222
yelkalarigaelektr uzatish liniyasining faza kuchlanishi emas, balki uning
liniya kuchlanishi beriladi (5.39-rasm,
a
ga qarang!).
Xuddi uch fazali
transformatordan foydalanilgan holatdagidek, agar kontakt tarmog‘iga
kuchlanishi berilayotgan chulg‘am boshi ulansa, u holda bu kuchlanish “+”
ishora, aks holda esa “ – ” manfiy ishora bilan ko‘rsatiladi (5.39-rasm,
a
ga
qarang!);
a)
b)
5.39-rasm. Ikkita bir fazali transformator chulg‘amlari “ochiq uchburchak”
ulangan tortish tarmog‘i elektr ta’minoti sxemasi (
a
) va vektor diagrammasi
(
b
).
2)
“ochiq uchburchak” sxemasida ham elektr uzatish liniyasi fazalari
nosimmetrik
yuklanadi, ammo uch fazali transformatorli tortuvchi
nimstansiyalardan farqli ravishda eng kam yuklangan faza emas, balki eng
ko‘p yuklangan faza belgilab qo‘yiladi. Chunki ushbu faza bir fazali
transformatorlar
birlamchi
chulg‘amlari
uchun
umumiy
bo‘ladi.
Ko‘rilayotgan nimstansiya uchun bu faza
A
fazadir (5.39-rasm,
a
ga qarang!).
Tortuvchi nimstansiyalarda “ochiq uchburchak” sxemasini qo‘llanilishi
uch fazali transformatorlardan foydalanilganga nisbatan ma’lum
afzallik va
kamchiliklarga ega. Afzalliklariga quyidagilar kiradi:
-transformator
quvvatlaridan
to‘laroq
foydalaniladi,
chunki
transformator faqat o‘zining ta’minlash yelkasi uchun ishlaydi. Uch fazali
transformator esa nimstansiya ikkala ta’minlash yelkasini ta’minlaydi,
transformator fazalari toklariturlicha qiymatda, bitta fazasi juda kam
223
yuklanadi. Uch fazali transformator quvvati eng ko‘p yuklangan faza toki
bo‘yicha hisoblanadi;
-kuchlanishni nimstansiya ta’minlash yelkalari bo‘yicha
mustaqil
rostlash imkoniyati mavjud, chunki ta’minlash yelkasi kuchlanishi shu yelka
toki bilan aniqlanadi. Uch fazali transformatorlardan foydalanilganda esa
istalgan ta’minlash yelkasidagi kuchlanish ikkala yelkadagi toklarga bog‘liq
bo‘ladi. Shuning uchun ham kuchlanishni rostlash transformator uchala faza
transformatsiya koeffitsiyentini o‘zgartirib amalga oshiriladi.
“Ochiq uchburchak” sxemasining kamchiliklari: -har bir tortuvchi
nimstansiyada uchta transformator o‘rnatilishi talab etiladi, chunki ulardan
bittasi zaxirada turadi. Uch fazali transformatorlardan
foydalanilganda
tortuvchi nimstansiyada ikkita uch fazali transformator o‘rnatilishi talab
etiladi, chunki bittasi doim zaxirada turadi; -notortuvchi iste’molchilarni
elektr energiyasi bilan ta’minlashda ma’lum qiyinchiliklar yuzaga keladi.
Ularni ta’minlash uchun qo‘shimcha uch fazali transformator o‘rnatiladi. Uch
fazali transformatorli tortuvchi nimstansiyalarda notortuvchi iste’molchilarni
elektr energiyasi bilan ta’minlash uchun, odatda, tortuvchi transformator
uchinchi chulg‘ami ishlatiladi.
O‘zgaruvchan tok tortuvchi nimstansiyalarida “ochiq uchburchak”
sxemasidan foydalanilganda va agar ular tashqi elektr ta’minoti tizimi uzatish
liniyasiga bir xil tartibda ulansa, u holda xuddi
uch fazali transformatorli
tortuvchi nimstansiyalardagidek toklar keskin nosimmetriyasi yuzaga keladi.
Shuning uchun ham tashqi elektr ta’minoti tizimidagi toklar nosimmetriyasini
kamaytirish maqsadida chulg‘amlari “ochiq uchburchak” sxemada ulangan
transformatorlar o‘rnatilgan tortuvchi nimstansiyalar guruhi elektr uzatish
liniyasiga “qarama-qarshi parma” sxemasi bo‘yicha ulanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: