II. Zamonaviy fan va ta’lim-tarbiya: muammo, yechim, natija HTTP://INTERSCIENCE.UZ/
12
8
tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligidan foydalanish bo‘yicha
tashkiliy ishlarni bosqichma-bosqich amalga oshirish;
turli didaktik vositalar yordamida o‘quv fanlarining o‘zaro uzviy birlikda
o‘zlashtirilishiga erishish;
o‘qituvchilar va boshlang‘ich sinf o‘quvchilari o‘rtasida ijodiy hamkorlikni vujudga
keltirish;
Bizning davrimiz uchun o‘quv fanlarida fanlar fanlararo aloqadorlikni, olamning umumiy
holati haqida yanada izchilroq tasavvurga ega bo‘lish odatiy hol. Lekin bunday muammoni bir
fan doirasida hal etish mumkin emas. Shuning uchun o‘qitish nazariyasi va amaliyotida o‘quv
fanlarini birlashtirish tendensiyasi kuzatilmoqda, ularni fanlararo aloqadorlik asosida
mujassamlashtirish va umumiy mazmunini yaxlit modellarda ifodalash jarayoni davom
etmoqda.
Boshlang‘ich sinflarda amalga oshiriladigan ta’lim jarayonida o‘quv fanlararo
aloqadorlikni ta’minlash o‘quvchilarning bilimlarini tizimlashtirishga, ularning mustaqil
fikrlash ko‘nikma va malakalarini shakllantirishga, ta’limning quyi bosqichlarida egallagan
bilimlarini chuqurlashtirishga yordam beradi.Ayniqsa, tabiatshunoslik ta’limi uchun bu juda
muhim. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligi asosida bilimlar
o‘zlashtiriladi va hisoblash malakalari inson faoliyatining barcha sohalarida qo‘llaniladi.
Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan aloqadorligi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bu
aloqadorlik natijasida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining bilimlarni idrok etish imkoniyati
kengayadi. Bilim va tushunchalarni o‘zaro aloqadorlikda taqdim etish ehtiyoji insoniyat oldida
turgan muammolarning borgan sari ortib borishi sabablidir. Turli turkumlardagi o‘quv fanlariga
oid bilim va tushunchalarni o‘zaro aloqadorlikda o‘rganish orqali hal etilishi mumkin bo‘lgan
muammolar soni ham ortib bormoqda.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida integrativ tarzda fikrlash imkoniyatlarini vujudga
keltirish zarur. Ta’lim jarayoni natijasiga nisbatan bunday yondashish o‘quvchilar tomonidan
bilimlarni izchil o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ularni bir holatdan ikkinchi holatga ko‘chirib
qo‘llash ko‘nikmasini tarkib toptiradi. Turli o‘quv fanlari bo‘yicha o‘zlashtirilgan bilimlarni bir
darsda o‘rganilayotgan yangi mavzu bilan birlashtirish darsda tabiatshunoslikning boshqa
o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligini ta’minlashga yordam beradi. Aynan ushbu jarayon
o‘quvchilarning atrof, borliq, inson, tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurlarini shakllantiradi va
boyitadi. Tabiatshunoslikning boshqa o‘quv fanlari bilan o‘zaro aloqadorligining nazariy
asoslari mazmunida ularni o‘zlashtirishga yordam beradigan didaktik imkoniyatlar namoyon
bo‘ladi. O‘quv fanlari o‘zaro aloqadorlikda yaxlit tizimni tashkil etadi. Ta’lim jarayonida
muayyan bir o‘quv fani holgan barcha o‘quv fanlarini umumlashtiruvchi xarakterga ega bo‘lib,
ta’lim jarayonining yaxlitligini ta’minlaydi. Bu yaxlitlik quyidagi ko‘rinishlarga ega:
• metodologik;
• shakllantiruvchi;
• konstruktiv;
Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi aqliy faoliyatining muntazam rivojlanib borishi esa,
o‘zlashtirilgan bilimlar xarakteridan kelib chiqadi. Yu.A.Samarin konsepsiyasida aloqadorlik
asosida rivojlantiruvchi va tarbiyalovchi o‘qitishga yo‘l ochib beruvchi bilim olish, fikrlash
usullari va dunyoqarash elementlarining o‘zaro uzviy bog‘liqligi bilan ta’kidlanadi. Zero, bu
kabi usul va uslublar asosida o‘quv fanlarining umumiy o‘rganish obektlari hisoblangan, o‘quv
fanlaridan egallangan bilimlarni umumlashtirish vazifasini samarali hal etadi. O‘quvchilar
muayyan bir o‘quv fanini o‘zlashtirish jarayonida fanga oid tushunchalar va atamalar
yordamida o‘z bilimlarini rivojlantiradilar va o‘quv fanlarining o‘zaro uyg‘unligini his etadilar.
Foydalanilgan adabiyotlar:
3. Mahmatmurodov Sh.M., Ziyadullayev X.Z., Nuriddinova M.I. “Boshlang‘ich
ta’limning milliy-istiqloliy muammolari”. T.: 1996.22-b.