II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
12
7
malakalarini oshirishga muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ta’lim sohasidagi islohotlar tufayli
o‘quv fanlarining mazmuni yangilanib bormoqda, maktablarda o‘quv fanlari tizimida yangi
fanlar tarkib topmoqda. Ularning o‘zaro aloqadorligi asosida ta’limning samaradorlik darajasi
ortib bormoqda. Biroq, fikrimiz dalili sifatida misol qilib olsak, maktablarning boshlang‘ich
sinflarida tabiatshunoslikni o‘qitishda uning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligining
metodologik-didaktik asoslari yaratilmagan.Boshlang‘ich sinflarda tabiatshunoslikning boshqa
o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi hamda ushbu fanlararo aloqadorlik jihatlari va
tamoyillarini aniqlash, nazariy va amaliy asoslarini ishlab chiqish, uning metodologik asoslari
va didaktik yo‘nalishlarini takomillashtirish mazkur tadqiqotning dolzarbligini yana bir marta
ko‘rsatadi. Yuqorida keltirilgan fikrlarga asoslangan holda aytish mumkinki, umumta’lim
maktablari boshlang‘ich sinflarida fanlararo aloqadorlikni ta’minlashning didaktik asoslari o‘z
yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biri sifatida mavjuddir. Shunday ekan, ta’lim-
tarbiya tizimini tubdan isloh qilish, uni zamon talablari darajasiga ko‘tarish, milliy kadrlar
tayyorlashning yangi tizimini barpo etish, kelajak uchun barkamol, salohiyatli avlodni
tarbiyalash hozirgi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi lozim.
Ta’limning insonparvarlashuvi boshlang‘ich sinflar ta’lim mazmunini
takomillashtirishni taqozo qilmoqda.
Xorijiy mamlakatlarda fan va texnologiyaning jadal sur’atda rivojlanishi olimlar oldida
murakkab muammolarni qo‘ymoqda. Shu sababli tabiat va jamiyat taraqqiyoti qonuniyatlari
haqidagi yangi nazariy va amaliy bilimlarni boshlang‘ich sinflar ta’lim mazmuniga kiritish,
barcha fanlardan o‘zaro aloqadorlikda eng zarur bilim va ko‘nikmalarni hosil qilish, ijtimoiy
hayot tajribalari va ilm-fanning turli sohalari uchun muhim bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilar
egallashlari uchun yuksak bilim va mahoratga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash nihoyatda
zarurdir. Mazkur vazifalarni yechish uchun tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan
o‘zaro aloqadorligini ta’minlashni ilmiy jihatdan asoslash maqsadida har bir o‘quv fanining
fanlararo aloqadorlikdagi mazmunini tanlash, ta’lim jarayonida qo‘llanilayotgan so‘nggi
pedagogik texnologiyalardan foydalangan holda o‘quv fanlarining bir biri bilan bog‘langan
tizimini shakllantirish lozim.
Boshlang‘ich sinflarning ta’lim-tarbiya jarayonida vujudga kelishi mumkin bo‘lgan
zamonaviy ilm-fan va texnologiyalarning eng murakkab muammolarini hal etish uchun barcha
o‘rganilayotgan o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorlik xususiyatlari keng miqyosda tadqiq
qilinishi lozim. Barcha o‘quv fanlarining o‘zaro aloqadorligi mohiyatiga tayanish, ayniqsa,
fanlarni boshlang‘ich sinflarda o‘qitishning yangi jihatlarini aniqlash zarurdir. O‘quvchilarga
taqdim etiladigan ekologik bilim, tushuncha va hosil qilinadigan hisoblash ko‘nikmalari
umumlashgan mazmunga ega bo‘ladi. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro
aloqadorligi ta’minlanganda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga o‘zaro bog‘langan bilim va
tushunchalar taqdim etiladi.
Demak, “Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi” o‘quv
mavzulari mazmunini atroflicha ochib berish uchun zarur. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv
fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi dars mavzularining mazmunini o‘rganish, undagi muhim
qoidalarni ajratib olib o‘zlashtirishda quyidagi jarayonlarni faollashtirish imkoniyatini beradi:
• o‘quv mavzularini o‘rganish jarayonida tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan
o‘zaro aloqadorligi holatini aniqlashga subyektiv yondashish ehtimolini pasaytirish;
• fanning muhim g‘oyalarini ochib berishda birinchi darajali ahamiyatga ega bo‘lgan
o‘quv fanlari asosiy jihatlariga boshlang‘ich sinf o‘quvchilari e’tiborini jalb etish;
• doimiy ravishda idrok etishni murakkablashtirib borib, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari
ijodiy tashabbuskorligi va o‘quv-biluv faoliyati mustaqilligi ko‘lamini kengaytirish;
ko‘p tomonlama tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini
samarali yo‘lga qo‘yish uchun didaktik vositalarning har xil turlarini qo‘llab,