II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija
http://interscience.uz/
155
she`r bilan boshlasa va o`quvchining o`zi mantiqan mushohada qilib, she`rning jumlalaridan
bugun qaysi harf o`rganishliligini fahmlab, mavzu nomini o`z tilida bayon etsa maqsadga muvofiq
bo`lar edi.
Devorda barcha harflarning ko`rinishi har darsda osiqlik turadi. O`qituvchi o`quvchilarga
murojaat qiladi:
-qani o`quvchilar diqqatingizni menga qarating, men bir jumla aytaman, sizlar esa bu
jumladan bugun qaysi harf bilan tanishishimizni o`ylab aytasizlar.
Sinchikov ko`zla qaralsa,
Soyabon yo hassa.
Demak o`quvchilar nuqtalar o`rniga qaysi harfni qo`yamiz, ko`rib turgan harflaringizdan
qaysi biri soyabon yoki hassaga o`xshab ketadi? O`quvchilar barmoqchalari bilan ‘Ff’harfi ni
ko`rsatishadi.O`qituvchi: -barakalla to`g`ri topdingiz bugun biz sizlar bilan ‘F’ harfi va ‘F’
tovushini o`rganamiz.Men sizlarga hozir javobi ‘f’ harfi bilan boshlanadigan topishmoq aytaman,
sizlar esa o`ylab javob bering.
Osmon tomon uchishgan,
Samolarni quchishgan.
Yerni aylanishgan gir,
Uning nomi (……….).
Demak o`quvchilar kelinglar birgalikda o`ylaymiz. Kimlar yoki nimalar osmonda
uchishadi? Uchuvchilar, qushlar, samalyotla …………….va hokazo davom etadi. Lekin
o`quvchilar bular samolarni qucha oladimi? Yo`q albatta. Chunki samolar biz ko`rib turgan
bulutlardanda juda yuqori, juda balandda. Samalyot esa bulutdan uncha yuqori ko`tarilmaydi,
qushlar esa yuqorida parvoz qila olmaydi. Biz yashab turgan yerimiz juda katta. Samalyot esa
butun Yerni bir urinishda aylanib chiqa oladimi? Yo`q.U faqat belgilangan manzilgagina bora
oladi xolos. Demak samolyot shuncha ishni qilolmas ekan topishmoqning javobi uchuvchi bo`la
olmaydi, qushlar ham.topishmoqning javobi:Fazogir.Har bir darslarda bu kabi topishmoqlardan
foydalanish nafaqat harf va tovushlarni o`rgatishda az qotadi, ayniqsa o`quvchilarni mantiqan
mushohada qilishga, so`z boyliklarini oshirishga, ularni topqir qilib, fikrlashlarini o`stirishga olib
keladi.
Shoira ijodidagi yana bir samaradorlik shundaki, o`quvchilarga savodxonlik darslarini
o`tayotganda uning she`rlari orqali dam olish daqiqalarini ham to`ldirish mumkin. Ya`ni
o`quvchilarga tanishgan harflariga monan she`r o`rgatib, ularga turli harakat va amallar bajartirilsa
ham bo`ladi.
Dam olish daqiqasi:
Foto fotoapparat
Bitta oddiy harakat.
Chaqqonlik va ustalik,
Va tayyordir esdalik.
She`r orqali o`quvchilarni chalg`itibgina qolmay ularni fikrlashga ham undash mumkin.
O`quvchilarga ‘foto’, ‘fotoapparat’ o`zi nima?
Nega bittagina oddiy harakat deyapti?, nima uchun bizdan chaqqonlik va ustalikni talab
qilyapti?, esdalik deganda nimani tushunamiz? Kabi savollar berib o`quvchilarni fikrlashga
o`rgatish va ularning tushunchalarini o`qituvchi o`zi to`ldirishi lozim bo`ladi.
Shuningdek shoiraning she`riy to`plamida Biz shunaqa bolamiz nomli (she`riy alifbosi)
ham mavjud. Bu she`r o`quvchilarga nafaqat harflarni tanishtirish, balki takrorlash uchun ham
xizmat qiladi. Bunda faqat o`qituvchining mahorati talab qilinadi xolos. O`quvchilarga har bir
yangi harfni o`tish oldidan o`tilgan harflarni takrorlash uchun oldin o`tilgan harflarga atalgan
jumlalarni birgalikda xor bo`lib yoddan aytirish va bugungi o`tiladigan harfga atalagan jumlani
yodlatish darsning o`z maqsadiga erishishiga zamin yaratibgina qolmay, o`quvchilarga xotira
mashqi ham bo`lib beradi. O`qituvchi devorda osiqlik harflarni birin-ketin ko`rsatib boradi,
o`quvchilar esa birgalikda,
Do'stlaringiz bilan baham: |