12
Mavzu yuzasidan topshiriq:
Televideniye san’atining
boshqa ommaviy axborot vosi-
talari ichida afvzalliklari va kamchiliklari haqida tahlil qilib
kelish.
RADIO – OAV LARDAN
BIRI SIFATIDA
Bugungi kunda inson hayotini ommaviy axborot vositalarisiz
tasavvur etib bo‘lmaydi. Butun yer yuzini qamrab olgan
uning qaysi bir turi bo‘lmasin, ommaviy axborot vositalari
insoniyatga atrof-muhitda sodir bo‘layotgan
voqea-hodisalar
haqida har onda xabar berib turish bilan bir qatorda ularning
ma’naviy dunyosiga ta’sir ko‘rsatadi. XIX asrning oxiri XX
asrning boshlarida jamiyat hayotiga radio kirib keldi. Radio
(Lot.
radio
–
nur tarataman,
radius
– nur) – elektromagnit
radiochastota to‘lqinlari orqali axborotni simsiz uzatish
texnologiyasidir. Dastlabki radioto‘lqinlar orqali ma’lumot
uzatuvchi tizim yaratuvchisi deb, ba’zi
mamlakatlarda italiyalik
muhandis Guglielmo Markonini (1896), Rossiyada, «radio
ixtirochi» deb A.S. Popovni (1895). AQSHda 1893-yilda patent
olgan Nikola Tesla hisoblanadi. Fransiyada simsiz Telegrafiya
ixtirochisi deb Eduard Branli (1890) qabul qilingan.
Radio paydo bo‘lishi nuqtayi nazaridan ommaviy axborot
vositalarining ichida matbuotdan so‘ng ik
kinchi o‘rinda
turadi. Uning eng xarakterli xususiyati, axborot yetkazish
jarayonida faqat ovoz orqali uzatiladi. Radioaloqa bir zumda,
cheksiz masofaga ma’lumot uzatishi mumkin.
Shuning
uchun har bir xabar deyarli sodir bo‘lgan vaqtda masofadan
turib muvaffaqiyatli yetkazib berilishi samaradorligi
13
radioeshittirishlarga xos bo‘lib, matbuot orqali bu holatga
erishish mumkin emas.
Agar dastlab radio faqat
ovozli xabarlarni uzatishga
ega bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik radio barcha turdagi ovoz,
nutq, musiqa va shovqinlarni uzatish manbayiga aylandi.
Shu nuqtayi nazardan radio orqali dunyoning to‘liq ovozli
manzarasini yaratish mumkin. Radio paydo bo‘lishi bilan
insonlar dunyoda sodir bo‘layotgan
voqea-hodisalarni,
ijtimoiy hayot yangiliklaridan yanada tezroq xabardor bo‘la
boshlashdi. Bu esa, o‘z navbatida, matbuotdan ustunlikka
ega ekanligini bildiradi. Radioning paydo bo‘lishi bilan nutq
madaniyati
yanada rivojlandi, eshituvchilarga tovush orqali
zavq yetkazilishi, madaniy hordiq beruvchi musiqa san’ati
yanada rivojlanib bordi.
Radio ommaviy axborot vositalarining og‘zaki nutqqa
asoslangan turi bo‘lsa-da, u matbuot kabi ijtimoiy hayotni
tatbiq etadi, aks ettiradi va unga bevosita ta’sir o‘tkazadi.
Radioning asosiy va bosh vazifasi ijtimoiy
xabarni yetkazishdan
iboratdir. Uning matbuotdan yana bir afzalligi kun-u tun turli
eshittirishlarni uzatish imkoniga ega ekanligidir. Shuningdek,
chekchiz va chegara bilmasligidir.
Do'stlaringiz bilan baham: