227
qarshiliklari o‘zaro teng bo‘lmasligi undagi shikastlanishlar,
xususan rels
tolasi bo‘laklarini o‘zaro ulovchi tutashma biriktirgichlarni uzilib qolishi
tufayli yuz beradi. Rels tolalari bilan yer o‘rtasidagi o‘tish(izolyatsiya)
qarshiligi meteorologik shart-sharoitlarga, yo‘l
yuqori qatlami tuzilishi va
uning ifloslanishiga bog‘liq bo‘ladi. Rels tolalaridan birining izolyatsiya
qarshiligiga uni kontakt tarmog‘i tayanchiga ulanishi ham ta’sir ko‘rsatadi.
Rels tolalari bilan yer o‘rtasidagi o‘tish qarshiliklari farqi qishki mavsumda
eng katta bo‘jadi. Bunda muzlagan grunt qarshiligi katta bo‘lganligi
sababli
rels bitta tolasi bilan yer hamda rels tolalari orasidagi o‘tkazuvchanlik
amalda nolga teng bo‘ladi, boshqa rels tolasining yerga nisbatan izolyatsiya
qarshiligi esa kontakt tarmog‘i tayanchi o‘tkazuvchanligi bilan aniqlanadi va
u
sezilarli
darajada
katta
qiymatda
bo‘lishi
mumkin.
T.t.a.
𝐾
𝑎
= (𝐼
1
− 𝐼
2
)/(𝐼
1
+ 𝐼
2
),
bu yerda
𝐼
1
, 𝐼
2
– rels tolalaridagi toklar. T.t.a. yo‘l
drossel-transformatori o‘zagini magnitlashiga olib keladi,
bu esa rels zanjiri
ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
5.118.
Tortish
yuklamasining
nosinusoidalligi–
Несинусоидальность тяговой нагрузки -Nonsinusoidality traction
load
- elektr harakat tarkibi iste’mol qilayotgan tok zanjiridagi qarshilikning
doimiy emasligi(undagi yarim o‘tkazkichli to‘g‘rilagich
sxemalari ventillari
qarshiliklarini o‘tayotgan tok yo‘nalishi va kattaligiga bog‘likligi) tufayli
yuzaga kelishi. Elektr harakat tarkibidagi tortuvchi motorlar boshqariladigan
yoki boshqarilmaydigan ventillar asosida qurilgan static o‘zgartgichlar orqali
elektr energiyasi bilan ta’minlanadi. Ventillar qarshiliklari ulardan o‘tayotgan
toklar ishoralari va yo‘nalishlariga bog‘liq ravishda manba sinusoidal
kuchlanishining har yarim davrida keng diapazonda o‘zgarib turadi. Shuning
uchun ham tortuvchi motorlar iste’mol qilayotgan tok egri chizig‘ining shakli
davriy nosinusoidal bo‘ladi. Nosinusoidal toklar elektr ta’minoti
tizimi
elementlarida nosinusoidal kuchlanishlar pasayishlarini hosil qiladi, natijada
esa fazalar kuchlanishlari ham nosinusoidal bo‘ladi. Tok yoki kuchlanish egri
chizig‘ining nosinusoidallik darajasi shakl koeffitsiyenti bilan tavsiflanadi va
u davriy nosinusoidal kattalik yuqori garmonikalari ta’sir etuvchi qiymatlari
kvadratlari yig‘indisidan olingan kvadrat ildizni
uning asosiy garmonik
tashkil etuvchisi ta’sir etuvchi qiymatiga nisbati bilan aniqlanadi (
Nazariy
elektrotexnika bo‘limining tegishli atamalariga qarang!
). 50 H chastotali bir
fazali o‘zgaruvchan tok zanjirlari tortuvchi motorlar iste’mol qilayotgan tok
egri chizig‘ining nosinusoidallik darajasi ayniqsa yuqori.