Tarbiya: muammo, yechim


II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija



Download 5,04 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/317
Sana13.11.2022
Hajmi5,04 Kb.
#865403
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   317
Bog'liq
8-4-PB

II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
 
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/ 
22 
Zotan, maktab o`quvchilari boshlang`ich sinflardayoq ertaklar, matallar, dostonlar 
og`ushida ulg`ayishsa, qahramonlar makoni bo`lgan o`sha ertaklar ularni ma’naviyat olamiga 
– kitoblarga oshno tutadi. O`sha ertaklarga ergashib kitob bilan, o`qituvchi bilan ko`ngildosh 
bo`ladi. Zotan, darslarda badiiy asarlardan keng foydalanish darkor. O`qituvchi har bir bolaning 
ko`nglida ezgulik uyg`otadigan eng birinchi inson. Uning kamol toptiradigan kasbi shuning 
uchun ham mas’uliyatli, zahmatli va sharaflidir. U shuning uchun ham birinchi muallim. O`z 
o`quvchisini adabiyotga oshno qilib o`stirgan, tarbiyalagan ustoz sharafi ikki hissa ziyoda. Uni 
hayotga, orzu qilishga o`rgatsagina, bola o`qigan asarlaridagi ezguliklarga yondosh bo`lib 
o`sadi. Zero, boshlang`ich sinflarda Alisher Navoiy ijodini o`rganishda ham ko`zda tutilgan 
maqsad shu! Maktabga endigina qadam qo`ygan, beg`ubor ko`ngil olami, oppoq qog`oz kabi 
toza ongu shuurida Alisher Navoiydek poktiynat, yuksak ma’naviyatli, cheksiz iste’dod 
egalarining ibratli hayoti, ilmga chnqoq bolaligi, barkamol ijodiy qirralari muhrlansa, ular 
uchun abadiyatga daxldor mayoq bo`la oladi. Boshlang`ich sinflarda Navoiydek buyuk zotlarni 
tanigan, shunday mutafakkirlar haqida tasavvurga ega bo`lgan bolalarning ertangi kunlari 
yanada istiqbolli bo`lishi tayin. Shu ma’noda, boshlang`ich sinf o`qish kitoblarida buyuk 
siymolar haqidagi adabiy-badiiy matnlar, maqola-yu hikoyalar, yoxud, ular obrazi talqin etilgan 
badiiy ijod namunalari hamisha muhim ta’lim-tarbiyaviy ahamiyat kasb eta oladi.
Umuman, boshlang`ich sinflarda ona tiliga muhabbat uyg`otuvchi she’rlarning 
ko`lamdorligi ham o`quvchilarda bu tuyg`uni tarbiyalashga xizmat qiladi. 
M.A’zamning 
ona tili haqidagi she’ri istiqlol yillarida O`qish kitoblaridan joy oldi. Shoirning yosh lirik 
qahramoni endi o`z ona tilini kattalardan kam sevmaydi: 
Ona tilim, turkiy tilim

Ardoqligim o`zbek tilim, 
Avaylayman seni doim 
Qaboq ila ko`zdek, tilim. [3, 140] 
Ta’kidlab ko`rsatilgan so`zlar to`rt bandli she`rning har birida turli sifatlar bilan qo`shib 
takrorlanadi. Bunda o`zbek tilining qadimligi, ko`rki, donoligi, onaga tengligi uchun ham uni 
almashtirib bo`lmasligi ta’kidlana boriladi. Shoir ona tilini avaylashni ko`zu qaboqqa 
mengzashi ham bejiz emas. Ko`z insonga berilgan ilohiy ne’matlar ichida eng ardoqlisi. U 
yorug` olam ma’nosi bo`lishdan tashqari, inson botinini o`zida namoyon etadi. Donishmandlar 
odamni ko`ziga qarab, kimligini ayta olgan. Ko`zimizni asrash bilan nafaqat, hayot mazmunini, 
demakki, o`zligimizni, ko`nglimizni asragan bo`lamiz. Xuddi shu xususiyat ona tiliga ham 
xosligini shoir: 
Turkiy tilim, ko`rkli tilim, 
O`zbek tilim, ko`zdek tilim, 
misralariga jo etgan. Chindan ham istiqlol tufayli bu mavzu bolalar adabiyotida ham turli ohang 
va mazmunda jilolandi. T.Adashboev she’rining jajji lirik qahramoni, ona tilini “jahon bo`ylab 
dovrug` solgan” buyuk Temur, Mir Alisher, Bobur Mirzo she’rlaridan rang va qiyos olgan” 
ligini ta’kidlab: 
Shunday tildan tonar bo`lsam, 
Qiyma-qiyma bo`lsin tilim. 
Alla bo`lib jarang olgan, 
Ona tilim-jon-u dilim,- deya qasamyod qiladi. [ 6, 10] 
Shu kabi she’rlarning endilikda boshlang`ich sinf darsliklaridan keng o`rin egallashi ham 
aslida ma’naviyatimiz o`zanlarining mustahkamligi dalolatidir.
Xulosa. Til - millat beshigi, ko`zgusi deb bejiz aytilmaydi. Bunga yaqqol dalil qilib 
Prezidentimiz 

Download 5,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   317




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish