199
Uzun tonnellar va ostidan t.y. o‘tgan ko‘priklar kontakt tarmoqlari ham
seksiyalanadi.
Ko‘ndalang seksiyalashda har bir asosiy yo‘l kontakt tarmog‘i butun
elektrlashgan t.y. liniyasi bo‘ylab alohida-alohida uchastkalarga ajratiladi.
T.y. lar ko‘p taqmoqlangan stansiyalarda qo‘shimcha ko‘ndalang seksiyalash
qo‘llaniladi. Ko‘ndalang seksiyalar soni alohida yo‘llar soni va vazifasiga
bog‘liq bo‘ladi.
Manbadan ajratiladigan seksiyasi albatta yerlanadigan ko‘rinishdagi
seksiyalash yo‘llaridagi lokomotivlar yoki vagonlar tomlarida xizmat
ko‘rsatuvchi xodimlar bo‘lishi mumkin bo‘lgan hamda yaqinida muntazam
ravishda ko‘tarish-tushirish mexanizmlari ishlab turadigan yo‘llar
kontakt
tarmoqlarida amalga oshiriladi. Bunday yo‘llarga yuklarni tushirish-ortishga,
elektr
harakat
tarkiblari
turishiga,
elektrovozlarni
yo‘lga
tayyorlash(ekipirovka)ga mo‘ljallangan yo‘llar, elektrodepo yo‘llari va b.
kiradi. Kontakt tarmog‘ining belgilangan joylarida ishlayotgan xodimlar
xavfsizligini yanada oshirish maqsadida o‘sa joylardagi seksiyalar boshqa
seksiyalar bilan yerlovchi pichoqlariga ega bo‘lgan seksion ajratgichlar orqali
ulanadi. Bu ajratgichlar tegishli seksiyani manbadan ajratganda ham u
yerlangan holatda qoladi. Kontakt tarmog‘ida olib boriladigan ta’mirlash
ishlarini poyezdlar harakatini tashkil etilishiga ta’sirini kamaytirish
maqsadida peregonlarda ayrim holatlarda kontakt tarmog‘i vaqtincha
seksiyalanadi. Buning uchun ta’mirlash ishlarini
olib borilayotgan zonaning
bir yoki ikkala tomonidagi anker uchastkalarni izolyatsiyalanmaagan
tutashmalari izolyatsiyalovchitutashmalar ko‘rinishida qayta montaj qilinadi
va shuntlovchi tutashtirgichlar o‘rnatiladi. Bu shunt ta’mirlash ishlarini olib
borilayotgan paytda olib qo‘yiladi. Rasmda ikkita yo‘lli o‘zgaruvchan tok t.y.
uchastkasida joylashgan stansiyani ta’minlash va seksiyalash sxemasi
keltirilgan. Unda yettita seksiya – to‘rtta stansiyaga ikki tomondan tutashgan
peregonlarda(sxemada ular qisman ko‘rsatilgan) va uchta stansiyada (ulardan
bittasi manbadan ajratilganda yerlangan bo‘lishi lozim). Stansiyada
joylashgan tortuvchi nimstansiyadan beshta fider chiqqan - to‘rttasi
peregohlar kontakt tarmog‘i va bittasi stansiya uchun (5.28-rasm).
Tortuvchi nimstansiyadan chapdagi peregonlar va stansiya energetik
tizim
bitta fazasidan, o‘ngdagi peregonlar esa boshqa fazadan ta’minlanadi.
Shuning uchun ham stansiya chap tomonidagi K.t.s. anker uchastkalar
izolyatsiyalovchi tutashmalari, uning chap tomonidagi K.t.s. esa anker
200
uchastkalar izolyatsiyalovchi tutashmalari va neytral qo‘yilma yordamida
amalga oshirilgan.
Muzlamani eritish ko‘zda tutilgan uchastkalardagi neytral qo‘yilmalarda
motorli yuritmali ikkita seksion ajratgichlar o‘rnatiladi. Agar muzlamani
eritish ko‘zda tutilmagan bo‘lsa, unda dastak yuritmali bitta seksion ajratgich
o‘rnatish yetarli bo‘ladi.
5.28-rasm. Ikkita yo‘lli o‘zgaruvchan tok t.y. uchastkasida joylashgan
stansiyani ta’minlash va seksiyalash sxemasi:
1 – tortuvchi
nimstansiya; 2 – anker
uchastkalarni izolyatsion tutashmasi; 3 – vagonlarga yuklash va ulardan yuklarni
tushurish uchun yo‘llar; 4 – seksion izolyator; 5 – neytral qo‘yilma; A, B – normal
uzilgan va motorli yuritmali bo‘ylama seksion ajratgichlar; C, D - normal uzilgan va
dastak yuritmali bo‘ylama seksion ajratgichlar; K - normal uzilgan
va motorli yuritmali
ko‘ndalang seksion ajratgich; F1, F2, F4, F5, F31, F32 - normal ulangan va motorli
yuritmali fider seksion ajratgichlari; R - normal uzilgan, dastak yuritmali va yerlovchi
pichoqqa ega bo‘lgan seksion ajratgich.
Rasmda seksion ajratgichlarning normal holati ko‘rsatilgan,
zarurat
bo‘lganda bu holat energodispetcher ko‘rsatmasi asosida o‘zgartirilishi
mumkin. Masalan, stansiyaning biron bir yo‘li kontakt tarmog‘ida ta’mirlash
ishlari olib borish zarurati yuzaga kelganda F31 yoki F32 ajratgich uziladi.
Stansiyadan chap tomondagi fider liniyani ta’mirlashda u tortuvchi
nimstansiya tomonidan toksizlantiriladi va F1 yoki F2 ajratgich uziladi.
Peregon kontakt tarmog‘ini ikki tomonlama elektr energiyasi bilan
ta’minlanishini saqlab qolish uchun A yoki B ajratgich ulanadi. Stansiya o‘ng
tomonidagi fiderni ta’mirlash uchun, yuqorida aytib o‘tilganidek u manbadan
ajratiladi, peregon kontakt tarmog‘ini ikki tomonlama elektr energiyasi bilan
ta’minlanishini qayta tiklash maqsadida K ko‘ndalang seksion ajratgich
201
ulanadi. R ajratgich faqat poyezd chetdagi yo‘lga kirishda yoki undan
chiqishda ulanadi. Boshqa paytlarda bu ajratgich uzilgan, chetdagi yo‘l
kontakt tarmog‘i esa yerlangan holatda turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: