II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
20
iqtidorli bolalar uchun taklif etiladigan o‘quv dasturlari albatta oldindan turli mutaxassis
pedagoglarni jalb etgan xolda psixologik pedagogik ekspertizadan o‘tkazilishi kerak. Bu
pedagoglar boshqalarga bog‘lanmagan holda taklif etilayotgan dastur mo‘ljallangan
bolalarning rivojlanishini ta’minlab beradimi yo‘qmi degan nuqtai nazardan xulosa berishlari
kerak. O‘z rivojlanishda orqada qolayotgan bolalar psixologik yoki jismoniy jixatdan nimjon
bo‘lib, ular osonlashtirilgan o‘quv dasturlariga muxtoj bo‘lsalarda, taklif qilinayotgan dasturlar
ularning orqada qolishini yanada chuqurlashtirmasligi kerak. Aksincha, bu dasturlar orqada
qolayotgan o‘quvchilarning rivojlanishini tezlashtirishini ta’minlashi, odatdagi bolalar bilan
ular o‘rtasidagi farqni kamaytirishga olib kelishiga mo‘ljallangan bo‘lishi kerak.
BOSHLANG`ICH SINFLARDA BADIIY SO`Z VA ONA TILIGA MUHABBAT
MOTIVLARINI SHAKLLANTIRISH
Bashorat Jamilova,
BuxDU dotsenti, filologiya fanlari nomzodi
,
Mohigul Mansurova,
BuxDU, Boshlang`ich va sport tarbiyaviy ish yo`nalishi 3-kurs talabasi
ANNOTATSIYA.
Maqolada boshlang`ich sinf o`quvchilaida badiiy so`z va tushuncha,
badiiy matn orqali turkiy so`zlar lug`ati, jna tiliga muhabbat motivlarini uyg`otish ahamiyati
haqida fikr yuritilgan. Bunda boshlang`ich sinf O`qish kitoblari hamda ona tili , o`qish darslari
asosiy omil ekanligi ta’kidlangan.
Kirish
. So`z – til orqali ifodalanadi. U inson tafakkurining mahsulidir. Har bir xalqning
milliy tili o`z xalqidan qolgan ma’naviy merosidir. Shuning uchun ham ajdodlarimiz so`z va til
orqali o`zining urf-odat, an’ana va qadriyatlarini keyingi avlodlarga yetkazib kelmoqda. Garchi
go`dak ona allasidan, ilk tili chiqqan kundan boshlab ona tilida so`zlashni o`rgana boshlab,
tushunib-tushunmay she’r, ertaklarni yod olsa ham boshlang`ich sinflardagina o`qish va ona tili
darslari orqali til o`rganish imkoniyatlari oshib boradi. Ammo, boshlang`ich sinflarda ham
o`quvchilar ko`p so`zlarning ma’nosi haqida to`liq tushunchaga ega bo`lmasligi rost. Ana shu
o`qish va ona tili darslarida ularning so`z boyligiga aniqlik kiritish va lug`atlarini boyitish
imkoni kengayadi. Shuningdek, boshlang`ich sinflarda bolalarning so`z boyligi hali tartibli
emasligini inkor qilib bo`lmaydi, ular so`zlarning ma’noviy tovlanishlarini yaxshi bilmaydilar.
Garchi bolalarning lug`at boyligi rivojlangan bo`lsa ham unda kundalik hayotda ishlatiladigan
oddiy so`zlar kuzatiladi, xolos. Ya’ni, ular lug`atida hali rang-barang ma’noli, badiiy
bo`yoqdor so`zlar, turli sohalarga oid terminlar kam uchraydi. Shuningdek, kichik maktab
yoshidagi o`quvchilar ayrim so`zlarni eshitganda, o`qiganda tushunadi-yu, o`zi bu so`zlarni
mustaqil nutqida ishlata olmaydi, yoki noto`g`ri qo`llaydi. Binobarin, boshlang`ich sinf o`qish
darslarida bola lug`atini faollashtirish, o`rgangan so`zlarini o`z nutqida ham qo`llay olishga
erishishi zarur.
Boshlang`ich sinf o`qish darslarida badiiy so`z hamda tushunchalarning ma’nosini
anglatish va o`quvchilar nutqida uni qo`llashga o`rgatishning usullarini kengaytirish shu
ma’noda muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: |