BOSHLANG‘ICH SINFLARDA MATEMATIKA DARSIDA MATNLI MASALALAR
USTIDA ISHLASH
Bafoyeva Zebiniso Ibragimovna
Buxoro shahar 6-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
148
Ta’lim jarayonida o‘qitiladigan har bir fan bugungi kun yoshlarini barkamol shaxs qilib
tarbiyalashga munosib hissa qo‘shadi. Ayniqsa, matematika darslari aqliy qobiliyati yetuk,
tafakkuri teran yoshlarni tarbiyalashga xizmat qiladi. Bu fan o‘quvchilarni mantiqiy fikrlashga,
har bir xulosani ilmiy asoslashga o‘rgatadi.
Matematika aqlni charxlash, xotirani mustahkamlash uchun keng imkoniyat beradigan
fandir. Ayniqsa, qiziqarli, mantiqiy va tarkibli masalalar o‘quvchi tafakkurini o‘tkirlashtiradi.
Har bir o‘qituvchi o‘quvchilarga masalalarni o‘rgatish jarayonida quyidagilarni hisobga
olishi va bilishi kerak:
Boshlang‘ich sinflarda matematika bo‘yicha masalalarni yechishga o‘rgatishga oid dastur
izohining asosiy qoidalarini;
Boshlang‘ich sinflarda matematika kursida o‘tiladigan oddiy va murakkab masalalarni;
Boshlang‘ich sinflarning matematika kursida matnli masalalar funksiyasini,
Masalalarni yechishga o‘rgatishga oid turli xil usullarni (yuzma - yuz suhbat, ko‘rgazmali
vositalardan foydalanish);
Har qanday masalani o‘quvchilar bilan yuzma - yuz tahlil etishi;
O‘quvchilarga masalani turli yo‘llar bilan yechish mumkinligini tushuntira
olishi;
Mashg‘ulotning turli bosqichlarida masala yechishning turli yozma shakllaridan maqsadli
foydalana olishi;
Masala yechimini tekshirishni turli yo‘llaridan foydalana olishi;
Masalalar yechishni o‘rgatish mashg‘ulotini ishlab chiqa olishi;
Boshlang‘ich sinflar uchun matematika kursi bo‘yicha har qanday masalani yecha olishi
kerak.
Umuman olganda istalgan masala ustida ishlash eng kamida 5 bosqichdan iborat bo‘lishi
kerak:
1. Masalaning shartini o‘zlashtirish.
2. Masalaning qisqacha shartini tasvirlash.
3. Qisqacha shartga qarab muhokama qilish.
4. Yechish rejasini tuzish va yechish.
5. Yechilgan masala ustida ishlash.
Masala bilan tanishtirishda har xil usul va uslublardan foydalanish mumkin.
1. O‘qituvchi o‘qiydi yoki gapirib beradi, o‘quvchilar esa tinglashadi.
2. O‘qituvchi o‘qiydi, bolalar esa darslik matnini ko‘zlari bilan kuzatib turadilar.
3. Bolalarning hammasi ovoz chiqarmay o‘qishadi, so‘ngra hammalari baland tovush bilan
aytishadi yoki bolalardan bittasi masala mazmunini bog‘liqli hikoya qilib beradi.
4. O‘qituvchining chaqirishi bo‘yicha bir o‘quvchi shartni o‘qiydi, qolgan bolalar matnini
darslikdan kuzatadi.
5. O‘qituvchining gapirishi bo‘yicha o‘quvchilar biri masalani baland ovoz bilan o‘qiydi,
qolgan bolalar o‘qishni tinglab qabul qilishadi.
O‘quvchilar masalani tovush chiqarmay o‘qishadi, so‘ngra esa o‘qituvchining savollari
bo‘yicha masaladagi berilganlarning har biri nimani bildirishini tushuntirib berishadi.
Masalani yechishga kirishayotib, eng avvalo, uni yaxshi tushunish va qabul qilish kerak.
Buning uchun masalada aks ettirilgan hayotiy vaziyatni tasavvur qilish zarur. O‘quvchilar
matematik masalalarning hayot bilan aloqalarini anglab yetishlari ularda o‘rganilayotgan fanga
bo‘lgan qiziqishini oshiradi, o‘quvchilar tomonidan bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash
jarayonini tezlashtiradi. Masalaga doir qisqa shart tuzishda quyidagi qoidalarga amal qilish kerak.
Qisqa shart masala mazmuni bilan tanishilgandan keyin tuziladi va yechish yo‘llarini
izlashning muhim vositasi bo‘lib xizmat qiladi, o‘quvchilar qisqa yozuvga asoslanib, o‘qituvchi
boshchiligida masalani tahlil qilishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |