o‘rnatiladi. Tashqi elektr ta’minoti
tomonidagi yuqorida keltirib o‘tilgan ulanish
sxemasi transformator
sxemasidagi barcha tezkor almashlab ulashlarni bajarish va releli himoya
7.23- rasm. 2x25 kV li elektr ta’minoti tizimidagi SNCF rusumli (Fransiya)
bir fazali kuch transformatorlari o‘rnatilgan tranzit tortuvchi nimstansiya
sxemasi:
T1, T2 – bir fazali kuch transformatorlari; D1, D2, DB – ta’minlovchi
kuchlanish yuqori kuchlanishli uzgichlari; DP, DC – kuch transformatori ikkilamchi
tomonidagi uzgichlar; IS1, IS2, IS3, IS4 – elektr tortish tarmog‘i ta’minlash
liniyalari
uzgichlari; S11, S21, S1, S2 va boshqalar – ajratkichlar; K – reaktiv quvvatni ko‘ndalang
kompensatsiyalash qurilmasi; TSA1, TSA2 – tortuvchi nimstansiyaning o‘z ehtiyojlari
transformatorlari; Pf – razryadniklar; T
c
– o‘lchash tok transformatorlari; T
t
– o‘lchash
kuchlanish transformatorlari
384
ishga tushganda uni manbadan ajratish imkonini beradi. Transformator
sxemasidagi barcha tezkor almashlab ulashlar “otpayka”li tortuvchi
nimstansiyadagi kommutatsiyalarga o‘xshash.
Transformatorni manbadan
ajratilishi differensial, gazli yoki tokli himoya ishga tushganda yuz beradi. Bu
himoyalardan istalgan bitasi yuqori kuchlanishli uzgich uzadi va T.t.n.dagi
shikastlangan transformator yuqori kuchlanish tomonida sun’iy qisqa
tutashish qilish maqsadida qisqa tutashtirgichni ulaydi. Zanjirning qisqa
tutashish yuz bergan uchastkasi seksion yuqori kuchlanishli uzgichi va
yondosh tayanch tortuvchi nimstansiyadagi 110 yoki 220 kVli ta’minlash
liniyasi uzgichi yordamida uziladi. Natijada
EULning ushbu uzgichlar va
T.t.n. seksion uzgichi oralig‘idagi uchastkasi toksizlanadi va shikastlangan
transformator alohidalagichi uni manbadan ajratadi.
Yuqori kuchlanishli uzgichni avtomatik qayta ulash qurilmasi EUL
uchastkasini yana ishga tushiradi. Bunda T.t.n.da bitta tarnsformator ishchi
holatda bo‘ladi.
Yuqori tezlikli magistrallar 2x25 kV li elektr ta’minoti tizimidagi
tortuvchi nimstansiyalar, odatda, oddiy konstruksiyaga ega bo‘lgan bir fazali
standart kuch transformatorlari bilan jihozlangan.
Bu transformatorlar
ikkilamchi chulg‘amlari o‘rtasidagi chiqishlari rels zanjiriga, ularning boshi
va oxirlari kontakt tarmog‘i va ta’minlovchi simga ulangan (7.23- rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: