310
6.108. Parallel ulash punkti
(P.u.p.)
-Пункт параллельного
соединения -Paragraph parallel connection
- tortish elektr ta’minoti
tizimining kuchlanish yo‘qolishi va elektr energiyasi
isrofini kamaytirish
maqsadida ikkita va ko‘p yo‘lli temir yo‘l uchastkalari asosiy yo‘llari kontakt
tarmog‘i simlarini o‘zaro parallel ulashga xizmat qiladigan liniya qurilmasi
bo‘lib, u bitta yo‘l kontakt tarmog‘ida qisqa tutashish yuz birganda uning
boshqa shikastlanmagan qismlarining elektr energiyasi ta’minotini avtomatik
ravishda tiklaydi. Bir nechta yo‘lli kontakt tarmog‘i simlarini ko‘p joyidan
o‘zaro parallel ulash kuchlanish yo‘qolishi va elektr energiyasi isrofini
kamaytirish maqsadida amalga oshiriladi. P.u.p. larining samaradorligi
elektr
energiyasi rekuperatsiyasi mavjud bo‘lgan liniyalarda ayniqsa yo‘qori
bo‘ladi, chunki bunda elektr energiyasini elektr harakat tarkiblariga uzatish
tortuvchi nimstansiyalarni aylanib o‘tgan holatda amalga oshirilishi mumkin.
P.u.p. lar soni poyezdlar harakati intensivligi, alohida yo‘llar bo‘yicha
yuklama notekisligi, elektr energiyasi narxi, rekuperatsiya mavjudligi va b.
omillarni inobatga olgan holda amalga oshiriladigan
texnik-iqtisodiy hisib-
kitob asosida tanlanadi. Ikkita yo‘lli uchastkaning nimstansiyalararo zonasida
odatda seksiyalash posti mavjud bo‘lganda ikkita, u mavjud bo‘lmaganda
esa uchta P.u.p. o‘rnatiladi. Ayrim hollarda tortuvchi nimstansiya yaqinida
ham nimstansiya uzgichidagi yuklama tokini kamaytirish maqsadida
qo‘shimcha P.u.p. o‘rnatiladi. Bu P.u.p. tortish tarmog‘ida yuz beradigan
qisqa tutashish tokidan himoyalash sharoitini yaxshilaydi. Ikkita yo‘lli t.y.
uchastkasida bitta yo‘l kontakt tarmog‘i shikastlanganda ikkala yo‘l kontakt
tarmog‘i ham uzoq muddat kuchlanishsiz qolmasligi uchun P.u.p. uzgichi
ikkala yo‘l kontakt tarmog‘ini o‘zaro parallel
ulangan joyini ajratadi va
shikastlanmagan kontakt tarmog‘i elektr energiyasi bilan ta’minlanishda
davom etadi. Ushbu maqsadda liniya moyli uzgichlar va ularni boshqarish
apparaturalari bilan jihozlanadi(6.39- rasm). Seksiyalash posti va P.u.p.lari
ishlabturgan (undagi barcha uzgichlar ulangan va bo‘ylama ajratkichlar
ajratilgan) holatda nimstansiyalararo zona parallel ulanish sxemasida
ishlaydi. Agar sxemadagi P.u.p.lari uzgichlari
QP11
va
QP21
uzilsa, u holda
zona tugunli sxemada, seksiyalash
posti uzgichlari
QPA1
,
QPA2
,
QPB1
,
QPB2
ham uzilgan hamda
QS1
va
QS2
bo‘ylama ajratkichlar ulangan bo‘lsa,
u holda zona kontakt osmalari o‘zaro ulanmagan (alohida-alohida) sxemada
ishlaydi.
311
Normal rejimda kontakt tarmog‘idagi barcha uzgichlar ulangan holatda
bo‘ladi. Shuning bilan barcha ekspluatatsiya jarayonida u yoki bu uzgichlar
tezkor ravishda (peregonda ta’mirlash ishlari olib borilganda yoki yuzaga
kelgan qisqa tutashuvlar natijasida) uzilishi mumkin. P.u.p.dagi uzilgan
uzgich tegishli kontakt tarmog‘idagi shikastlanish bartaraf etilgandan keyin
ulanadi.
6.39- rasm. P.u.p.lariva seksiyalash postiga ega bo‘lgan ikkita yo‘lli
nimstansiyalararo zonani elektr energiyasi bilan ta’minlash sxemasi:
QA1,
QA2, QB1, QB2 – A va B tortuvchi nimstansiyalardagi mos yo‘l kontakt tarmog‘iga
tegishli bo‘lgan uzgichlar; PUP1, PUP2 - P.u.p.lari’ SP - seksiyalash posti;
QP11
,
QP21
-
P.u.p.lari uzgichlari;
QPA1
,
QPA2
,
QPB1
,
QPB2
- seksiyalash posti uzgichlari;
QS1
,
QS2
- bo‘ylama ajratkichlar.
Yuqori tezlikli liniyalar 2x25 kV li elektr ta’minoti
tizimida parallel
ulanish punktlari ham avtotransformator punktlari bilan birlashtiriladi (6.40-
rasm). Ammo uning zonasida neytral qo‘yilmali izolatsion birikmadan
foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: