362
yig‘ma shinalarning ikkilangan tizimi (qo‘shimcha shinali yoki usiz), yakka
seksiyalangan yoki seksiyalanmagan yig‘ma shinalar asosiy tizimi va
shinalarning qo‘shimcha tizimi bilan, besh va undan kam kirishli T.t.n. da
esa yakka seksiyalangan yig‘ma shinalar asosiy
tizimi va shinalarning
qo‘shimcha tizimi bilan birga yasaladi. TQ ga ulanishlarning barchasida
uzgichlar mavjud bo‘lganda yig‘ma shinalar seksiyalari seksion
uzgich(SU)lar bilan ulanadi (7.14- rasmga qarang!). Yig‘ma shinalar I-
seksiyasiga ulangan 1- va 2- kirishlar va TNT1 SU uzilgan holatda yig‘ma
shinalar II- seksiyasiga ulangan 2- va 4- kirishlar va TNT2 dan elektr jihatdan
ajratilgan(alohidalangan), SU ulangan holatda
barcha ulanishlar elektr
jihatdan bog‘langan. Ulanishlar qo‘shimcha shinalar tizimi bilan ajratgichlar
orqali amalga oshirilishi mumkin. Qo‘shimcha uzgich ham ajratgich
yordamida qo‘shimcha shinalar tizimi bilan ulanishi mumkin, ikkita
7.14- rasm. Tayanch tortuvchi nimstansiya 110(150) yoki 220 kV
kuchlanish taqsimlash qurilmasi sxemasi:
1 - kuchlanish transformatori; 2 –
razryadniklar; 3 – ta’minlash kirishlarining
shina ajratgichlari; 4 - ta’minlash
kirishlarining uzgichlari; 5 - ta’minlash kirishlarining
liniya ajratgichlari; 6 - ta’minlash
kirishlarining qo‘shimcha ajratgichlari; 7 - transformator qo‘shimcha ajratgichlari; 8 -
transformator liniya ajratgichlari; 9 – transformator uzgichlari; 10 - tortuvchi nimstansiya
transformatori shina ajratgichlari; 11, 13 - qo‘shimcha
uzgich ajratgichlari; 12 -
qo‘shimcha uzgich; 14 – seksion uzgich ajratgichi; 15 - seksion uzgich; 16 – yerlovchi
ajratgich.
363
ajratgichdan biri orqali esa asosiy yig‘ma shinalar bilan ulanishi
mumkin. Bu elektr energiyasi ta’minotini to‘xtatmasdan istalgan ulanish
uzgichini (u qaysi yig‘ma shina seksiyasi bilan bog‘langanligidan qat’iy
nazar) qo‘shimcha uzgich bilan almashtirish imkoniyatini beradi.
Agar TNT lari yig‘ma shinalarga ajratgich(alohidalagich)lar
orqali
ulansa, u holda TNT laridan istalgan biri shikastlanganda releli himoya
shinalarning ushbu seksiyasiga ulangan barcha YuKU larni va SU ni uzadi.
Shikastlangan TNT toksizlangan seksiyadan alohidalagich yordamida
ajratiladi; bunda uzilgan YuKU ulanadi. Himoya, nazorat va o‘lchash
asboblarini elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun TQ yig‘ma shinasining
ikkala seksiyasiga kuchlanish transformatori ulangan. Razryadniklar TQ
jihozlarini o‘ta kuchlanishdan himoyalash uchun xizmat qiladi.
T.t.n. hududida ko‘pincha
transformator-moy bazasi, ta’mirlash-
taftishlash sexi, elektr ta’minoti distansiyasi, kontakt tarmog‘i hududi, yo‘l
elektrotexnika laboratoriyasi va ustaxona binolari joylashtiriladi. Tashqi
elektr ta’minoti tarmog‘ining kuchlanishi 110 kV bo‘lganda T.t.n. har 150-
200 km da, uning kuchlanishi 150, 220 kV bo‘lganda esa har 250-300 km
da quriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: